«Kelishuvlar»



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə7/13
tarix27.12.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#162730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
pedagogik texnologiyalar

«Sinkveyn» metodi


O'yin nomi fransuzcha «cinq» so'zidan olingan bo'lib, «besh» degan ma'noni anglatadi. Biror so'zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur. O'quvchilarga mavzuning kalit so'zlari beriladi (masalan, do'stlik, o'zaro aloqalar, sevgi va h.k.). Har bir o'quvchi alohida qog'oz varag'iga ushbu so'zning xususiyatlarini yozadi, ular ot ham, fe'l ham, sifat ham bo'lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin.
Masalan, «sevgi» so'zi.
1. Sevgi – ot.
2. Suymoq – fe'l.
3. Vafodor – sifat.
4. Insonni ruhlantiradi – ijobiy jihati.
5. Iztirob chekishga majbur qiladi – salbiy jihati.


«Sehrli quticha»


O'quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishda ushbu metoddan foydalanish samarali natijalar beradi, chunki o'quvchi mavzu yuzasidan istagan, hatto o'qituvchi tilga olmagan masalalarga oid savollar berishi mumkin.
O'quvchilar anonim (muallifini ko'rsatmagan) ravishda savol yozadilar va ularni maxsus qutichaga tashlaydilar. Savollarga o'qituvchi yoki o'quvchi (agar o'qituvchi o'quvchining bilimini baholamoqchi bo'lsa) javob berishi mumkin.


«Hayotiy vaziyatlar» o'yini


Muhokama qilinayotgan muammoga oid aniq vaziyatlar darsda olingan bilimlardan foydalangan holda ko'rib chiqiladi. Odatda, ular sahna shaklida namoyish etiladi.
Ushbu metodning fcuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
barcha qatnashchilarning jalb etilishi, bilimlaming amaliyotda qo'llanilishi va o'sha: zahotiydq tekshirilishi, amaliyotga yo'naltirilganligi.


Mashg'ulotlarda qo'llanadigan harakatli o'yinlar


Charchoqni olish uchun mashqlar orasida o'quvchilarning jismoniy faolligini ishga soluvchi o'yinlar bilan oyoq – qo'lning chigilini yozib turish kerak. Bunday o'yinlar bir maromdagi jarayonlarga xilma – xillik, jo'shqinlik baxsh etadi. O'yinlardan maqsad – texnikani o'zgartirish, bosim o'tirib ishlashdan dam olish, organizmga yengillik berish, do'stona vaziyatni vujudga keltirish, guruhning birdamligini ta'minlashga yordam berishdir. Bunda o'zaro xayrixohlik va ixtiyoriylik tamoyiliariga amal qilinadi.


«Botqoq»


O'yin uchun oldindan 9 ta «likopcha» tayyorlanadi. Ishtirokchilar ikki jamoaga bo'linadi:
1 – timsohlar;
2 – botqoq bosqinchilari.
1 – jamoa ishtirokchilari ketma – ket saf tortadilar va likopchalarni bosib tasavvurdagi botqoqdan o'ta boshlaydilar, ularning atrofida ikkinchi jamoa vakillari ov qilib yuradilar.
O'yinning maqsadi: o'quvchilar oyoqlarini likopchalardan uzmasliklari kerak, hech bo'lmasa, oyoqning uchi ularga tegib turishi lozim. Agar ishtirokchilar birlashib harakat qilsalar, birorta ham likopchani timsohlarga bermasdan botqoqdan o'tishlari mumkin.
O'yin o'quvchilarning darsdagi ishtirokini kuchaytirish uchun o'tkaziladi.



Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə