Kirish Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə6/7
tarix10.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#104981
1   2   3   4   5   6   7
FORTEPIANO

2.2 Tovush ustida ishlash
Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning о‘qituvchi, turli bilimlarni о‘rgatuvchi va mohir tarbiyachi bо‘lganligi uchungina emas, balki uning о‘zi tanlagan oliy о‘quv yurtidagi barcha mutaxassisliklar bо‘yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bо‘lgan fundamental fanlarni hamda о‘qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a’lo darajada egallagan bо‘lishi shart.
Shu bilan birga о‘z kasbining ustasi bо‘lgan muallim turli darajadagi bilimga, xohish va irodaga hamda tarbiyaga ega bо‘lgan talabalarni ajoyib san’atkor kabi о‘ziga ergashtira olishi zarur.
Fortepiano sinfidagi о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish jarayonining asosi turli musiqa asarlari ustida ishlashdan iborat bо‘lib ular ana shu jarayonda har xil janrlar va uslublar bilan tanishadilar, asarlarning musiqiy tilini о‘zlashtiradilar, matn ustida savodli ishlash malakalarini egallaydilar, texnikaviy qiyinchiliklarni yengish yо‘llarini о‘rganadilar.
О‘quvchilar umumiy musiqiy kamol topish, pianinochiga xos bilim, kо‘nikma va malakalar orttirish bilan birga asta –sekin nazariy ma’lumotlar ham tо‘playdilar, musiqa asarlarini tahlil qilishni о‘rganadilar, о‘zlarining ichki eshitishlarini, diqqat va eshitish nazoratlarini, tasavvur va ijodiy fantaziyalarini rivojlantiradilar hamda takomillashtiradilar. Pedagog fortepiano sinfidagi yoshi va xarakter hislatlari, musiqiy qobiliyati moyilligi va qiziqish darajasi har xil о‘quvchilar bilan shug‘ullanishda badiiy – pedogogik ta’sir kо‘rsatishning juda kо‘p usullari hamda vositalaridan foydalanishi kerak. Shu bilan birga har bir о‘quvchi uchun о‘ziga xos ish usulini, muloqot va muomala yо‘lini va tabiiyki, musiqa repertuarini topishi, bu repertuarning maqsadi о‘quvchida pianinochi uchun zarur sifatlarni faollashtirishdan va takomillashtirishdan iborat bо‘lishi lozim .
Xozirgi fortepiano pelagogikasi musikiy-eshitish usulini ta’limning asosi deb xisoblaydi va bu usulning vazifalaridan biri bolaning musiqiy tarbiyasini amalga oshirishdir. Bu tarbiya cholgu asbobini chalishdan oldin boshlanadi.
О‘qituvchining kasbi doimo darsni ijodiy va badihiy uslubda о‘tish bilan (kо‘proq yoki kamroq) bog‘liqdir. Ayniqsa, san’atga doir mashg‘ulotlar badiha va ihtiyoriylik prinsipida olib borilishi lozim. Lekin bundan о‘qituvchi darsni aniq maqsadsiz о‘tkazishi mumkin , degan ma’no kelib chiqmaydi . mashgulotlar sifatli va samarali bо‘lishi uchun ular reja asosida izchil olib borilishi , о‘qituvchi о‘z shogirdlarining kelajakdagi kamolotini oldindan kо‘ra olishi, shuningdek, ularga musiqa asarlari ustida ishlashning asosiy badiiy-usuliy prinsiplarini о‘rgatis kerak.
Fortepiano о‘qtuvchisining musiqa asarlari ustida ishlash jarayonidagi vazifalarini kо‘rib chiqamiz . mana shu vazifalarning eng muhimi о‘quvchiga musiqa asari ustida ishlashdan kо‘zlanadigan maqsadni , asarning badiiy g‘oyasini anglab olish , uning mazmuni va xarakterini chuqur tushunish , janr va uslubiy xususiyatlarini bilish zarurligini uqtirishdir. Bu vazifani hal qilish uchun о‘quvchi asarning hissiyoti va kayfiyatini , mazmuni hamda mohiyatini samimiy va haqqoniy ifodalash doimo ijrochiing hamdardlik qobiliyatiga, ya’ni obrazga chuqur kirib borib muallif bayon qilgan voqealarning ishtirokchisiga aylanishiga bogliqdir . Mana shu sifatlar о‘quvchida fortepiano chalishni о‘rgatishning dastlabki paytlaridan boshlab tarbiyalanishi kerak . San’atga andazabozlik tо‘gri kelmaydi va sguning uchun о‘qituvchining vazifasi о‘quvchining yaxshi hissiyotlarini “band ” qilib, unda jо‘shqin ijodiy asosni eng yuqori darajada rivojlantirishdir.
Ana shularga kо‘ra о‘qituvchining ikkinchi vazifasi о‘quvchi shaxsining ijodiy sifatlarini shakllantirish, uning mustaqil tafakkurini faollashtirishdan iboratdir. Bunda eng avval cholg‘u asbobi bilan bajariladigan hamma ishlar о‘quvchining mustaqil va ijodiy intilishi ta’sirida, shuningdek, о‘zining eshitishini nazorat qilishi orqali, iloji boricha ongli yо‘sinda amalga oshuviga e’tibor berishi kerak.
О‘qituvchining barcha kо‘rsatmalri sо‘zsiz bajariladigan buyruq sifatida emas, balki о‘quvchining о‘zi mustaqil holda , ijodiy izlanish orqali kelgan qaror sifatida ifodalanishi lozim.
О‘qituvchining uchinchi asosiy vazifasi – о‘quvchida ijodiy g‘oyani eng mukammal yо‘sinda rо‘yobga chiqarish yoki fortepiano chalish “texnikasini egallashga ” yordam beradigan vositalar va usullar sistemasini shakllantirishdir. fortepianoni chalish texnikasining о‘zi emas, balki uning ijrochiga badiiy niyatini amalga oshirishda , asarning g‘oyaviy – emosional mazmunini chuqurroq yoritishda yordam berishi qimmatlidir . Shuning uchun texnik qiyinchiliklar ustida ishlash badiiy obrazni yoritish va ijrochilik mahoratini о‘zlashtirishning yо‘li hisoblanadi. Bizning musiqa pedogogikamizda “texnika” tushunchasi shunchaki “ravon” tushunchasiga nisbatan ancha keng ma’noni , ya’ni: tovushlarni sifatli chiqara olish va fortepiano chalishning har xil usullarini о‘zlashtirishni ham , pedaldan foydalanish va applikatura prinsiplarini egallashni ham , aranjorofkani, dinamik konstrastlarni , agogikani va albatta texnik qiyinchiliklarning har xil turlarini bilishni ham anglatadi.
Musiqa asarlari ustida ishlashda yuqoridagi asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun muayyan sistemadagi usul va vositalarni qо‘llash zarur . shulardan biri asarlar ustida bosqichma-bosqich ishlashdir. Bu bosqichlar shartli bо‘ladi , chunki har bir ijrochining bosqichi bir hil vaqtni olmaydi . Lekin bosqichma-bosqich ishlash о‘quvchilarga asarning musiqiy tilini sinchiklab va asta-sekin о‘rganish ishdagi qiyinchiliklarni qunt bilan yengish hamda badiiy talqinni yaratish imkonini beradi.
Birinchi bosqich. Nota matni bilan dastlabki tanishish uni о‘qishdan , tushunib olishdan va ilk tahlil qilishdan iborat bо‘ladi .
Bu ish о‘quvchi pyesaning xarakterini his etishi , asosiy mazmunini anglab olishi , unda uchraydigan qiyinchiliklarga , ifodalilik jihatlariga e’tibor berishi uchun zarurdir . Fortepiano maktabining barcha mashhur namoyondalari mana shu bosqich musiqa asarini bevosita о‘rganishdan oldin amalga oshirilishi kerak deb hisoblaganlar va nota matni ustida dastlabki fikrlash-eshitish ishlari zarurligini uqtirganlar.
Cholg‘u asbobisiz ishlashning afzalligi shundaki, unda о‘quvchining diqqati texnik qiyinchiliklarga bо‘linmaydi , lekin ayni paytda musiqachining ichki eshitishi musiqiy obrazlarni anglash, muayyan emosional holatni boshdan kechirish, asardagi tovushlarning boyligini о‘ylab kо‘rish imkonini beradi.
Ammo matn ustida olib boriladigan mana shunday fikrlash, eshitish ishlari har bir о‘quvchiga ham tо‘gri kelavermeydi. Ichki eshitishni yetarli darajada rivojlanmagan (kо‘pchilikni tashkil qiladigan) о‘quvchilar bilan shug‘ullanishda asar ustida ishlashni cholg‘u asbobidan boshlashga tо‘gri keladi . Shunga qaramay, о‘quvchining ichki eshitishini , tafakkurini faollashtiradigan usullardan doimiy ravishda foydalanish , musiqiy asosni eshitib о‘zlashtirish orqaligina asarning badiiy tilini tushunish mumkinligini unutmaslik kerak.
Dastlabki tovushlar chiqarish varqadan о‘qish , bunda matnni bir oz soddalashtirish , chalish tempini ham pasaytirish ,ya’ni sekinlatib va tо‘xtab chalishdir. Bunda kо‘zni tez yuritib , nota matnining kо‘proq qismini ilg‘ash kо‘nikmasini tarbiyalash lozim. Ammo tasodifiy noaniqliklar va о‘zgartishlar о‘quvchining ongida mustahkamlanib qolmasligi uchun о‘qish jarayonini uzoq davom ettirmaslik kerak . tovushlarni chiqarish bilan bir yо‘la musiqiy-nazariy tahlillar ham о‘tkaziladi, bu ish avvaliga umumiy yо‘sinda amalaga oshiriladi, keyin esa pyesa ustida ishlanishiga qarab tobora chuqurlashadi va mukammallashadi.
Pyesa ustida ishlashda foydalaniladigan musiqiy nazariy tahlilning bir qancha turlari mavjud . Masalan , pyesani uslubi , janri, uyg‘unligi va ohanggi jixatlaridan tahlil qilish mumkin.
Tahlilning mana shu turlarida qisqacha aytganda , quyidagilar amalga oshiriladi. Mazkur pyesaning о‘sha bastakor yaratgan va shu janrdagi boshqa asarlar qatorida tutgan о‘rni belgilanadi. Pyesa qismlarining asosiy tuzilishi, ularning bir-biriga muvofiqligi va umuman har bir qismning о‘rni aniqlanadi . asarning mavzu jihatdan birligi, turli kontrast, oraliq va yordamchi tuzilishlari topiladi. Dastlabki ohang va uyg‘unlik tahlili о‘tkazilib , shunga о‘hshash uslubdagi asarlarga xos xususiyatlar qayd qilinadi , eng yuqori nuqtalar topiladi , modulasion reja, ovozlar harakatining о‘ziga xosligi va hokazolar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Qismlar bо‘yicha olib boriladigan ishlar ijrochilik g‘oyasini detallashtirish va chuqurlashtirishning asosi sifatida xizmat qiladi va bun­da eng mukammal tovushni izlash asosiy «sezon bо‘ladi har qanday asarni о‘rganish anchagina ijrochilik vazifalarini bajarish, tovushning kerakli sifatini qulayroq applikaturani topish; qandaydir ovozni ifodali о‘zlaShtirish; texnik qiyinchiliklarni yengish, pedaldan foydalanish va hokazolar orqali amalga oshadi. Bu esa ayrim qismlarni kо‘p takrorlash, epizodlar, parchalar va, hatto alohida taktlarni qayarish bilan bog‘liqdir. Takrorlash 4bir tomondan muvaffaqiyatli topilgan narsalarni mustahkamlash, ikkinchi tomondan о‘z ijrosini uzluksiz takomillashtirish imkonini beradi.
Qismlar bо‘yicha ishlash pyesani yaxlit qilib chalishni mutlaqo inkor etmaydi, Aksincha, asarning yaxlitligi haqidagi tasavvurni unutmaslik uchun pyesani boshidan oxirigacha tez-tez takrorlab borish zarur. Lekin ishning keyingi bosqichlarida, barcha detallar bajarilib, qiyin qismlar alohida chalingach va tovushning kerakli koloritlari topilgach ana shularning hammasini umumiy tо‘qimaga biriktirib chalishni takrorlash kо‘proq foydali bо‘ladI.
Qismlar bо‘yicha ishlash, bosqichi avvalo pyesani bо‘laklarga, epizodlarga ajratish bilan bog‘liqdir. Bо‘laklar miqyosi har qaysi holda turlicha bо‘lishi masalan, tez sur’at bilan yozilgan asarlar uchun uzunroq (sakkiz taktli, о‘n olti taktli) va og‘ir sur’at bilan yozilgan asarlar uchun maydaroq tuzilishi mumkin . Bundan tashqari о‘quvchiga ishni qiyin joylardan boshlashni ham о‘rgatish kerak. Eng qiyin joylarni maxsus va alohida о‘rganish qoidasiga asar ustida ishlashning oxirigacha amal qilish lozim. Parchalar о‘rtasidagi “cheklar” ni bartaraf etish uchun bо‘laklar «qatlanadigan» prinsipda, ya’ni har bir epizod о‘zidan oldingi va keyingi epizodlarning bir qismini ham qamraydigan qilib chalish yaxshi usul hisoblanadi.
Bо‘laklar bо‘yicha ishlashda tuzatishlar bilan chalishning turli variantlaridan foydalanish mumkin. Bunda noaniq ijro etilganda xato tuzatiladi va о‘sha takroran о‘rganiladi eng qiyin va noqulay joylarda, tо‘xtab yoki sekinlab о‘tiladi va hokazo. Mana shularni о‘rganishga qarab bо‘laklarni asta-sekin yiriklashtirishga о‘tiladi. Eng oldin yengil bо‘laklar yiriklashtiriladi, keyin ularga yondosh qiyin epizodlar biriktiriladi.
Ikkinchi bosqichda eshitish tasavvuri va о‘zini о‘zi nazorat qilish muhim rol о‘ynaydi. Fikrlash ishlari doimo bevosita ijro etishdan oldin amalga oshirilishi va faqat dastlabki tahlildan iborat bо‘lib qolmay, tovushlar chiqarishning usullari barmoqlarnini yuritish, tovushlarning ohangdoshligi, frazirovka va hokazolar haqida o’ylab ko’rishni ham o’z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari, amaliyotda tasdiklanganidek, asarning texnik jihatdan qiyin joylarini oldin tushunib olinsh va ichki eshitish bilan «chalib kо‘rish» orqali ancha oson о‘rganish mumkin.
Bо‘laklar bо‘yicha ishlashda hech vaqt о‘quvchilar oldiga sof hunarmandlik vazifalarini (shtrixlar, ritmika, applikatura va hokazolarni) qо‘ymaslik kerak. Ifodalash vositalari va usullarini izlash esa doimo badiiy obrazning eng yaxshi talqinini qidirish bilan qо‘shilib borishi va asar mazmuning ohangdorligi, tushunarliligi hamda emotsioial tо‘laligi vazifalari bilan belgilanishi lozim.
Uchinchi bosqich. Bu bosqich asarning g‘oyasini uzil-kesil aniqlash, badiiy vazifalarni hal qilish va xususiy talqinning vujudga kelish bosqichi hisoblanadi. Asar bо‘laklar bо‘yicha о‘rganilgach, yaxlit ljroni yaratish, uni oxirgi sur’atga yetkazish jarayoni boradi. Haqiqiy sur’atga yaqinlashilganda shaklni rivojlantirish va aniqlash masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Musiqa vaqt о‘tishi bilan keng tus oladigan san’at ekanligi sababli о‘quvchining diqqati qismlarning sur’at va dinamik jihatdan muvofiqligiga, eng yuqori nuqtalarning ijrosiga, sur’atdan agogik og‘ishlarga va oldingi sur’atga qaytishlarga. pauzalarning aniq ijro etilishi va hokazolarga qaratilishi kerak. O’quvchi asarni ijro qilishning rejasini yaqqol tasavvur etishi, uni ijro qilishning qandaydir ixcham «kompleksi»ga ega bо‘lishi, frazalarning, jumlalar va qismlarning tuzilishini ongli, ravishda kо‘ra olishi, alohida qismlardagi, shuningdek butun asardagi intonatsiya nuqtalarini, kulminatsiyalarni ichdan eshita bilishi kerak.
Mana shu jarayonda о‘quvchining о‘z ijrosini doimo eshitish va uni baholash qobiliyati katta rol о‘ynaydi. Bunda о‘quvchi chalishni uddalay olmayotganini izohlab qolmay, о‘z kamchiliklarining sabablarnni va ularning bartaraf etish yо‘llarini ham bilishi muhimdir. Buning uchun u musiqaning qiyin bо‘laklari ustida alohida-alohida ishlay olishi va о‘z oldiga doimo yangi vazifalarni qо‘yib borishi kerak. Ana shu tariqa goh ayrim qо‘l bilan, goh ovozlar bо‘yicha ishlash, qandaydir qiyin joylarni ajratish ijroning ba’zan tovush jihatiga va ba’zan ritmik tuzilishiga e’tibor berish zarurati kelib chiqadi. K. Igumov juda tо‘g‘ri ta’riflaganidek, asar ustida ishlash «sо‘ngsiz musiqa tinglash» jarayonidir. Shunga kо‘ra, ishning har qanday bosqichida past sur’atda chalish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarning barcha detallarini kо‘rish imkonini yaratadi.
Asar ustida ishlashning sо‘nggi bosqichida, ya’ni uni о‘rganib bо‘lingach va о‘quvchining bevosita idrok eti­shi, shuningdek о‘z eshitishini nazorat qilishi bir oz zaiflashgach, ularni qandaydir «yangilash» yoki «boyitish» zarurati tug‘iladi. Bunda о‘quvchilar oldiga ij­rochilik bо‘yicha ba’zi yangi vazifalarni qо‘yish lozim.
Avvalo ilgari о‘rganilgan nota matnini gо‘yo о‘rganilmagandek о‘qishni taklif qilish mumkin. Bunday о‘qishda doimo shtrixlar, aksentlar, nyuanslar, muallif yoki muharrirning kо‘rsatmalari va ilgari aha­miyat berilmagan nimalardir topiladi. Shuningdek, og‘ir sur’at bilan chalish ham foydali bо‘lib, bu ish eshitish idrokining kuchayishiga, shu tufayli tovushlarning notekisligini, ritm nuqsonlarini, qiziqarli chiqmayotgan joylarni aniqlashga imkoniyat yaratadi. Musiqiy-nazariy tahlillarni yanada chо‘qurroq takrorlashdan ham foydalanish mumkin. Bu tadbir il­gari e’tibordan chetda qolgan ayrim ohang va uyg‘unlik oborotlari, ifodali detallarni kо‘rish imkonini beradi.
Ijrochi asarning musyqiy asosi rivojlanishini ichki eshitish bilan kuzatib borsagina asar ustida fikrlash ishi, notasiz va asbobsiz chalish katta foy­dali bо‘ladi. Bunda xotiradagi uzilishlar yoki о‘quvchi musiqiy faoliyatning ana shu turini bajara olmasligi albatta aniqlanadi. Asarni yozuvdan yoki konsertda eshitish ishga yangicha yondashishni vujudga keltiradi, ijrochining tadbirkorligini har tomonlama baholashda, shuningdek, boshqa odamning ijrosini о‘zining‘ talqini bilan taqqoslashda yordam beradi.
O’quvchilarda estradada о‘zini tutish hissiyotini tarbiyalash va kо‘pchilnk oldida chalish ehtiyojini vujudga keltirish juda muhimdir. O’quvchi kо‘pchilik oldida chalish g‘oyat mas’uliyatli ish ekanini, shu bi­lan birga konsertda chiqish uydagi va sinfdagi barcha ishlarining yakuni hisoblanishini tushunishi lozim. Konsertda chiqish tantanali va quvonchli voqea sifatida о‘tishi kerak. Unga tayyorgarlik ilgariroq va faqat kundalik ishlar jarayonida emas, balki maxsus tadbirlar sistemasi: sinfda jamoa bо‘lib eshitishda, zaldagi sо‘nggi repititsiyada ota-onalar yig‘ilishidagi dasturni ijro etishda va hokazolarda amalga oshirilishi kerak.
Buyuk bastakor A. N. Serovning so’zlari bilan aytganda,"Musiqa qalbning bevosita tilidir". U atrofimizdagi voqelikning hamma boyligini yoritadi. Insonning qalbini goh g’amginlik va tashvish hissi bilan, goh behad quvonch va shodlik tuyg’usi bilan to’lqinlantiradi.(Серов.А.Н.Избранные статьи т.Музгиз,1957,121 bet). Musiqani tinglay bilish va tushunish estetik madaniyatning muhim belgilaridan biridir va busiz mukkammal tarbiya bo’lmaydi.
Musiqa shaxs ma’naviy barkamolligining tarkibiy qismlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Axloqiy faoliyatda,xatti-harakatlarni o’rganishda sabab bilan faoliyatda ko’rinadigan natijaning birligi muhimdir.Axloq normasi shaxsning o’zi o’zlashtirgan ichki qoidasidir.Masalan,shaxsning hissiyotlari orqali kishining "o'z bahosini" tasdiqlashga, mazkur shaxs qiyofasining ideal bilan qo’shilishga intilishi kuchayadi, mazkur holda yosh inson o’zi erishgan ma’naviy holatga emas,o'z jamiyatining,o'z jamoasining eng yaxshi vakili bo’ladigan holatga yo'naladi.
Keyingi yillarda umumiy ta'lim va musiqa maktablarida, maktabdan tashqari muassasalarda estetik tarbiyani yo'lga qo'yish sezilarli darajada yaxshilandi. Musiqa, tasviriy san'at bo’yicha darsliklar;usuliyat va o’quv qo’llanmalari chiqarildi.Ayrim maktablarda estetik tarbiy bo’yicha anchagina ish tajribalari to'plandi.Ulardan eng yaxshilarini targ'ib qilish va ilmiy yo'sinda umumlashtirish tadbirlari,respublika va viloyat ilmiy-amaliy seminar kengashlari amalga oshirildi.Maktablar va maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ijodiyotini rivojlanlantirish bo’yicha to’garaklarning ishlari tobora yaxshilanmoqda.
Musiqa san'atining yosh avlodga kuchliroq ta'sir ko’rsatishi faqat uni faol hamda chuqur idrok etishni emas,balki o’quvchilarning shu san’at bo’yicha mustaqil bilish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishni ham taqozo qiladi.So’nggi yillarda maktablarda bolalarga musiqa asboblarini chalishni yakka tartibda o’rgatish (studiyalar,to’garaklar,fortepiano sinflari va hokazolar) keng tarqaldi.
XULOSA
Biz «Fortepiano cholg’u ijrochiligida innovatsion maxsus mashqlar hamda pedagogik ilmiy-metodlarni musiqaviy keng tarzda rivojlantirish» mavzusidagi tadqiqotimizda boshlang’ich fortepiano ta’limi mazmuni, innovatsion maxsus mashqlar, musiqa asarlari ustida ishlash, o’quvchilarning egallash lozim bulgan bilimlar haqida ma’lumotlar to’plash o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ijobiy natijalar beradi. Shu tufayli ijobiy natijalarga erishish yo’llarini izlashga harakat qildik.
1. Fortepiano ta’limning mazmuni o’quvchilarining fortepiano cholg’usiga bo’lgan qiziqishga, musiqiy qobiliyatiga, musiqa asarlarining harakaterini badiiy mazmunini anglab olish masalalarini rivojlantirishga bog’liqdir.
2.Barcha cholg’u asboblari qatori. Fortepiano cholgusi ijrochiligi oldida ham zamonaviy talablar, darslarga o’ziga xos ijodiy yondashuvlar, yangi pedagogik texnologiya asosida darslarni loyihalashtirish kabi pedagogik talablar amalga oshiriladi. Shu sababli bu talablarni amalga oshirishda fortepiano sinf o’qituvchisi oldiga qo’yilgan vazifalari haqida fikr bildirdik. O’quvchilarning qobililiyatlarini toifalarga ajratib chiqqan xolda dastur tuzilsa o’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishlarida yaqindan yordam beradi.
3.Fortepiano sinf o’qituvchisi har bir o’quvchiga yakka tartibda ish reja tuzish lozim. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaviy qobiliyatlarini aniqlangan xolda dastur tuzish maqsadga muvofiqdir, shu sababli fortepiano sinfida kategoriyalarga ajratilgan tizimni ishlab chiqildi. Fortepiano sinfda bir qancha faoliyat turlari bajarishdi.
Shu muhim vazifani ya’ni o’quvchiga musiqa asari ustida ishlashdan ko’zlangan maqsadni bilish zarurligini uqtirishdir.
4. Musiqa asari ishlash vazifasini amalga oshirish uchun muayan tizim va vositani qo’llash kerak. Shulardan biri sifatida bosqichma-bosqich ishlash hakida fikr bildirishdek xullas fortepiano ta’limi ijrochiligi mazmuni savodli, chuqur bilimli o’qituvchi shaxsiga bog’liqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1. Prezident Sh. Mirziyoyevning xalq so’zi.uz internet saxifasidan ma’ruzasi. 2020 yil.
2. A. Korto. pianino texnologiyasining oqilona tamoyillari. Moskva 1966 yil.
3. Aleksey A. pianino ijro etish metodikasi. O'tish: saytda harakatlanish.
4. Brauda I. articulation (ohang talaffuzi haqida).
5. Busoni F. pianino mahoratiga yo'l.
6. Buzoni F, pianist mahorat haqida. xorijiy mamlakatlarning ijro san'ati.
7. B.X. Xodjayeva Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent 2017 yil.
8. D.Jamolova, N.O‘tayeva “Fortepiano olamiga ilk qadamlar” Jahon kompozitorlari asarlaridan namunalar.
9. D.Rajabova “Fortepiano mashg‘ulotlari” (fortepiano ta’limi metodikasi)
Toshkent “O‘qituvchi” 1994
10. E. Liberman fortepiano texnikasi ustida ishlash. Moskva 1985 yil.
11. G. Kogan pianistning mashg’uloti. Moskva 2004 yil.
12. G.Neigauz pianino san'ati haqida. O'qituvchining eslatmalari, 4 nashr. M. 1982,
13. G.Neigauz pianino san'ati haqida. O'qituvchining eslatmalari, 5 nashr. M. 1987,
14. Teplov B.M. Psixologiya muzikalnix sposobnostey.
15. Uspenskiy V.A. Stat’i, vospominaniya, pis’ma. – T.: izd.lit. i iskusstva im. Gafura Gulyama, 1980. – 384 s.
16. F.X. Azimov “Fortepiano darsligi” Toshkent “o‘qitiuvchi” 1998-yil
17. Mark Zilberkvit rojdeniya fortepiano Rurgenson Moskva 2016
18. N.Azizxo’jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent 2006.
19. L.Barenboym fortepiano-pedagogik tamoyillari F. M. Bloomen-Felda pianino pedagogikasi va ijrochiligi masalalari.
20. Sh Ganon. pianinochi-virtuoz. Budapesht, 1964.
21. Kogan G. pianinochi ishi. 3- nashr.
22. N.O‘tayeva Bolalar musiqa va sa’nat maktablari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2016
23. Rubinshteyn S. L. Prin­sipi i puti razvitiya psixologii. M., 1959, 126-bet.
24. R.Qodirov “Ommabop musiqiy glossariy” ma’lumotnoma “Musiqa” nashriyoti Toshkent 2014 Ru­binshteyn S. L. Problemi obshey psixologii. M„ 1973, 220-bet.
25. Savshinsky S. pianinochi texnologiya ustida ishlaydi.
26. Steinhausen F. pianino texnikasi bo'yicha fiziologik xatolar. Sankt-Peterburg., 1909.
27. Schumann R. musiqachi uchun hayot qoidalari.
28. S.Feinberg pianizm san'at sifatida. 2-i nashr.

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə