Kirish Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar


Tadqiqot ishimizning nazariy ahamiyati



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə3/7
tarix10.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#104981
1   2   3   4   5   6   7
FORTEPIANO

Tadqiqot ishimizning nazariy ahamiyati fortepiano sinfi о‘quvchilarini ijrochilik malakalarini shakllantirishda ijodiy va mustaqil ish turlariga doir ilmiy-metodik adabiyotlar tahlil qilinganligi va ulardan ilmiy izlanishlar davomida foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Tadqiqotimizning amaliy ahamiyati esa ilmiy tadqiqotimiz davomida boshlang‘ich fortepiano sinfi о‘quvchilarini ijrochilik malakalarini shakllantirishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar va ularning qо‘llanuvchanligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot ishimiz kirish, uch bob, уеtti paragraf, xulosa foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat.
Tadqiqotimizning ilmiy yangiligi o’quvchi va talabalarda maxsus mashqlarni to’g’ri bajarishi va klaviatura ustida ilk qadamlarni pozitsion to’g’ri bajarish, aniq va izchil ijroni xira chiqmasligi uchun sifatli barcha qiyinchiliklarni o’z ichiga olgan innovatsion maxsus mashqlar orqali muayyan dinamikaga rioya qilishdan iboratdir.


I-BOB FORTEPIANO TA’LIMINING MAZMUNI
1.1 Boshlang’ich fortepiano ta’limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichi.
Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning о‘qituvchi, turli bilimlarni о‘rgatuvchi va mohir tarbiyachi bо‘lganligi uchungina emas, balki uning о‘zi tanlagan oliy о‘quv yurtidagi barcha mutaxassisliklar bо‘yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bо‘lgan fundamental fanlarni hamda о‘qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a’lo darajada egallagan bо‘lishi shart.
Shu bilan birga о‘z kasbining ustasi bо‘lgan muallim turli darajadagi bilimga, xohish va irodaga hamda tarbiyaga ega bо‘lgan talabalarni ajoyib san’atkor kabi о‘ziga ergashtira olishi zarur. Bunday kasbiy pedagogik xususiyatga ega bо‘lgan muallim о‘ziga quyidagi majburiyatlarni olishi kerak:
Birinchidan, yosh pedagog, tarbiyachi kelajakdagi pedagoglik faoliyati uchun о‘zining imkoniyatlarini baholashi, о‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishi, kasbiy pedagogik tayyorgarlik davrida qanday kasbiy zaruriy sifatlarni shakllantirish kerakligini va yana qandaylarini mustaqil pedagogik jarayonda shakllantirishi kerakligini bilishi lozim.
Ikkinchidan, yosh pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qila olishi, kо‘z oldiga keltirishi, e’tibori)ni xulq-atvor madaniyati va shu jumladan, pedagogik aloqani egallagan bо‘lishi shart.
Uchinchidan, pedagog uchun majburiy dastlabki shart-sharoit muvaffaqiyatli faoliyati asosi bо‘lgan о‘quvchini о‘zining tengquri deb qarashi va uning xulq-atvori о‘zaro aloqasidagi qonun-qoidalarni bilishi kerak. Pedagog, tarbiyachi va tarbiyalanuvchini, uning barcha xususiyatlaridan qat’iy nazar, bilishi va qabul qilishi shart.
Tо‘rtinchidan, pedagog nafaqat talabalar о‘qish faoliyatining tashkilotchisi va о‘qish jarayonini tashkil etuvchilarning о‘zaro aloqasini ilhomlantiruvchi bо‘lib xizmat qilishi bilan birga ma’lum ma’noda bilim, tarbiya berishi va demak, umumiy maqsadlarga erishishda ularning dо‘sti sifatida qatnashishi zarur. Bu esa talabalar oldida doimo о‘zlarining tashkilotchilik, kommunikativ xususiyatlarini pedagogik-psixologik bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida rivojlantirib borishlarini va ulardan pedagogik amaliyotlarida samarali foydalanishga intilishlarini yuzaga keltiradi. Pedagoglar uchun ham Gippokrat qasamini taalluqli deb qaralsa, uni quyidagicha izohlash mumkin. Talabadagi insoniylik va shaxslikni hurmat qilish, о‘zingizga qanday munosabatda bо‘lishlarini xohlasangiz, ularga ham shunday munosabatda bо‘ling:

  1. Doimo о‘zingizni rivojlanish va о‘sishga, о‘qishga undang, zero, kimki о‘zi bilmasa, boshqalarda о‘qishga ishtiyoq tug‘dira olmaydi.

  2. Talabalarga bilimni shunday beringki, toki, ular о‘zlashtirishni xohlasin va о‘zlashtirsin.

  3. О‘qitishning maqsadi faqat talabaga ma’lum bilimlarni berishdan iborat bо‘lmay, ularda mustaqil va о‘qituvchi yordamisiz yuqori chо‘qqilarni egallash malakalarini yaratishdan iborat.

Respublikadagi barcha ixtisosliklardan 86 yо‘nalish uchun kasbiy pedagog bakalavrlar va pedagog magistrlarni tayyorlash amalga oshirilmoqda, bu yо‘nalishlarda tayyorlanayotgan pedagog bakalavrlar asosan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mо‘ljallangan bо‘lsa, shuncha miqdordagi pedagog magistrlar mos ravishdagi oliy о‘quv yurtlari uchun pedagog о‘qituvchilardan iborat bо‘lmoqda.
Hozir dunyoning barcha mamlakatlari asosan uzluksizlikni tashkil etuvchi yangi ta’lim tizimini ishlab chiqish fikridadirlar.
Ta’lim va uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi pedagoglik kasbining yetarlicha о‘zgarishiga olib keladi. О‘qitish va tarbiya jarayonidagi mutaxassislar sonining uzluksiz ortishi yuzaga keladi. Bu hol pedagoglik kasbining nafaqat keskin ortishiga va turlarining kо‘payishiga olib keladi.
Shu jumladan fortepiano o’rgatish jarayoni ham pedagogdan samarali bilim va malakalarni talab qiladi. Fortepianoni o’rganmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun dastlabki dars jarayonlari va fortepiano bilan tanishuv quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
Bu fortepiano klavishing ko’rinishi.

Agar yo’q bo’lsa, onlayn fortepianodan ham foydalanish mumkin pianoplays.com rasmga e’tibor bering suratning chap tarafdagi eng chekkadagi oq klavish bu do notasi. 
Fortepianoda chapdan o’ng tarafga qarab yettita oq klavishlarni sanasak, sakkizinchi oq klavishdan yana takrorlanib do notasi keladiva bu yerda keyingi oktava boshlanadi.
Oktava bu musiqiy interval bo’lib (xoxlagan, klavishingizdagi) bir notadan keyingi xuddi shu notagacha bo’lgan masofa hisoblanadi. Masalan: Do-re-mi-fa-sol-lya-si-do.Do notasidan do notasiga qadar bo’lgan masofa oktava hisoblanadi. Shunday qilib do notasi bir oktavaning tugashi va keyingi oktavaning boshlanishi xisoblanadi. Bu oktavalar ovozning pasd-balandligi bilan ajralib turadi. Chap tarafdagi oktavalarning tovushi basslik va yog’on bo’ladi. O’ng tarafdagi oktavalar yoki klavishlarning tovushi ingichka bo’ladi. Klavishlarning tovushi chapdan o’ngga borgani sari ingichklashib, mayinlashib boradi.Aynan ohanglarni mayinlashib va yo’g’onlashib borishi oktavalarni joylashuvini va nomlari bilan ifodalanib boradi.Tovishqatorning ketma-ket takroriy shu ko’rinish tuzilishida kelsada,uning eshitilish ohanglari turlicaha ovoz taratadi.Demak uning ovoz va ohang jilolariga xos tarzda oktava nomlari bilan belgilangan hamda o’z ifodasini topgan.

Fortepianoda notalarning nomlari.
Bu yerda 7 ta sof notalar ko’rsatilgan. Sof notalar hammasi bo’lib yetita: do-re-mi-fa-sol-lya-si.
Fortepianoda qora klavishlar
Endi qora klavishlar haqida. Qora klavishlar bu oq klavishlarning oralig’i. Masalan: do notasini olsak. Fortepianoda do notasi o’ng tarafida qora klavish do notasini re notasidan ajratib turibti. Bu qora klavish do notasi uchun diyez re notasi uchun bemol hisoblanadi.
Yodda tutish : Qora klavish oq klavishning ong tarafida turgan bo’lsa unga diyez hisoblanadi agarda chap tarafida turgan bo’lsa bemol.
Diyez nota yo’lida quyidagicha yoziladi # vazifasi notani yarim ton yuqoriga ko’tarish. Bemol nota yo’lida quyidagicha yoziladi b vazifasi notani yarim ton pastga tushirish.
Lekin bizda yonida qora klavish bo’lmagan notalar ham mavjud. Masalan mi va si notalari. Bolalarda shunday savol tug’ilishi mumkin nimaga bu notalarda diyez yo’qmi? Albatta diyez bor bu notalarning diyezi oq klavishlar mi notaning diyezi fa notasi si notasining diyezi esa do.
Rasmda diyez nima va bemol nima ekanligi ko’rsatilgan

Fortepianoda ton va yarim tonliklar
Yuqorida ton va yarim tonliklar haqida so’z yuritdik endi esa ton va yarim ton nima ekanligi haqida aytib o’tmoqchiman.
Ton bu ikki nota orasidagi masofa. Bir ton ikki yarim tondan tashkil topadi. Masalan: do notasini olsak. Donotasidan uning yonidagi do # (#-diyez) gacha yarim ton xisoblanadi. Do notasidan re notasiga qadar bo’lgan masofa esa bir ton xisoblanadi. Chunki do va re notalari orasida ikkita yarim tonlik mavjud.
Yodda tutish: yarim ton bu bir klavishning yonidagi klavishga qadar bo’lgan masofa( yonidagi klavish oq yoki qoraligini ahamiyati yo’q).
Ton bu bir klavishning ikkinchi klavishdan otib uchinchi klavishgacha bo’lgan masofa ( yonidagi klavish oq yoki qoraligini axamiyati yo’q).
Rasmda tonliklar ifoda ko’rsatilgan.

Notalarning lotin harflarida nomlanishi
Notalarning do-re-mi-fa-sol-lya-si nomlaridan tashqari lotin xarflarda xam yozilgan nomlarini uchratishingiz mumkin.
Do-C Re-D Mi-E Fa-F Sol-G Lya-A Si-H

Qora klavishlarning nomlari xuddi shu nomlarga diyez yoki bemol nomi qo’shilgan holda aytiladi.

Mashqlar
Fortepianoda do-re-mi-fa-sol-lya-si-do notalari chalinadi va tovushlar eslab qolinadi.


Fortepiano chalish uchun barmoqlar joylashuvi:

O’ng qo’l: do-bosh barmoq,
Re-ko’rsatgich barmoq,
Mi-o’rta barmoq,
Fa-bosh barmoq,
Sol-ko’rsatgich barmoq,
Lya-o’rta barmoq
Si-nomsiz barmoq
Do-chimchaloq barmoq



Chap qo’l: do-chimchaloq barmoq
Re-nomsiz barmoq
Mi-o’rta barmoq
Fa-ko’rsatgich barmoq
Sol-bosh barmoq
Lya-o’rta barmoq
Si-ko’rsatgich barmoq
Do- bosh barmoq

Barmoqlar joylashishini yod olish kerak chalishda barmoqlar muxim axamiyatga ega.Qora klavishlar bilan birgalikda chalinsa ovozlar qanday o’zgarayotganini taxlilqilish mumkin .Notalar nomlarini yod olish kerak .
Fortepianoda postonovka va barmoqlar joylashuvi
To’g’ri o’tirish va qo’llarni to’g’ri xarakatlantirishni o’rganamiz. Bunda yagona qoida o’quvchiga qulay bo’lgan xolda to’g’ri o’trish kerak. Agar o’quvchi uyda yoki maktabda fortepiano chalayatgan bo’lsa stulni o’ziga qulay qilib sozlab olishi kerak .



Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə