Keys-stadi


Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari



Yüklə 21,66 Kb.
səhifə5/8
tarix11.06.2022
ölçüsü21,66 Kb.
#89335
1   2   3   4   5   6   7   8
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s

Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari: 
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish 
texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada
koʻproq samaraga erishish mumkin:


Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.

Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.

Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish. 

Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;



3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish 


usullarini tanlaydi;


4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va 
vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi. 


Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash 

Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida 

ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi 
turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar
qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni
tanlashadi; 
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga
oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.

Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish
1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar; 
2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar. 



Yüklə 21,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə