Kirish I. Bob. Badmintonda o'yin strategiyasi


Pastdan beriladigan zarbalar



Yüklə 383,12 Kb.
səhifə8/10
tarix28.03.2023
ölçüsü383,12 Kb.
#103349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BADMINTONDA O\'YIN STRATEGIYASI

Pastdan beriladigan zarbalar. Pastdan beriladigan zarbalar. asosan, himoya zarbalari hisoblanadi. Badmintonchi raqibining muvaffaqiyatli hujumkor harakatlariga qarshi ularni qo‘llashga majbur bo‘ladi. Ular: o‘ngdan, chapdan va tana yuzasidan beriladi (40 va 41-rasmlar).



41- rasm. Pastdan-chapdan zarba.


Pastdan beriladigan zarbalar, yuqorida qayd etilganidek, odatda, majburiy bo‘lishi bois, ular taktik vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Tajribali sportchi hatto qiyin vaziyatlarda ham volanning uchishiga istalgan trayektoriyani bera oladi. Ammo bu holatda, hatto tajribali badmintonchiga ham volanni yoki balandolis zarba bilan raqib maydonchasining orqa chizig‘iga, yoxud past qisqa zarba bilan to‘ming yoniga yo'Ilash taktik jihatdan foydali hisoblanadi. Birinchi holatdagi zarbani berish texnikasi xuddi baland-olis zarbadagi kabi, ikkinchisi esa past oshirishga o‘xshaydi. To‘g‘ridan pastdan zarba berilganda ba’zi hollarda volanni o‘zidan shunchaki irg‘itib yuborish yo`li bilan qaytarishga to‘g‘ri keladi. Pastdan beriladigan barcha zarbalar sportchining zarba beradigan qo`li yelkasining pastga tushgan holatida bajariladi.


To‘r yaqinidagi zarbalar. To‘r yaqinidagi zarbalar o‘yin natijasiga katta ta’sir ko‘rsatishi bois, ularni alohida bo`limda ko‘rib chiqishni ma’qul topdik. Aksariyat hollarda aynan to‘r yaqinidagi zarba ochko olib keladi, juftlik va mikst bahslarida esa to‘r yaqinida o‘ynovchi sportchining mahorati g‘alaba uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘r yaqinidagi aksariyat zarbalar boshqa barcha zarbalardan ikkita muhim jihati bilan ajralib turadi, bular: gavdaning past holatda bo`lishi va yelkaning kerish harakatining bo`lmasligi. Tirsak, panja va bilak ishlaydi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, volan to‘r ustidan qanchalik pastlab uchib o‘tsa, uni qaytaradigan sportchining gavdasi ham shunga mos tarzda past holatda bo`lishi zarur.
Bajarilishtexnikasiga ko‘ra, to‘r yaqinidagi zarbalar: baland- olis, baland hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa bo`ladi (42-rasm). Ushbu barcha. zarbalar uchun xos bo`lgan umumiy jihat - vaqtning kamligi.
To‘r-volan uchun kurashning oldingi chizig`i bo`lib, ungacha volan orqa chiziqqa nisbatan tezroq yetib keladi. Shu bois, to‘r yaqinidagi o‘yin texnikasi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.







  1. Yüklə 383,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə