Kimyo faning predmeti va vazifalari. Darsning maqsadi


Darsga tayyorgarlik ko’rish



Yüklə 27,95 Kb.
səhifə6/9
tarix10.10.2023
ölçüsü27,95 Kb.
#126641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dars kanspektlari

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Jahon kimyogar olimlari qatorida o‘zbekistonlik kimyogar olimlar ham kimyo fani va sanoatining rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
O‘zbekistonda Fanlar Akademiyasining Umumiy va anorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda bir qator ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida, oliy o‘quv yurtlarining kimyo fakultetlari va kafedralarida kimyo sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ahmedov K.S., Parpiyev N.A., Solihov Sh.L, Yusupbekov N.R., Asqarov M.A., Ne'matov S.N., Abduvahobov A.A., Salimov Z.S., Rashidova S.Sh., Obidova M.O., Mirkomilov T.M., Beglov B.M., Iskandarov S.I., Rustamov X.R., Toshpo‘latov Y.T., Tolipov Sh.T., Aslanov H.A., Abdurasulova R.A.., Maxsumov A.G‘., Shohidoyatov X.M., Tillayev K.S., Musayev O‘.N., Yusupov D.Y., Sirliboyev T.S., Yo‘lchiboyev A.A., Muftaxov A.G., Ahmerov Q.A., Hakimov G‘.H. va boshqa taniqli o‘zbek kimyogar olimlarining olib borgan va bugungi kunda amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlarining natijalari O‘zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir.
Kimyo fanlari tizimidagi «Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» nomli yangi ixtisoslik 1997-yilda o‘zbek olimlari I. R. Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan asoslab berildi. Ushbu yangi kimyo fanining shakllanishida o‘zbek olimlari. S.A.Alimboyev, A.A.Ibragimov, G‘.X.Hamroqulov, M.A.Rahimjonov, M.Y.Isaqov, Q.M.Karimqulov, O.A.Toshpo‘latov, A.A.Namozov, B.Y.Abdug‘aniyev, Sh.M.Mirkomilov, M.Shodiyev, N.X.To‘xtaboyev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə