Kiberxavfsizlik asoslari “ fanidan mustaqil ish-2 Bajardi: Ahmadjonov A. Qabul qildi: Rustamov A. Qarshi 2023 reja


Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash



Yüklə 93,86 Kb.
səhifə8/10
tarix24.12.2023
ölçüsü93,86 Kb.
#160835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ishI 2 kiberxavfsizlik

Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash.


Simsiz tarmoqlardan foydalanishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik muammolarini oldini olishda (axborot resurslarini ) va zarar miqdorini kamaytirishda quyidagi choralarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Joriy sozlanish parolini almashtirish. Aksariyat tarmoq qurilmalari, shu jumladan, simsiz tarmoq qurilmalari, joriy sozlanish paroliga ega va ular barchaga ma‘lum. Ba‘zida tarmoq ma‘muri tomonidan ushbu parollarni almashtirish esdan chiqadi va buning natijasida jiddiy muammo yuzaga keladi. Shuning uchun, tarmoq qurilmalarini joriy o‘rnatilgan parollarni foydalanishdan oldin almashtirish zarur. Foydalanishni cheklash. Tarmoqdan foydalanishni faqat ruxsati mavjudlar uchun joiz bo‘lishini ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Har bir qurilma ajralmas MAS (Media access control) manziliga ega bo‘lib, ushbu manzillarni tekshirish orqali ularga foydalanishni taqdim etish mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda, simsiz tarmoq qurilmasi xotirasida ulanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarning MAS manzillari mavjud bo‘ladi. Yangi manzilga ega bo‘lganlar esa ushbu tarmoq nuqtasiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Tarmoq orqali uzatiluvchi ma‟lumotni shifrlash. Agar simsiz tarmoq orqali uzatilayotgan har bir ma‘lumot shifrlangan taqdirda, ularni ruxsatsiz o‘qishdan himoyalash mumkin bo‘ladi. Simsiz lokal tarmoqlarda tarmoq nuqtasi va foydalanuvchi qurilmalari orasidagi ma‘lumotlar odatda Wired Equivalent Privacy (WEP), Wi-Fi Protected Access (WPA), WPA2 va WPA3 protokollari asosida shifrlangan holatda uzatiladi. Ular orasida WPA3 protokoli bardoshli hisoblansada, amalda esa zaif hisoblangan qolgan protokollardan ham keng qo‘llanilmoqda. Simsiz tarmoq qurilmasining SSID (Service Set Identifier)ni himoyalash. Tarmoq tashqarisidan simsiz tarmoqni osonlik bilan boshqarilishini oldini olish uchun, SSID kattalikni oshkor etmaslik talab etiladi. Barcha Wi-Fi qurilmalar SSID ni himoyalash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu hujumchini simsiz tarmoqni topishini qiyinlashtiradi. Ushbu kattalikni joriy holatda qoldirish tavsiya etilmaydi va kamida SSID ni yangilash talab etiladi.

Yüklə 93,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə