Kimyo faning predmeti va vazifalari. Darsning maqsadi


Yangi mavzuni bayoni: Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi



Yüklə 27,95 Kb.
səhifə9/9
tarix10.10.2023
ölçüsü27,95 Kb.
#126641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dars kanspektlari

Yangi mavzuni bayoni: Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalari asosida suhbat. O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalarini tarqatish. Moddalarni ta’riflash. Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?
Kimyo, biologiya, fizika — tabiatni o‘rganuvchi fanlar bo‘lib, tabiat esa, bu — havo, suv, Yer, Quyosh, Oy, o‘simliklar, hayvonlar va odamlardir. Yer, Quyosh, uy, avtomobil, qoshiq, kitob —jismlardir. Kimyoviy stakan, kolba, probirka ham jismga kiradi. Bu idishlar shishadan tashkil topgan. Qoshiq alyuminiy, kumushdan yasalishi mumkin. Alyuminiy, kumush, shisha, suv, oltingugurt, bo‘r, shakar, kislorod, azot, temir — moddalardir. • Jismlar moddalardan tashkil topgan. Tabiatda juda ko‘plab moddalar uchraydi va ularning mavjudligi insonga bog‘liq emas. Biz havodagi suvni ko‘rmaymiz, u daryo va dengizlarda mavjuddir. Biz kislorodni ko‘rmaymiz va u haqida o‘ylamaymiz, lekin u havo tarkibida mavjud, biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud deb aytish mumkin. Modda xossalari. Bizga shakar, bo‘r, tuz, oltingugurt, suv, spirt, sulfat kislotasi berilgan (bular kundalik turmushda ishlatiladi). Shakar, tuz, bo‘r, oltingugurt — qattiq moddalar bo‘lsa, suv, spirt, sulfat kislotasi — suyuq moddalardir. Yuqorida sanab o‘tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin? Shakar, tuz, bo‘r — oq rangli, oltingugurt — sariq rangli, demak, bu moddalar turli rangga ega. Bir xil rangli shakar, tuz, bo‘r suvga solinsa, bo‘r erimasdan qoladi, shakar va tuz erib ketadi. Shakar va tuz bir-biridan ta'mi bilan farqlanadi. Suv, spirt, sulfat kislotasi suyuq moddalar bo'lib, ular rangga ega emas. Ularni qanday farqlash mumkin? Spirt — o‘tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega emas. Suv va sulfat kislotasi turli zichlikka ega, psuv = 1000 kg/m 3 va psulfat kislota = 1840 kg/m3 . Suv, spirt va sulfat kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega: tq suv = 100°C, tq spirt = 78°C, tq sulfat kislota = 338°C .
Yangi mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish: Darslikdan §3 ni o‘qing va xo‘jalikda ishlatilayotgan moddalar hamda jismlar ro‘yxatini tuzing. Xossalarini yozing. Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajarish. .Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish
Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə