Kirish Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə2/7
tarix10.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#104981
1   2   3   4   5   6   7
FORTEPIANO

Tadqiqotimiz maqsadi ta’lim jarayonida fortepiano sinfi bo’yicha o’qituvchining faoliyati va vazifasi, fortepiano ta’limining o’rganish bosqichlari, musiqa asarlari ustida ishlash, mashg’ulotlarni loyihalashtirish,innovatsion maxsus fortepiano mashqlarni qo’llash kabi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Tadqiqot ishimiz obyekti Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda OTM o’quv dargohlarining yakka tartibdagi sinf xonalarida.
Tadqiqotimiz predmeti boshlang‘ich fortepiano ta’limi jarayonida о‘quvchi va talabalarning ijodiy fikrlashga о‘rgatishda mustaqil ta’limdan foydalanish yо‘l va usullaridan iboratdir.
Tadqiqot ishini bajarish davomida quyidagi vazilararni amalga oshirdik:
Ijrochilikka oid bilimlarni, ko’nikma va malakalarni shakllantirishda individual darslarni yuqori saviyada tashkil etish, nazariy va amaliy bilimlarni hamda maxsus innovatsion mashqlarni amaliyotda qo’llash va yetarli darajada o’zlashtirishda fortepiano ta’limining muammolariga qaratilgandir.
-Ijodiy fikrlashga о‘rgatishga doir pedagogik qarashlarni tahlil qilish.
-Shaxs fikrlash jarayonini psixologik jihatdan о‘rganish.
-Boshlang‘ich fortepiano sinfi о‘quvchilarini ijrochilik malakalarini shakllantirishning amaliyotdagi ahvolini tadqiq etish.
Boshlang‘ich fortepiano darslarida foydalaniladigan mustaqil ishlarning о‘quvchilarni ijodiy ijrochilikka о‘rgatishdir va ularning ijodiy imkoniyatlariga tavsiyalar berish.
Tadqiqot ishimiz ilmiy farazini quyidagicha belgiladik
Fortepiano cholg‘usi yо‘nalishida shu kunga qadar dissertatsiya ishi deyarli qilinmaganligi bois, ushbu ishga ilmiy va ijodiy yondoshilganligi sababli yosh boshlang’ich ijrochi o’quvchi talabalarimiz uchun imkon qadar ta’lim borasida о‘z ta’sirini kо‘rsatibgina qolmay, balkim ularga kо‘mak beradi. Shuningdek,
1. Fortepianoda musiqa ijrochilik uslublarini va ustozlar ijodlaridan innovatsion maxsus mashq va texnologiyalar yordamida qо‘llanilgan vositalardan tо‘liq imkoniyatga ega bо‘linadi. О‘rgatish jarayoni mazmunini yanada chuqurroq egallashga keng imkoniyatlar yaratib beradi;
2. Fortepianoning mustaqil ta’lim mazmunini о‘rganish vositasida, о‘qitishning zamonaviy texnologiyalar yordamida va ulardan tо‘g‘ri foydalanish, fanning о‘zlashtirishda tо‘liq ma’lumotlarga ega bо‘lish imkoniyatini beradi;
3. Fortepiano cholg‘usi fanini о‘zlashtirishning ilk tizimi ishlab chiqilib va fanning nazariy va amaliy ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə