Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


II.2 Yer haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə4/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

II.2 Yer haqida umumiy ma’lumotlar 
Yer Quyoshdan uzoqligi boʻyicha uchinchi oʻrinda turuvchi sayyora
boʻlib, Yer rusumidagi sayyoralar ichida eng yirigi hisoblanadi. Yer osmonda 
juda chiroyli koʻrinish olishini, uning Oy sirtidan olingan rasmi toʻla
tasdiqlaydi (76- rasm). Sayyoramizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr. Yer,
Quyosh atrofida sekundiga taxminan 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib,
365,24 kunda uning atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadi. Sayyoramizda
bir yilda toʻrt faslning kuzatilishi sababi Yer oʻqining orbita tekisligiga 66,5°
ogʻmaligi bilan tushuntiriladi.
Yer oʻz oʻqi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekundda toʻla aylanib chiqadi.
Bu uning haqiqiy aylanish davridir. Biroq uning Quyoshga nisbatan oʻrtacha 
aylanish davri biroz uzunroq boʻlib, rosa 24 soatni tashkil qiladi.
Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligi Quyoshning
yulduzlar fonida yillik koʻrinma siljishidandir, bunday siljish Yerning Quyosh
atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir boʻladi. 
Yerning oʻrtacha zichligi har kub santimetrida 5,5 grammga teng boʻlib,
massasi taxminan 6 · 10
24
kilogramm. Sayyoramizning atmosferasi minglab

kilometr balandlikkacha choʻzilib, ogʻirligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna


keladi. Bunday qalin atmosfera Yerda hayotning paydo boʻlishi va
rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Xususan, 20—30 kilometr chamasi
balandlikda joylashgan ozon qatlami Quyoshning qisqa toʻlqinli ultrabinafsha
nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarni, jumladan
odamzodni bunday nurlarning xavfli ta’siridan asraydi. Atmosferaning 21 %ga
yaqinini kislorod, taxminan 78 %ni azot, qolgan qismini esa
boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bugʻlari tashkil qiladi. 
Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi
suvlarning majmuasi) koʻra, boshqa sayyoralardan keskin farq qiladi. Unda
faqat suyuq holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming trillion (1,37 • 1018)
kub metr boʻlib, umumiy maydoni 3 ming 610 milliard kvadrat metrga teng.
Boshqacha aytganda, u Yer sirtining qariyb 71% ini tashkil qiladi. Quruqlikning



14
oʻrtacha balandligi dengiz sathidan 875 metr boʻlgani holda Dunyo okeanining 


oʻrtacha chuqurligi 3800 metrgacha boradi.

Suv oʻzining ajoyib xususiyatlariga koʻra Yerda optimal issiqlik rejimining
vujudga kelishida muhim rol oʻynaydi. Suvsiz organik hayot Yerda vujudga
kela olmasdi. Suvning qattiq boʻlagi — muz ham sayyoramizning ancha
qismini egallab, asosiy qismi Antarktida va Grenlandiya quruqliklarini
qoplaydi. Uning
umumiy muz qatlami erisa edi, dunyo okeanining sathi 60 metrga koʻtarilib,
quruqlikning yana 10% i suv ostida qolgan boʻlardi.
Temperatura Yer markaziga tomon ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida,
Kelvin shkalasida 5000 gradusgacha, markazda esa taxminan 10000
gradusgacha boradi. 
Yer gigant magnit bolib, uni kompas strelkasining sayyoramiz magnit
maydoni kuch chiziqlariga parallel turish uchun intilishidan bilish mumkin.
Qizigʻi shundaki, geomagnit qutblar geografik Yer qutblari bilan ustma-ust
tushmaydi. Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°5', uzunligi
esa 290° sharqiy uzunlikni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit oʻq
Yer oʻqiga 11,5° li burchak ostida yotadi. Geomagnit maydonining 



15
kuchlanganligi ekvatordan qutbga tomon 0,25— 0,35 dan 0,6—0,7 E ga qadar 


ortadi.
Yer atrofi fazosi geomagnit maydoni Yer magnitosferasi deyiladi. Bu


sfera Yer oʻqiga nisbatan simmetrik boʻlmaydi. Magnitosfera Yerning kunduzgi
tomonida «siqilgan» holda boʻlib, 8—14 Yer radiusicha masofaga choʻzilgani
holda, tungi tomonida sayyoramizni «magnit dumi» bir necha yuz ming
kilometrgacha choʻziladi (6- rasm). 

Biroq Yer «oʻz qoʻlimizda» boʻlib, boshqa osmon jismlarini oʻrganishga


nisbatan uni tadqiq qilishga katta imkoniyatlarimiz borligini hisobga olsak,


sayyoramiz sirlarini qoʻshni sayyoralardan ancha ilgari «fosh» qilishga katta
umid bilan qarash mumkin.
Yerning atrofida uning birgina tabiiy yo ‘ldoshi — Oy aylanadi. 



Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə