Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə11/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Oyning fazalari. 
Oyning yulduzlar orasidagi koʻrinma harakati, uning Yer atrofidagi
harakatini aksidir. Oy bir oy davomida yulduzlar osmonida gʻarbdan sharqga 
tomon koʻchadi. Uning trayektoriyasi yopiq emas. Oyning koʻrinma harakati
davomida shakli Yerdan oʻzgarib turadi, bunga Oy fazalari deyiladi. Oyning 
fazalari toʻrtta yangi oy, birinchi chorak, toʻlin oy va oxirgi chorak. Bu fazalar
birin ketin ketma-ketligida vujudga keladi. Oy Yer atrofida va Yer bilan birgalikda 
Quyosh atrofida aylanganligi tufayli Yerdagi kuzatuvchi Quyosh nurlariga
nisbatan turlicha vaziyatlarda boʻladi.
Shuning uchun turli koʻrinishda boʻlib koʻrinadi. Oy Quyoshdan ancha katta
masofada joylashganligi tufayli unga paralel nurlar tushadi deb olish mumkin. Oy 
Yerga hamma vaqt bir tomoni bilan qaraganligi tufayli uning yarim yorugʻ va
qorongʻu tomoni bilan qaralgan boʻladi. Yorugʻ yarmini va qorongʻu yarmini 
ajratuvchi chiziqga terminator deyiladi. Quyosh va Oy yoʻnalishi hamda Oy va Yer
yoʻnalishi orasidagi burchakni φ bilan belgilaymiz, φ - ga Oyning fazaviy burchagi 
deyiladi. Oyning yangi oy fazasida boʻlganida u Yer va Quyosh oʻrtasida boʻladi.
φ=180


va Oy Yerga yoritilmagan tomoni bilan oʻgirilgan boʻladi. Yangi oy 


fazasidan taxminan ikki sutka keyin, Oy oʻroq shaklida koʻrinadi. Yangi oy



28
fazasidan 7 kun oʻtgandan keyin u toʻliq yarim doira shaklida koʻrinadi, bu birinchi 


chorak fazasi. Bu holda oy sharqiy kvadraturada boʻladi φ = 90



. Oy yerga yarim 

qorongʻu va yorugʻ tomoni bilan qaralgan boʻladi hamda tunning birinchi yarmida


koʻrinadi. 
Oyning ketma – ket ikki marotiba bir xil fazadan oʻtishi orasida ketgan vaqtga
sinodik oy davomiyligi deyiladi. Sinodik davr 29.53 oʻrtacha Quyosh sutkasiga 
tengdir. Oyning Yer atrofida toʻla aylanishi uchun ketgan vaqt oraligʻiga esa
siderik oy davomiyligi deyiladi. Siderik oy davomiyligi 27.32 oʻrtacha Quyosh 
sutkasiga tengdir.
11-rasmda 1-holatda Quyosh, Yer va Oy bir toʻgʻri chiziqda, ya’ni Oyning 
toʻlin oy fazasida boʻlgandagi Yerning holati koʻrish mumkin. 27.32 sutka vaqt
davomida Oy Quyosh atrofida bir marotaba aylanib yulduzlarga nisbatan avvalgi 

holatiga kelganda, ya’ni bir siderik davr oʻtganda hali toʻlinoy fazasi vujudga


kelmagan boʻladi, chunki yer Quyosh atrofida aylanganligi sababli 2-holatga 
koʻchgan boʻladi. Oyning toʻlinoy fazasi Yer 3-holatga kelganida yuz beradi.

Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə