Kirish Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar


Fortepiano ijrochilikni o’rgatishning mazmun mohiyati



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə4/7
tarix10.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#104981
1   2   3   4   5   6   7
FORTEPIANO

1.2 Fortepiano ijrochilikni o’rgatishning mazmun mohiyati
Fortepiano chalishni o’rgatish jarayoniga yaxlit sistema sifatida qarab, hozirgi bosqichdagi musiqiy-estetik tarbiyaning maqsadlaridan hamda maktabning ushbu tarixiy davridagi muayyan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalaridan kelib chiqib o’rgatishning mazmunini belgilaymiz.
Umumiy musiqa ta’limining fortepiano sinfidagi uquvchilarga ta’lim-tarbiya berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi.
Shaxsning har tomonlama kamol topish mehnat tarbiyasi, aqliy estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta’minlanadi. Musiqa tarbiyasini ham o’z ichiga olgan estetik tarbiya: san’at sohasidagi ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, san’atdagi va hayotdagi go’zallik hamda nafosatni his etish va tushunishni rivojlantirish estetik faoliyatining tanlangan turiga vaqt ajratish ehtiyojini vujudga keltirish vazifalarini qo’yadi.
Estetik tarbiyaga qo’yilgan talablari nuqtai nazaridan umumiy musiqa ta’lim sistemasida musiqa chalishni o’rgatish eng avvalo musiqiy-tarbiyaviy va musiqiy-ta’limiy vazifalarga bo’ysunishi lozim. Bu vazifalar o’quvchilarning umumiy musiqiy bilimlarni oshirish. Bolalarni musiqa san’atining qimmatli asarlari bilan tanishtirish, ularda mumtoz musiqaning eng yaxshi namunalari, shuningdek, hozirgi bastakorlarning badiiy havaskorlikning faol qatnashchilariga musiqiy-estetik bilimlarining targ’ibotchilariga aylantirishdan iboratdir.
Fortepiano to’garagining vazifasi fortepiano chalishni o’rgatish bilan cheklanmaydi. Pedagog o’quvchilarda musiqaga qizikish muxabbat uyg’otishga harakat qilishi, ularning umumiy musiqiy o’sishiga yordam berish, musiqiy-ijodiy va ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqa asarlarini chuqur idrok etishlari va mustaqil baholay olishlariga erishishi kerak. O’quvchilar ijrochilik malakalarini o’zlashtirishdan tashqari, musiqa bilan amalda shug’ullana olishlari ham lozim.
Amaliyotchi pedagoglar umumiy musiqiy ta’limni rivojlantirish yo’llari haqida fikr yuritib, qayd qilishlaricha, bolalarga cholg’u asboblarini havaskorlar darajasida chalishni, harqanday asarni notalari bo’yicha mustaqil o’rganishlari uchun yetarli darajada musiqa savodini, musiqa san’atini turli voqealarni bilimdon havaskorlardek tahlil qiladigan darajada musiqashunoslikni o’rganish zarur. Bu kelajak havaskorlar musiqani muntazam tinglashlari va uni boshlang’ich nazariy taxlil qilishlari, varaqdan bemalol o’qishni o’rganishlari, ommabop pyesalarni chala bilishlari shart.
Umumiy musiqa ta’lim sistemasida o’quvchilarga fortepiano chalishni o’rgatishning hozirgi nazariy va amaliy ahvoli bir tomondan bo’lajak musiqa ishqibozlarini musiqiy estetik tarbiyalashning ayrim muammolariga qaratilgan samarali ilmiy tadqiqotlar “ M. Avazashvili, T. Berkman, G. Kimyoklis, V. Shulgina, O Shelokova va boshqalar” bilan ikkinchi tomondan, o’quvchilarga yaxlit sistemasi ishlab chiqilmagani, bu sistemaning o’quvchilarga fortepiano chalishni o’rgatish mazmuni, shakl va usullari kabi kategoriya elementlari belgilanmagani bilan harakterlanadi.
Fortepiano chalishni o’rganayotgan o’quvchilarga mukammal musiqa tarbiyasi berishning yaxlit sistemasi hamda tegishli o’quv qo’llanmalarning yo’qligi amalda ta’lim o’quvchi shaxsning shakllanishidan, unda musiqa san’atiga estetik munosabat tarkib topishidan ajralib qolishiga, o’quvchilarning musiqiy faoliyati ijtimoiy sotsial yo’nalishda bormasligiga, yoshlar va o’smirlar musiqa bilan shug’ullanishning hozirgi amaliyotdan behabarligiga sabab bo’lmoqchi, Cholg’u asboblari bo’yicha ta’limda nazariy va tarixiy bilimlar, musiqaga doir tushunchalar hamda ijrochilik malakalari o’z xolicha takror holda shakllanishi, yakkaxonlik , ansamblda topmasligi, musiqani idrok etish, ijro qilish va yaratish bo’yicha musiqiy faoliyatning har xil turlari o’rtasida bog’lanish yo’qligi, tayanch bilimlar sistemasidan tashqari musiqiy taassurotlarni to’plashga urinish, faoliyatning reproduktiv usullariga ko’proq intilish musiqa asboblarni chalishni o’rganayotgan o’quvchilarga mukammal musiqiy tarbiya berish jarayoniga to’sqinlik qilmoqda.
So’nggi yillar didaktikasida o’quv fanini tahlil qilishda ta’limning mazmunida fanni bilimlar sistemasi, bilish usullari sistemasi va fanning boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan aloqalari sistemasi sifatida yaxlit aks ettirish prinsipiga amal qilish tamoyillari kengaymoqda. I.Y. Lerner hozirgi ta’lim tizimini, mazmunini bilimlar, faoliyat qobilyatlari ijodiy faoliyat tajribasi va ijtimoiy –hissiy tarbiyalanganlikning pedagogik jihatdan moslashtirilgan sistemasi sifatida ta’riflaydi va uni o’zlashtirish madaniyati rivojlanishiga tayyorlangan shaxsning kamol topishni ta’minlashni uqtiradi.
Fortepiano sinfdagi ta’limning hozirgi musiqiy estetik tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga mos mazmunini belgilashga yanada samaraliroq yondoshish M.N. Skatkin ishlab chiqqan sistemasiga tayanishdan iborat bo’lib, bu sistema o’quvchilar musiqiy faoliyatining shartlariga moslashishi mumkin.
M.N.Skatkin fanni o’qitish mazmuniga –tegishli bilimlarni kiritadi, ularning qanchalik chuqur yoritilishini har bir sinf uchun o’quvchilarning yoshi, imkoniyatlarni hisobga olib belgilash zarur. Navbatdagi komponent uch xil ko’nikma va malakalar, ya’ni predmetli, umum aqliy (aqliy ish usullari), o’quv va mustaqil bilim olish malakalaridan iboratdir. О‘quvchilar ijodiy faoliyat tajribasini fan materiali asosida yechishni o’rganish lozim bo’lgan bilishga doir izlanish masalalari shaklida o’zlashtiradilar. Izlanish topshiriqlarini har bir sinf uchun ishlab chiqiladi. Tarbiyaviy vazifalar fanning dasturiy mazmunida dunyoqarash xulosalari, axloqiy va estetik umumlashmalar ko’rinishida aks etadi va ularning o’quvchilarga ilmiy mavzuning muayyan materiali asosida beriladi.
Shunday qilib, biz fortepiano chalishni o’rgatish mazmunini ishlab chiqishda quyidagi manbalarga tayannamiz:
1. Mazkur fan asosidagi musiqashunoslik fanlari va fortepiano chalish san’ati sistemasi:
2. Musiqiy idrok etish, ijro qilish va boshlang’ich ijod bo’yicha musiqiy faoliyat, binobarin «musiqa» fanining mazmunini loyihalashda tegishli fanning asoslari bayon qilinmaydi, balki faoliyatning turi va qoidasi ifodalanadi;
3. Mazkur fanning tuzilishini, komponentining xajmi va ularni o’zlashtirish tartibini belgilashda yordam beradigan ta’lim jarayoni bilimlar;
4. Shaxsning strukturasini, asoslash sohasini, musiqiy faoliyatning psixologik mexanizmini ifodalaydigan va o’rganish natijasida o’zlashtirish lozim bo’lgan psixologik bilimlar.
Fortepiano chalishni o’rgatish mazmunini belgilashda mazkur masala bo’yicha M. Larnerning ta’lim mazmuni xaqidagi, V. Asafyevning musiqani yaratish, ijro qilish idrok etishda ko’rinadigan musiqa san’atining uch birligi xakidagi. S. Rappoportning bilishY. Kadriyatli va aloka faoliyatlarining ajralmas birligi bulmish musiqiy-ijrochilik faoliyati haqidagi, N. Vetluginaning musiqa san’tiga bolaning estetik munosabati modeli haqidagi yetakchi psixologik- pedagogik va musiqashunoslik konsepsiyalarni jamlashga asoslaniladi. Bu modelga uchta komponent, musiqani idrok va ijro etish jarayonida hissiy kechinma qobiliyati, mustaqil o’rganish qobiliyati, maxsus-musiqiy va ijodiy qobilyatlar kiradi.
Biz umumiy musiqa ta’limi sistemasida fortepianoni o’rgatish mazmuniga quyidagi komponentlarni kiritdik: musiqiy-estetik bilimlar, ijrochilik ko’nikmalari, musiqa bilan amaliy shug’ullanish, musiqa asaralarini taxlil qilishva estetik baholash ko’nikmalari sistemalari, musiqa asarlarini ijro etish va og’zaki talqin etish hamda juz’iy musiqa yaratish bo’yicha ijodiy faoliyat tajribasini, musiqaga va musiqiy faoliyatga estetik munosabat tajribasi.
Musiqani o’rgatish mazmunini komponentlarning xilma-xilligi musiqiy faoliyat turlarini belgilaydi va ularni o’zlashtirish jarayonida fortepiano sinfga ta’lim va tarbiyaning maqsadlari amalga oshadi. V. Asafyevning kuylarni yaratish, ijro qilish, idrok etishdan iborat uch elementli san’at hisoblanmish musiqa haqidagi musiqashunoslik nuqtai nazaridan pianinochi o’quvchilarga faoliyatning har xil turlarini o’zaro birlik va bog’liqlikda o’ziga qamragan musiqa tarbiyasi berish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.
Fortepiano sinfida bolalarga ijrochilikni o’rgatish asosiy vazifa hisoblansada, o’quvchilarning faoliyati faqat ijrochilikdan iborat bo’lib qolishi mumkin emas. Hozirgi usuliyat mashg’ulotlarda fortepiano ta’limining tor maxsus vazifalarigina hal qilinadigan an’anaviy sistemadan farqli ravishda o’z oldiga asosan bolalarni musiqaga qiziqtirish, fortepiano chalishga rag’batlantirish, ularga musiqa bilan fortepiano sinfidagi o’quvchilar musiqiy faoliyatning o’zaro bog’liq har xil turlariga va xilma-xil shakldagi ishlarga jalb etiladi.
O’qituvchi fortepiano doirasidagi faoliyatning har xil turlarni bir-biridan ajratmay, ularni o’quvchining asosiy reprtuari atrofiga jamlaydi va o’rganilayotgan asarlar bilan bog’laydi. Pianinochi o’quvchilarga mukammal musiqiy tarbiya berishni amalga oshrishning yo’llari xilma-xil bo’lib, ular pedagogdan ijodiy harakatchanlikni, hayol topqirlik va usuliy tayyorgarlikni talab qiladi. Fortepiano pyesalarini tegishli yo’sinda tanlash va sistemalashtirish, shuningdek, o’quvchilar uchun muayyan topshiriqlarni belgilash orqali asosiy vazifaga bolalarni musiqiy kamol topshirishga ularga musiqa faoliyatning har xil turlarining birligida anglatishga qaratilgan o’zaro bog’liq ishlarni gaplarni muvofiqlashtirish mumkin.
Musiqa ta’lim mazmunining manna shu tarkibiy qismlarini o’quvchilar qanchalik keng va chuqur o’zlashtirishi zarurligini har bir sinf uchun belgilash kerak. Fortepiano o’qituvchisi bolalar o’quv materialini o’zlashtirishni har bir sinfda o’rganiladigan reprtuar, malakalar, tushunchalar hamda tarbiyaviy vazifalar aks ettirilgan 1- va 2- jadvallarga yozib borish lozim.
Fortepiano sinfdagi darsni o’tkazishning asosiy shakli yakka tartibdagi mashg’ulotlardir. Ular qator afzalliklarga ega bo’lib: o’quvchilar bilan yaqin aloqa o’rnatish imkonini beradi, o’quvchilarning har biriga ta’sir ko’rsatishning vositalari hamda usullariga ta’sir ko’rsatishning vositalari hamda usullarini doimo topish, tuzatish va yangilashni ta’mirlaydi, o’quvchilar shaxsini chuqur tushunish uchun qulay sharoit yaratadi va xakazo.
Lekin bularning hammasiga erishish uchun o’qituvchi darslar va mashg’ulotlar sistemasi orqali maqsadga muvofiq pedagogik rahbarlikni amalga oshirishi lozim.
Bundan har bir darsga ikki nuqtai nazardan:
a- muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashning ma’lum bir bosqichi sifatida; b-uzoq vaqtga mo’ljallangan vazifalarni amalga oshirishning zarur merosi sifatida qarash kerak.
Musiqa pedagogikasi ham darsga qo’yiladigan umumiy didaktik talablarga tayanib fortepiano bo’yicha yakka tartibdagi mashg’ulotlarga qator muayyan talablarni olg’a suradi.
Har bir darsda o’quvchilar oldiga aniq vazifalar qo’yilishi kerak. Masalan ular nazariy ma’lumotlar berilishi yoki ularning bilimlarini mustahkamlash ish, musiqiy savodxonligi tarbiyalanishi, tovushning muayyan sifatiga erishish ustida, meroritmik yoki pedalizasiyaning qiyin element ari ustida ishlanishi lozim.
Darsni o’tkazishda mantiqiy va hissiy omillar muvofiqlashadi. Mantiqiy omil o’quvchiga musiqa san’atining qonuniyatlarni tushuntirishga hamda fortepiano ta’limining ilg’or usuliyati ishlab chiqqan vositalardan foydalanishga asoslangan bilim, ko’nikma va malakalar sistemasini berishda o’z aksini topadi. Hissiy omillar esa san’atning eng avvalo mohiyatini, o’z tabiatiga ko’ra ta’sirchanligini ifodalash, shuningdek, o’qituvchi darsni ijodiy o’tqazish, izlash vaziyatlarini vujudga keltirish, o’quvchi shaxsida ijodiy sifatlarni tarkib topishdan iboratdir.
Darsning sifatli o’tishi ko’proq o’qituvchining tayyorgarligaga bog’lik. Har bir darsni avvalo yaxshi tahlil qilish, uning uquvchiga hozirgi kun uchun, shuningdek, yaqin va uzoq kelajakdagi kamoloti uchun nima berganini baholash kerak. O’qituvchi o’quvchilar ijro etadigan repertuarini bilish, ana shu asarlarni chalishdan tashqari har xil taxrir va talqin kilishni ham tasavvur etishi lozim. O’quvchining repertuari yangi asarlar bilan uzluksiz boyitib borilish,ularning, ayrimlari varaqdan uqilishi, ayrimlari yuzaki va ayrimlari mustaqil o’rganilishi kerak va xakozo, buning uchun esa uqituvchi o’zining pedagogik repertuarini bolalar musiqasi soxasidagi bilimlarini boyitib borish zarur.
Bolalar bilan amalga oshiriladigan muayyan vazifalarga bogliq holda darsning har xil tiplaridan foydalanish mumkin.
Fortepiano chalishni ommaviy o’rgatishning barcha vazifalarini amalaga oshirishda ana shu vazifalar hal qilinadigan material, ya’ni o’quv repertuari alohida rol o’ynaydi. Bu repertuarni to’gri tanlash va unga bilib murojaat qilish musiqaga muxabbatni tarbiyalash uchun unga keng imkoniyat yaratadi, repertuarning o’zi esa musiqa va jonli qiziqishning tuganmas manbai sifatida xizmat qilish mumkin va lozim.



Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə