«Kelishuvlar»



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə4/13
tarix27.12.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#162730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
pedagogik texnologiyalar

«O'ylamulohaza qilo'rtoqlashqiyosla» metodi


Bu metod qatnashchilarga o'z ma'lumotlari bilan o'rtoqlashish, hamma qatnashchilaming nuqtayi nazarini hisobga olish, guruhning barcha g'oyalarini jamlashda yordam beradi.
Mashq 4 bosqichdan iborat:
1) 3 – 5 daqiqa ichida har bir ishtirokchi tanlagan mavzu yoki muammosi yuzasidan alohida mulohaza yuritib, fikrlarini (yoki qo'yilgan savollarga javoblarni) yozadi;
2) keyingi 5 daqiqada o'quvchilar ikki kishidan bo'lib, o'zaro fikr almashadilar va shaxsiy ro'yxatlarini to'ldiradilar;
3) keyingi bosqichda 4 – 6 kishilik guruhlarda fikr almashinadi;
4) yakunlovchi bosqichda barcha fikr va g'oyalar jamlanadi, javoblar qiyoslanadi. Har bir guruh navbat bilan biror g'oyani ilgari suradi. Mashqni o'tkazayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
ajratilgan vaqt chegarasidan chiqmaslik;
boshqalarning fikrini takrorlamaslik;
aytilgan fikr va mulohazalarni muhokama qilmasdan va baho bermasdan qabul qilish.
Yumaloqlangan qor»
Mashq mavzusi beriladi. Oldin hamma mavzu ustida alohida mushohada yuritadi va fikrlarini yozib qo'yadi. Keyin o'quvchilar 2 kishilik guruhlarga birlashadilar va varaqqa o'z fikrlarini yozadilar, agar fikrlar takrorlansa, faqat bittasi yoziladi. 2 kishilik guruhlar 4 kishidan iborat guruhlarga va h.k. birlashishda davom etadi. Guruhdagi qatnashchilar soni 8 tadan oshmasligi kerak. Guruhlarni turli yo'llar bilan birlashtirish mumkin. Nihoyat, so'nggi guruh (8 kishilik) har bir ishlab chiqilgan g'oyani alohida qog'oz varag'iga yozadi va doskaga yopishtirib taqdimot o'tkazadi.


Kartochkalar


Ushbu mashqning o'tkazilish tartibi quyidagicha:
kartochkalar (varaqlar) tarqatiladi;
ma'lum mavzu bo'yicha savollar beriladi;
har kim alohida kartochaga javobini yozadi;
2 – 3 kishi bo'lib guruhlarga birlashiladi;
umumiy kartochkaga guruhning fikiini ifodalovchi javob yoziladi;
guruhlar ikkitadan bo'lib bir guruhga birlashadilar,, jarayon davom etadi.
Oxirida barcha bitta umumiy (agar umumiy qarorga kelishning mutlaqo iloji bo'lmasa bir necha) javobni tayyorlaydi.



Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə