«Kelishuvlar»



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə3/13
tarix27.12.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#162730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
pedagogik texnologiyalar

«Kelishuvlar»


«Kelishuvlar» siz mashg'ulot o'tkazilayotgan gurah bilan butun tadbir jarayonida – amal qilishga kelishib olgan qoidalar. Guruh ularni o'zi belgilashi kerak. Buning uchun «aqliy hujum» o'tkaziladi, biroq «tilaklar»dan farqli o'laroq, barcha ishtirokchilar qoidalarni ma'qul deb topishlari lozim. Barcha kelishuvlar yozib olinganidan so'ng, ishtirokchilar ularni imzolashlari kerak. Kelishuvlar o'qituvchiga o'quvchilarning guruhdagi xulq – atvorini nazorat qilish imkoniyatini beradi, u o'rni bilan o'zlari ishlab chiqqan va amal qilishga rozi bo'lgan qoidalar borligini eslatib turadi.


«Aqliy hujum»


Ma'lum reja asosida o'tkaziladigan muhokama jarayonida muammoning yechimini guruh bo'lib topish usuli. Bu usul qisqa vaqt ichida qo'yilgan muammoni hal qilishning ko'plab yo'llari va usullarini yig'ish imkonini beradi. Muammo o'rtaga tashlanganidan so'ng, barcha ishtirokchilarga ushbu muammo bilan bog'liq fikr, jumla yoki so'zlarni aytish taklif qilinadi. Barcha gaplar qanday aytilgan bo'lsa, shundayligicha izoh va tuzatishlarsiz doskaga yoki vatmanga yozib olinadi.
«Aqliy hujum» qoidalari:
barcha ishtirok etadi, barchaga fikrini bildirish imkoniyati yaratilishi lozim;
har qanday g'oya, fikr qabul qilinadi;
izohianmaydi va tanqidiy mulohaza bildirilmaydi;
vaqt chegaralariga amal qilinadi.


Kichik guruhlarda ishlash


Kichik guruhlar kattalariga nisbatan faoliyat uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi. Kichik guruhlardagi bahslar katta guruhlar ishini rag'batlantiradi.
Dars o'tish jarayonida katta gurah bir necha kichik guruhlarga bo'linadi, har bir guruhda to'rt – besh o'quvchi bo'ladi, ular ko'tarilgan muammoni muhokama qiladilar, yechimini taklif qiladilar. Ushbu metod har bir o'quvchiga faol ishtirok etish, o'zining shaxsiy ish maromini tanlash imkoniyatini yaratadi. Har bir ishtirokchi o'z fikri bilan barchaga yordatn beradi. O'z qarashlarini bildirish orqali ular o'z imkoniyatlarini his qiladilar, ularga ishonchlari ortadi.
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
guruhlarga bo'layotganda o'yin usullaridan (meva, gul turlari va h.k.) foydalaning;
har bir guruh oldiga aniq vazifa qo'ying, uni o'quvchilar uchun tushunarli bo'lgan shaklda yetkazing;
guruh ichidagi kichik guruhlar vazifa oladi, keyin hamma baravariga uni bajarishga kirishadi;
vazifa bajarilgach, muammo katta guruhda muhokama qilinadi, buning uchun har bir kichik guruh vakili barcha ishtirokchilarni o'z guruhi fikri va ish natijalari bilan tanishtiradi;
o'qituvchi ekspert vazifasini bajaradi, yakun yasaydi va zarurat tug'ilsa, guruhlar taqdimotiga odob bilan, izzat – nafsiga tegmaydigan qilib qo'shimcha kiritadi.



Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə