Кхк да “Хотин қизлар миллий куйлакларини тикиш” мавзусидаги амалий машғулот лойиҳасини ишлаб чиқиш


X. O’QUV AMALIYOTINI O’TKAZISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/6
tarix06.02.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#26461
1   2   3   4   5   6



X. O’QUV AMALIYOTINI O’TKAZISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR


O’quv amaliyotini o’tkazish bosqichlari

Faoliyat turlari

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

1-bosqich.

Kirish.


5 daqiqa

Mavzuni e’lon qiladi va ichidagi vazifani tushuntiradi. Ishning ketma-ketligi bilan tanishtiradi. Baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

Tinglab, eshitadi.

2-bosqich:

O’quv materialini bayon etish.



10 daqiqa

Milliy ko’ylak, lozim tikishda uchratiladigan mayda bo’lakchalar, ularga texnologik ishlov berish jarayonini tushuntiradi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligini bayon qiladi.

Tinglab, eshitadi.

3-bosqich.

Kirish yo’riqnomasi.



50 daqiqa.

Talabalarni asosiy mehnat havfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi. Ishlab chiqarish sanitariyasi va elektr, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni tushuntiradi. O’quvchilar yo’llanma xaritasi bilan ta’minlanadi. Yoqa, koketka, yeng, etak manjetga ishlov berishni amalda ko’rsatadi. Har bir ish joyda qanday ish olib borilishi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatadi, vazifani bajarish uchun vaqt belgilaydi.

Usta bajarayotgan ishni diqqat bilan kuzatadi.

4-bosqich.

Amaliy ish.



145 daqiqa.

Milliy ko’ylakda mayda bo’laklariga ishlov berishda texnologik jarayon ketma-ketligining to’g’ri bajarilishi

-yoqaga ishlov berish;

-koketkaga ishlov berish;

-etak qismiga ishlov berish;

-yengga ishlov berish;

-lozim manjetiga ishlov berish.



Berilgan topshiriqning maqsad va vazifalari yozib olinadi.

Har bir ish joyida berilgan yo’l-yo’riq xaritasini o’rganadilar va amaliy bajaradilar.

Berilgan vaqtga qarab ketma-ketlik asosida kiyim bo’laklariga ishlov beradilar. Vazifani mustaqil bajaradilar.


5-bosqich.

Baholash, tahlil qilish va yakunlash



30 min.

Har bir o’quvchining bajargan ishlarini qabul qiladi va yakun yasaydi. O’quvchilarni baholash uchun test savollarini beradi. baholash natijalarini e’lon qiladi. Bajarilgan ishlardagi yutuq va kamchiliklarni ko’rsatadi. Uyga vazifa va uni bajarish uchun tavsiyalar ko’rsatadi.

Bajargan amaliy ishini topshiradilar, test savollariga javob beradilar, baho natijalarini eshitadilar, tahlil qiladilar. Uy vazifasini daftarga yozib oladilar.



XI. O’QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI:
1. Ostki yoqa va ustki yoqa qanday chok bilan tiqiladi?

A) ziy, bostirma;

B) bostirma;

C) ag’darma, biriktirma;

D) yo’rmalab;

E) ziy, biriktirma.


2. Qotirma qaysi yoqaga yopishtiriladi?

A) ostki yoqaga;

B) ustki yoqaga;

C) ostki va ustki yoqaga.

D) ustki yoqani uchlariga.

E) ostki yoqani uchlariga.


3. Koketka nechta bo’lakdan iborat bo’lishi mumkin?

A) 4 ta avra, 3 ta astar;

B) 2 ta avra, 2 ta astar;

C) 2 ta avra, 4 ta astar;

D) 3 ta avra, 2 ta astar;

E) 2 ta avra, 1 astar.



4. Koketgadagi yelka choklari namlab isitib ishlov berishning qaysi turidan foydalaniladi?

A) bostirib dazmollanadi;

B) bir tomonga bukib dazmollanadi;

C) ag’darib dazmollanadi;

D) yorib dazmollanadi;

E) ag’darib bostirib dazmolanadi.


5. Milliy kiyimlarda kaketkalar qanday tekshiriladi?

A) o’zi to’g’ri bo’ladi;

B) andoza yordamida tekislab kesiladi;

C) to’g’rilab kesib tashlanadi;

D) old va ort bo’lagi o’lchanadi;

E) old bo’lagiga moslab kesib tashlanadi.


6. Yeng qirqimi qanday ishlanadi?

A) bostirib tiqiladi;

B) ag’darma chok bilan tiqiladi;

C) biriktirma va ag’darma chok bilan tiqiladi;

D) old va ort bo’lagini biriktirib tiqiladi;

E) old bo’lagi tiqiladi.


7. Milliy ko’ylak etak qismining yuqori qirqimiga qanday ishlov beriladi?

A) ag’darib tiqiladi;

B) bostirb tiqiladi;

C) ziy tiqiladi;

D) biriktirib tiqiladi;

E) ikkita bahyaqator tiqiladi.



8. Milliy ko’ylak etak qismining yon qirqimiga qanday ishlov beriladi?

A) 0,5-0,7 sm biriktirib tiqiladi;

B) 2-3 mm bezak berib tiqiladi;

C) 1-2 mm bezak berib tiqiladi;

D) 1 sm biriktirib tiqiladi;

E) 0,4-0,6 sm biriktirib tiqiladi.


9. Lozim pastki qismiga qanday ishlov berish mumkin?

A) manjet, mag’iz, bezaklar;

B) yo’rmalab, bezak, munchoq;

C) ag’darib, bostirib, qotirma yopishtirib;

D) Manjet, yo’rmalab, mag’iz qilib;

E) Ag’darib, qotirma yopishtirib, bezak berib.


10. Yoqa tikishda qanday nuqson uchrashi mumkin?

A) ostki yoqadan ustki yoqada noto’g’ri kant hosil bo’lsa;

B) ostki yoqani yoqa o’miziga biriktirib tikishda;

C) Yoqani biriktirishda 1 sm ga tikilsa;

D) Ostki yoqa katta bo’lib ketsa;

E) Ostki yoqa va ustki yoqada yelimli qotirma bo’lmasa.


XII. O’QUVCHILARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MEZONLARI


1. Modul raqami: 2.

2. Mavzu: «Milliy ko’ylak, lozim tikish ketma-ketligini tuzish, mayda bo’laklarni tayyorlash»

3. Modulni o’rganishga ajratilgan vaqt – 6 soat.

4. Modulni o’tkazish sanasi -

Baholash varaqasi

O’quvchilarning ismi sharifi:











































Baholash mezonlari





























I. Ish o’rnini tashkil qilish.











































- asbob va uskunalar to’g’ri tanlanganmi.











































-texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganmi.











































II. Amaliy ko’nikmalar










































I. Mayda bo’laklarga ishlov berish

A) yoqani tikish











































1. Ostki yoqaga yelimli qotirmani yopishtirish











































2. Yoqani tikish











































3. Yoqani uchlarini kesish.











































4. Yoqani o’ngiga ag’darish











































5. Ziy chiqarib dazmollash.











































B) Yengni tikish











































1. Yeng qirqimlarini ulash











































2. Yeng chokini dazmollash











































3. Yeng qirqimlarini yo’rmalash











































4. Yeng o’miziga burma berish










































C) kaketkani tikis











































1. Asos kaketkani tayyorlash











































2. Tikilgan yelka choklarini dazmollash.











































3. Astar kaketkani tayyorlash.











































4. Tikilgan yelka choklarni dazmollash.











































II. Etak qismini tikish











































1. Etak qismining yon qirqimlarini tikish.











































2. Tikilgan yonqirqimlar ni dazmollash.











































3. Tikilgan maxsus qirqimlarini yo’rmalash











































4. Etak qismining yuqori qirqimini burtaga yig’ish.











































III. Manjetni tikish











































1. Manjetni bukish











































2. Manjetga qotirma yopishtirish











































3. Manjetni tikish











































4. Manjet chokini dazmollash











































5. Manjetni o’ngiga ag’darish











































III. TEST NATIJALARI











































JAMI:












































Izoh:

1) Topshiriqning bajarilishi besh balli tizim asosida baholanadi. Bunda ushbu topshiriqning tarkibiga kiruvchi barcha faoliyat turlari inobatga olinib, ularning har biriga baho berilishi shart.

Topshiriq bo’yicha o’quvchining yakuniy bahosi esa har bir faoliyat turi bo’yicha olingan baholarning jami topilib, ushbu faoliyat turlarining soniga bo’linadi.

2) Qoniqarsiz baho olgan o’quvchilar ma’muriyat ko’rsatgan muddatda mashqlarni qayta topshiradi.



Imzo____________ Sana _____________

TEST JAVOBLAR (kalit)





















C

A

B

D

B

D

E

D

C

A


2.5. «MILLIY KO’YLAKNI YIG’ISH» MAVZUSI BO’YICHA AMALIY MAHSG’ULOT ISHLANMASI

I. MODUL RAQAMI: 3
II. MAVZU: «Milliy ko’ylakni yig’ish».

III. MAQSAD: Milliy ko’ylakni yig’ib tikish ko’nikmalarini shakllantirish.

IV. O’QUV SOATLARI: 6 coat (240 daqiqa).

V. MODULNI O’RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO’NIKMALAR;



  • yoqani yoqa o’miziga o’rnatish;

  • etak yuqori qirqimini koketkaga ulash;

  • yengni yeng o’miziga o’rnatish;

  • yeng uchini va etakni bukish;

  • oxirgi ishlov berish NIIB.


VI. MODULNI O’RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;


  • yoqani yoqa o’miziga o’rnatib tikish texnologiyasi;

  • etak yuqori qirqimini koketkaga ulash texnologiyasi;

  • yengni yengni o’miziga o’rnatib tikish texnologiyasi;

  • yeng uchini va etakni bukish usullari;

  • oxirgi ishlov berish (NIIB) texnologiyasi.

VII. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:

2-modulda «Milliy ko’ylakning bo’laklariga ishlov berilgan» dan keyin, yig’ish, ishlari boshlanadi. Avval adib-astar koketkaga biriktirib, avra va astar o’ngini-o’ngiga qo’yib, bir yo’la yoqani, yoqa o’miziga o’tkaziladi. Yoqani yoqa o’miziga o’rnatilganda kertim berishni unutmaslik kerak. Chunki kertim bergandan so’ng yoqa koketkada yaxshi yotadi. Kaketka o’ngiga ag’dariladi, bo’rt ziylari qiya qirma qaviqlar bilan ko’lanadi va dazmollanadi. Yoqaga o’rnatilgan kaketka yordamchi andoza yordamida tekshirib olinadi, ortiqcha joylari qirqib tashlanadi. Kaketka etakga yaxshi o’rnashishi uchun uning avra va astar kaketkalarining yelka, kaketka ochiq qirqimlari ko’klanadi.

Kaketkaning ochiq qirqimlari etakning yuqori ya’ni burma terilgan qirqimiga ulanadi. Koketkaning etakka ulangan chokini maxsus mashinalarda yo’rmalanadi va yotqizib dazmollanadi.

Tayyorlab olingan ko’ylakni yeng o’miziga yeng o’rnatiladi. Yengni o’rnatayotganda to’g’nag’ichlar yordamida kertimlarini to’g’rilab o’mizga to’g’nab chiqiladi. Avval ko’klab tiqiladi so’ng mashina chokida biriktiriladi. Biriktirilgan choklar yo’rmalanadi, dazmollanadi.



Etak va yeng uchlari bukib mahkamlanadi. Oxirgi ishlov beriladi va NII bajariladi.




1-rasm. Milliy ko’ylak bo’laklarini yig’ish

1-yoqani-yoqa o’miziga o’rnatish; 2-kaketkani etak yuqori ochiq qirqimiga ulash;

3-yengni-yeng o’miziga o’rnatish; 4-yengni yashirin qaviq bilan tikish;

5-etakni yashirin qaviq bilan tikish.
VIII.KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:

  • tikuv mashinalari: 1022 kl, maxsus mashina 51 kl;

  • dazmol, qolip;

  • ayollar milliy ko’ylagidan tikma namunalar;


Bitta o’quvchi uchun:

  • yo’l-yo’riq texnologik xarita;

  • qo’l ishlari asboblaridan 1 ta to’plami, dukcha;

  • W 50: W80 – iplardan 1 ta g’altak, turli nomerli iplardan 1 ta to’plam, 1 ta qaychi, 1 ta sm. lenta;

  • koketkalarni tekshirish uchun yordamchi andoza;

  • bo’r, to’g’nog’ichlar, angishvona.

IX. «MILLIY KO’YLAKNI YIG’ISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA

Texnologiya asosida faoliyat turlari

Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

Chizma

Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

I

II

III

IV

1.Adibni koket-kaga ag’darma chok bilan biriktirish va yoqani bir yo’la yoqa o’miziga o’tqazib koketka astarini abraga biriktirib tikish.

Universal mashina.


Ostki yoqani asosiy bo’lak o’ngiga qaratib qo’yiladi ostki yoqa qirqimini yoqa o’mizi qirqimiga to’g’rilab ustki yoqa qirqimini asosiy bo’lak qirqimidan ishlov haqqi kengligicha chiqarib qo’yiladi. Yoqa ustiga, old bo’lak bort ishlov haqqi o’ngini ichkariga qaratib buqiladi yoki alohida bichilgan adibni o’ngini pastga qaratib qo’yiladi va yoqa asosiy bo’lak tomondan ag’darma chok bilan tiqiladi.

2. Yoqani yoqa o’miziga ulash chokida 2 sm oraliqda kertim berish.

Qaychi.



Ulangan chokning har 2 sm oraliqda tikilgan chokka 0,1 sm yotkazman kertim beriladi. 159 bet 1 b.

3. Koketkani bort uchlaridagi chok haqqini kertish va koketkani o’ngiga ag’darish.

Qaychi, dukcha.



Koketkani bort uchlaridagi chok haqqini tikilgan chokka 0,1 sm yetkazmay kesiladi va o’ngiga ag’darib bort uchlari dukcha yordamida chiqariladi va bort bilan yoqa to’g’rilanadi.

4. Koketkadagi bort ziyini va bir yo’la yoqani ulash chokini ko’klash.

Ip, igna, angishvona.



Kaketkadagi bo’rt ziyini va bir yo’la yoqani ulash chokini to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi.

5. Koketkadagi bort ziyini va yoqani ulash chokini dazmollash.

Dazmol, mato.




Tikib ko’klangan bort ziyini va yoqani ulash choki maxsus qolipli yostiqcha yordamida dazmollanadi.

6. Koketka astari va avrasini yelka chokida, qo’lda ko’klab biriktirish.

Ip, igna, angishvona.



Tikib tayyorlangan koketka astari va abrasini yelka choklari ustiga qo’yib, to’g’rilanib qo’lda ko’klab, biriktirib chiqiladi.

7. Old koketkani astari bilan ochiq qirqim bo’yicha ko’klash.

Ip, igna, angishvona.




Old bo’lak astar etaki bilan astar (etak) koketka ni o’ngini o’ngiga qaratib qirqimlarini to’g’rilab qo’yib teskari tomondan 1 sm chok bilan biriktirib tiqiladi.

8. Ort koketkani astari bilan ochiq qirqimi bo’yicha ko’klash.

Ip, igna, angishvona.

Ort koketka astari bilan ustma ust qo’yib o’ngi tomonidan ochiq qirqimli ko’klanadi.

9. Old bo’lak etaki yuqori qirqimiga koketkani biriktirib tikish.

Ip, igna, angishvona, universal mashina.



Old bo’lak etaki o’miziga old koketka o’ngini qo’yib, qirqimlari to’g’rilanib, biriktirib 1 sm ga tiqiladi.

10. Ort bo’lak etakiga koketkani biriktirib tikish.

Ip, igna, angishvona, universal mashina.

Ort bo’lak etaki o’ngiga ort koketka qirqimlari to’g’rilanib, biriktirma chok bilan tiqiladi. Chok haqqi - 1 sm.

11. Old va ort etaklarni koketkaga ulangan chokini yo’rmalash.

Maxsus mashina.




Old va ort etaklarni koketka bilan ulangan choki maxsus yo’rmalash mashinalarida yo’rmalanadi.

12. Old va ort etaklarni koketkaga ulangan chokni yotqizib dazmollash.

Dazmol, qolip.




Ulangan choklar yuqori tomonga yotqizib dazmollanadi.

13. Yengni yeng o’miziga o’tqazish.

Ip, igna, angishvona,



Yengni yeng o’miziga to’g’ri o’tkzish uchun uni oldin maxsus to’g’nog’ichlar bilan kertimlarni to’g’rilab o’mizga to’g’nab chiqiladi. Keyin yengni o’mizga ko’klanayotganda ignalar olib tashlanadi. Yengni ko’klab o’tkazish uchun yengni asosiy bo’lak yeng o’mizi ichiga o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan sirma qaviqlar bilan ko’klanadi. Qaviq yirikligi 0,5 sm. Yengdagi eng ko’psalqi qiyama qismida bo’lib, qolgan joyida deyarli salqi hosil qilinmay ko’klab o’tkaziladi. Ko’klash chokining kengligi 0,7-0,8 sm bo’ladi.

14. Yengni o’mizga ko’klagan chokni dazmollash.

Dazmol.




Yeng ko’klab o’tkazilgandan keyin hosil qilingan salqilar dazmollab kirishtiriladi.

15. Yengni o’mizga biriktirish.

Universal mashina.






Yengni mashinada o’tqazishda bahyaqator yeng ko’klangan qaviqlardan 0,1-0,2 sm oraliqda yuritiladi.

16. Yengni o’mizga biriktirgan chokni yo’rmash.

Maxsus mashina.



Yeng yotqizilgan chok qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi.

17. Yengni o’mizga yo’rmalangan chokni dazmollash.

Dazmol, qolip.




Yeng yo’rmalangandan keyin hosil qilingan solqilar dazmollab kiritiladi.

18. Yeng uchi va ko’ylak etakini bukib tikish.

Igna, ip, angishvona.





Yeng uchi va ko’ylak etakini ko’rinmas qaviqqator bilan mahkamlab tiqiladi.

19. Oxirgi ishlov berish. (NIIB).

Dazmol, mato, qaychi.




Ko’ylakni ortiqcha iplardan tozalanadi, yeng uchi va ko’ylakni etak old va orqa bo’laklari dazmollanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə