Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə9/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, inson va bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyalarni, davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta’lim va yoshlarga oid qonun hujjatlarini;
b) ta’lim va pedagogika fanining asosiy yo‘nalishlarini hamda milliy an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish istiqbolini, mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini, sanitariya va gigiyena talablarini;
v) o‘quv xonalarini anjomlar bilan ta’minlash va jihozlash talablarini;
g) ta’lim uchun zarur bo‘lgan jihoz, asbob-uskuna va vositalarini qabul qilish, saqlash va foydalanish tartib va qoidalarini;
d) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yong‘indan saqlash qoidalarini.
Malaka talablari:
ixtisoslik yoki pedagogik yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot.
§ 6. ChAQIRUVGAChA TAYYoRGARLIK RAHBARI*
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shonli an’analarini o‘rganishni tashkillashtiradi;
b) tasdiqlangan dasturlarga muvofiq ravishda o‘quvchilarni chaqiriqqacha, jumladan tibbiy tayyorgarligini amalga oshiradi;
v) o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashishi hisobini yuritadi, ularning davomati, o‘quv materialini o‘zlashtirishini nazorat qilib boradi, har bir o‘quvchining qobiliyatini o‘rganadi, o‘quv-tarbiya ishini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini tatbiq qiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan birgalikda harbiy sport o‘yinlari musobaqalarini o‘tkazadi, harbiy kasb asoslarini o‘rganish bo‘yicha to‘garakni boshqaradi;
g) tuman (shahar) harbiy komissariyatlariga o‘quvchilarning chaqiriqqacha harbiy hisobga olishga hamkorlik qiladi;
d) favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi va himoyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
e) alohida himoya vositalarini, harbiy texnika bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni va chaqiriqqacha o‘quvchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan boshqa ashyolarni foydalanishga tayyor holda ushlab turadi va saqlash qoidalariga amal qiladi;
j) mashg‘ulotlarda texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
z) o‘quvchilar hayoti, sog‘lig‘ini muhofazalash va huquqlarini himoya qilish haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat”, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini, davlatning tashqi va ichki siyosatini;
b) jahon va mamlakatdagi pedagogika fani va amaliyotining yutuqlarini, yoshlarni vatanparvarlik ruhida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uslubiyatini, o‘z Vatani va xalqining tarixini;
v) o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘qitishning mazmuni va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini;
g) yoshlarga oid qonun hujjatlari;
d) texnika xavfsizligi qoidalarini.

Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə