Kimyo faning predmeti va vazifalari. Darsning maqsadi


O ’quvchilar davomadini aniqlash



Yüklə 27,95 Kb.
səhifə3/9
tarix10.10.2023
ölçüsü27,95 Kb.
#126641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dars kanspektlari

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: • Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to‘g‘risidagi fandir. Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o‘rganuvchi aniq fan hisoblanadi.

  • Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir.

Moddalar hozirgi vaqtda ma'lum bo‘lgan 118 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalardir. Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Kimyoviy moddalar va ulardagi o‘zgarishlardan insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Xitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq ho‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, me'moriy obidalarni barpo etishda, kiyim-kechaklar tayyorlashda kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalanganlar. Jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII—X asrlardayoq o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy moddalardan turmush ehtiyojlarida va turli xil xastaliklarni davolashda foydalanish yo‘llari haqida dastlabki qimmatli ma'lumotlarni keltirganlar.Abu Ali ibn Sino dorivor moddalarni ma'lum tarkibda bo‘lishini ta'riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ularni sodda va murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekulyar ta'limotning dastlabki tushunchalarini shakllanishiga asos solganligi yurtimizda kimyoviy bilimlar bilan shug‘ullanish tarixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma'lum bo‘lgan kimyoviy elementlarni sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. XX asr oxirlariga kelib, kimyo fani yanada jadal sur'atlar bilan rivojlandi.

Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə