Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə13/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Quyosh 

Oy 

Yer 
12-rasm. Quyosh tutilishi 
sxemasi



30
kelganda boʻladi. Chunki bu holda oyning koʻrinma diametri Quyosh koʻrinma 


diametridan kichik boʻladi. Oy orbitasi ekliptika tekisligi balan 5



9


burchak hosil 


qilganligi tufayli tutilishlar Quyosh bu ikki orbitaning kesishgan nuqtalari (Oy
tugunlari) yaqinidan oʻtayotganda kuzatiladi. Bunday holat har yarim yilda 
vujudga kelganligi tufayli, tutilishlar yarim yil davr bilan takrorlanadi.
Oy tutilishi, Oy Yer atrofida aylanayotib ba’zan Yer soyasi orqali vujudga 
keladi. Bunday hodisaga Oy tutilishi deyiladi. Bunda Oy Yerning toʻla soyasidan
oʻtsa, u toʻla, yarim soyasidan oʻtsa, yarim tutiladi. 
Oy tutilayotganda u har doim toʻlinoy fazasida yuz beradi. Oy toʻla 
tutilganda u butunlay gʻoyib boʻlmay toʻq qizil rangda tovlanadi. Yerning ma’lum
bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan Oy tutilishlari koʻproq kuzatiladi. Chunki 
Quyosh tutilishlari Yerning soyasi tushgan va uncha katta boʻlmagan maydonlarida
kuzatiladi. Oy tutilishi esa, Yerning Quyoshga qarama-qarshi yarimsharining 
hamma qismida bir vaqtda kuzatiladi. Oy tutilishi paytida uning qizil rangda
koʻrinishiga sabab Yer atmosferasi Oy tomonga faqat qizil rangli yorugʻlikni 
sochib yuborib, qolgan nurlarni kuchliroq sochganligidir. Oy orbitasining tekisligi
ekliptika tekisligiga ogʻmaligi tufayli Oy va Quyosh tutilishlari yangioy va toʻlinoy 
paytlarida har doim ham kuzatilmaydi. Tutilishlarni kuzatib astronomlar
Quyoshning fizik tabiati, Yer atmosferasining tuzilishi va Oyning harakatiga doir 
qimmatli ma’lumotlarni qoʻlga kiritish imkoniga ega boʻladilar.
Quyosh 

Yer 

Oy 
13-rasm. Oy tutilishi sxemasi 


31




Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə