Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə2/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 296-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 303-modda) asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq qo‘llaniladi.
II. Malaka tavsiflari mazmuni va qo‘llash tartibi
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
pedagog xodimning lavozimi bo‘yicha majburiyatlari ro‘yxatini;
tegishli lavozimni egallab turgan (egallashga nomzod) xodimning bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarni;
tegishli lavozimni egallash uchun zarur bo‘lgan ish staji va ta’lim darajasiga qo‘yiladigan talablarni.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida ko‘rsatilgan har bir lavozim bo‘yicha ish mazmuni, hajmi va bajarish tartibi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan Davlat ta’lim standartlariga, ish ko‘rsatmalariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda belgilanadi.
3. U yoki bu lavozim (lavozimlar guruhi) yoki malaka toifasi uchun bir qancha tarif stavkalari belgilangan bo‘lsa, nisbatan yuqori bazaviy tarif stavkasiga ega bo‘lgan xodim nisbatan kichikroq lavozim yoki malaka toifasidagi xodimlar uchun nazarda tutilgan bilimlar, tajribalar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
4. Xodimga lavozim (malaka toifasi) belgilash, berish o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi.
5. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari xodimlarini lavozim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka toifasining hisobi, shuningdek ish to‘g‘risidagi barcha hujjatlardagi yozuvlar ushbu malaka tavsiflaridagi lavozimlar va malaka toifalari nomlari bilan qat’iy mos bo‘lishi kerak.


Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə