Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə12/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

Malaka talablari:
a) kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy ma’lumot;
b) maxsus nazariy fanlar o‘qituvchisi lavozimida 2 yillik ish staji yoki 1-toifali kasbiy ta’lim ustasi.
§ 9. KASB-HUNAR KOLLEJINING O‘QUV IShLAB-ChIQARISh USTAXONASI MUDIRI
Lavozim vazifalari:
a) o‘quv rejasi, dasturi va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish grafigiga mos ravishda o‘quv-ishlab chiqarish ishini tashkillashtiradi;
b) ish joylarini zarur jihozlar, inventarlar, yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar (plakatlar, stendlar, sxemalar, maketlar, namunalar, modellar va boshqalar) bilan o‘z vaqtida jihozlashni ta’minlaydi;
v) jihozlash, sozlash, ta’mirlashni, ularni amaliy ishlar texnologiyasiga muvofiq taqsimlash (rejalashtirish) ni tashkillashtiradi;
g) ustaxonaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, kasbiy ta’lim ustalari va o‘quvchilar bilan ustaxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash uchun ish tartibi va sharoitlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib boradi, majlislar o‘tkazadi;
d) amaliy mashg‘ulot va o‘quv ishlari o‘tkazishda kasbiy ta’lim ustalariga amaliy yordam ko‘rsatadi;
e) ustaxonada ishlashda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (yong‘in va elektr xavfsizligi) qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
j) ustaxonada mos uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlaydi va uslubiy ishlarni boshqaradi;
z) ustaxonani asboblar, inventarlar bilan jihozlanish ishini tashkillashtiradi, ularning holatini yaxshi saqlash, sanitariya-gigiyena talablari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
i) o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligining davlat talablariga mosligini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
k) kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda ustaxona xodimlarining malakasini oshirish va attestatsiyasi bilan shug‘ullanadi;
l) ustaxona faoliyatini tartiblovchi hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi;
m) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, ta’limning rivojlanish strategiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining o‘smirlar kasbiy ta’limi, amaliy tayyorgarligi va tarbiyasini tashkil etish va yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatlari;
b) Davlat ta’lim standartlari talablari mazmuni, ularning uslubiy qo‘llanmalarini;
v) kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini;
g) ustaxonada mashinalar, apparatlar, asboblar va moslamalarning tavsiflari va ularning qo‘llanish qoidalarini;
d) kasbiy ta’lim ustalari va ustaxonaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablarini;
e) o‘quv va ishlab chiqarish, amaliy ishlarni tashkil etishni rejalashtirishni;
j) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yo‘riqnomalari tuzishni, suhbatlar va uchrashuvlar o‘tkazishni, ish yuritishni olib borishni;
z) o‘quvchilar bilimini va bajarilgan ishlar, chiqarilgan mahsulotlar sifatini baholash usullarini;
i) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, o‘smirlar fiziologiyasini, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
y) yoshlarga oid qonun hujjatlari.

Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə