Keys-stadi



Yüklə 21,66 Kb.
səhifə7/8
tarix11.06.2022
ölçüsü21,66 Kb.
#89335
1   2   3   4   5   6   7   8
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s

Oʻqituvchining yechimi: Suv hasharotlari evolyutsiya jarayonida atmosfera havosi 
bilan nafas olishga moslashgan boʻlib, 1-tajribada hasharotlar azotli muhitda tez nobud
boʻlishgan, sababi azot organizm tomonidan juda oz miqdorda oʻzlashtiriladi. 2-
tajribadagi hasharotlar havo rezervuaridagi atmosfera havosi hisobiga nisbatan uzoqroq
yashashgan. Hasharotlar havo rezervuarlarida havo qolmaganligi hisobiga nobud 
boʻlishgan. 3-tajribada kislorodli muhitda hasharotlarning nisbatan qisqa vaqt
yashaganiga sabab shuki, kislorod faol oksidant boʻlib, u hujayra qobigʻi va uning 
tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishiga sabab boʻladi. Bu esa hujayralarni,
natijada organizmni halok boʻlishiga olib keladi.
Havo gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy
aralashmasidir. 


2-Keys. Zamonaviy biotexnologiya fani yutuqlari insoniyat hayotidagi qator
muammolarni hal qilishga xizmat qilmoqda. Biroq genlari modifikatsiyalangan 
organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli”
deb qarashmoqda. 


Topshiriq: Siz genlari modifikatsiyalangan organizmlar, ulardan olingan
mahsulotlarni xavfli deb hisoblaysizmi? Javobingizni asoslab bering. Genlari 
modifikatsiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini izohlab bering.

3-Keys. Ota farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun tibbiy
hujjat tayyorlash jarayonida tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra farzandi IV-qon guruhli 
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush
o‘rtog‘i esa III-guruhga mansubligini hisobga olib, turmush o‘rtog‘idan shubhalanib
ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi.

Topshiriq: Ushbu muammoli vaziyatda siz sudyaning o‘rnida bo‘lganinggizda
oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? 





Yüklə 21,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə