Keys-stadi


Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash



Yüklə 21,66 Kb.
səhifə6/8
tarix11.06.2022
ölçüsü21,66 Kb.
#89335
1   2   3   4   5   6   7   8
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s

Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
 guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi; 
 taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;

taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga 

birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.






Namunaviy “Keys”lar. 

1-Keys. Suv yuzasida hayot kechiradigan koʻpchilik hasharotlarning tanasida nafas
teshigi bilan birlashgan havo rezurvuarlari boʻladi. Ular shu yerda toʻplangan havo 
hisobiga suv tubiga shoʻngʻishlari, u yerda biroz muddat boʻlishlari ham mumkin.

Topshiriq: Olimlar suv hasharotlari ustida quyidagicha tajriba oʻtkazdilar:
Hasharotlarni akvarium tubiga tushirib, ularning suv yuzasiga chiqishlariga 
toʻsqinlik qiladigan sharoitni vujudga keltirishdi. Uchta akvariumning tubida sun’iy
muhit yaratildi:
1-akvarium tubida azotli muhit boʻlib, unda hasharot 5 daqiqa yashagan.
2-akvarium tubidagi muhitda havo boʻlib, unda hasharot 6 soat yashagan.
3-akvariumda kislorodli muhit boʻlib, unda hasharot 35 daqiqa yashagan.
Mazkur tajribaning mohiyati va kuzatilgan holatni izohlang.


Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbalar: 
Biologiya, kimyo, fizika fanlaridan maktab darsliklari, internet resurslari.


Oʻquvchilar uchun koʻrsatmalar: 
1. Keysning mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan koʻproq dahldor boʻlgan 
omil (yoki ikkita omil) ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. Oʻz fikringizni bayon eting.

Keysni yechish jarayoni: 
1. Oʻquvchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama 
qilishadi.
2. Oʻquvchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin 
tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan eng muhim jihatlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.



Yüklə 21,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə