Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə2/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Yusuf Hos Hojib 

Kirish 
Oʻquv-tarbiyaviy ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida insoniyat taraqqiyot 
bosqichlarida bir qator dasturlar va qonunlar qabul qilinganligini shu sohaning
rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunlarning qabul qilinishi, mahalliy sharoit va milliy
qadriyatlarimizni hisobga olgan holda yangi oʻquv rejalari hamda oʻqitiladigan 
predmetlarning dasturi va darsliklarni ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni hal
qilish zaruryatini yaratdi. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi darajasiga yetish 
maqsadida umumiy oʻrta ta’lim maktablari hamda litsey, kollejlar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi har bir ta’lim

mutasaddisi, pedagoglar va ta’lim tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar


oldiga avvalo oʻzi shugʻullanadigan ta’lim yoʻnalishidagi fanlarni chuqur
bilishi zarurligini bosh vazifa qilib belgilab berdi. Ikkinchi tomondan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vazirligining keyingi
ikki yil davomida chiqargan buyruqlari boʻlajak yosh pedagoglar oldiga ham
qator vazifalarni qoʻydi. Shu nuqtai nazardan bitiruvchi yosh mutaxassis 
pedogoglar avvalo zamonaviy pedagogik va ta’lim texnologiyalarini,
innovatsion ta’lim texnologiyalarini, innovatsion ta’lim metodlarini, axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilib, ulardan amalda, pedagogik
faoliyati davomida foydalana oladigan darajada malaka va koʻnikmalarga ega
boʻlishini talab etmoqda. Shuning uchun bitiruv malakaviy ishlarni bajarish
va yozishda albatta ushbu ma‘lumotlarni bilishi, tushunib yetgan boʻlishi,
hech boʻlmaganda biror boʻlim yoki paragrflarda bu boradagi oʻz bilimlarini
bayon etishi ham talab qilinadi. 


4
Shu jihatlarni inobatga olgan holda, bitiruv malakaviy ishim orqali « PhET 


Interactive Simulations dasturi yordamida Yer va Oyning Quyosh atrofidagi


harakati mavzusini oʻqitish »ni yoritib berganman. Mavzu umumiy oʻrta ta’lim 
maktablarining 9-sinflariga fizika darsligi orqali, akademik litsey talabalari uchun
astronomiya kursi orqali oʻqitiladi. Fan dasturiga muvofiq, mavzu umumiy oʻrta 
ta’lim maktablarida « koinotning tuzilishi haqida tasavvurlar » bobi orqali oʻqitish
belgilangan. Bobni oʻqitish uchun 10 soatlik dars ajratilgan. 
Mavzuni yoritishning ahamiyati shundaki, ta’lim jarayonida zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash bugungi kun talabidir. Qolaversa 
oʻquvchilarga osmon jismlari haqida ma’lumotlarni faqat quruq soʻzlar orqali
emas, bu borada toʻliqroq ma’lumot bera oladigan biron-bir axborot 
texnologiyalari, dasturlar, videolavhalarni qoʻllasak oʻquvchilarning mavzu
yuzasidan chuqurroq bilim olishlariga erishgan boʻlar edik. Zero, inson olinadigan 
ma’lumotlarning 90 %ga yaqinini aynan koʻrish sezgi organi orqali oladi.
Mavzuning dolzarbligi : Bugungi kunga kelib astronomiya sohasi(fani) 
oʻquvchilar qiziqishlaridan chetda qolib borayotgani ogʻriqli muammolardan
biridir. Astronomik kuzatish asboblari, teleskoplar oʻquv oʻrinlarida yoʻqligi bu 
muammoga
birinchi 
sabablardan
biri

boʻlsa,
oʻquvchilarning axborot 


texnologiyalari va internet tarmogʻidan toʻgʻri foydalanmasliklari ikkinchi sabab
deyishimiz mumkin. Zero, oʻquvchilar astronomik kuzatish asboblari orqali osmon 
jismlarini, ularning harakatlarini kuzatganlarida, yoki internet tarmogʻidan toʻgʻri
foydalanib yangidan yangi ma’lumotlarni oʻqib, turli xil ilmiy dasturlarni ishlatib 
koʻrganlarida juda qiziqarli boʻlgan astronomiya faniga qiziqish uygʻonar edi.
Uchinchi tarafdan dars oʻtish jarayonida yangi pedagogik va axborot 
texnologiyalari toʻgʻri qoʻllanilmaslik yoki umuman qoʻllanilmaslik oʻquvchilar
qiziqishlarining pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Shu jihatlarni hisobga olgan holda « Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati »
mavzusini bitiruv malakaviy ishim orqali yangi pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda yoritib bermoqchiman. PhET Interactive
Simulations dasturi yordamida bu mavzuni tushintirish oʻquvchilarning diqqatini 


5
tortadi, chuqurroq ma’lumot beriladi va axborot texnologiyalaridan toʻgʻri 


foydalanishlariga turtki boʻladi.



Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə