Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


Bitiruv malakaviy shining maqsad va vazifalari



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə3/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Bitiruv malakaviy shining maqsad va vazifalari: 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati 
haqida toʻliq ma’lumot olish va mavzuni oʻqitishga mos yangi pedagigik va
axborot texnologiyalarini qoʻllash. 
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi bitiruv malakaviy ishini yoritib berish
uchun PhET Interactive Simulations dasturidan foydalanishni va mavzuga mos 
pedagogic texnologiyalarni qoʻllashni oʻrganish.



6


II. Nazariy ma’lumotlar 
Bu bobda mazkur bitiruv malakaviy ishining mavzusi togʻrisidagi nazariy
ma’lumotlar keltirib oʻtiladi. Xususan, Oy haqida umumiy ma’lumotlar, Yer 
haqida umumiy ma’lumotlar, Yer va Oyning paydo boʻlishi, Yer va Oyning
Quyosh atrofidagi harakati haqida ma’lumotlar shular jumlasidandir. Undan 
tashqari Kepler qonunlari haqida, sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi haqida
uchta qonuniyat, formulalar keltirib oʻtiladi. Yer va Oyning Quyosh atrofida 
harakati natijasida vujudga keladigan Quyosh va Oy tutulishlari haqida atroflicha
ma’lumotlar berib oʻtiladi. 


II.1 Oy haqida umumiy ma’lumotlar 
Yerga eng yaqin osmon jismi Oy boʻlib, u sayyoramizning tabiiy 
yoʻldoshidir (1- rasm). Oyning Yer atrofidagi orbitasi barcha sayyoralarning
Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi ellips. Shu tufayli Oyning Yerdan 
uzoqligi biroz oʻzgarib turadi. U Yerga eng yaqin kelganda 363400 kilometr,
eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405400 kilometr masofada boʻladi. Oyning 
diametri 3476 kilometr boʻlib, uning hajmi Yer hajmining yuzdan ikki qismini
tashkil qiladi. Oy massasi Yer massasidan 81 marta kamdir. Oy sirtida tortish
kuchi Yerdagidan 6 marta kam. Uning sirtida erkin tushish tezlanishi 1,63 m/s
2
.

Oyning oʻrtacha zichligi 3,3 g /sm


3
, ya’ni Yernikidan 1,5 marta kam. Kunduzi



7
tush paytida Oyning ekvatori atrofida temperatura +120 °C, yarim kechada


esa -150 °C ni tashkil qiladi.


Oyga tushgan kosmonavt, birinchi navbatda, oʻzini juda yengil his etadi.
Bu Oy tortish kuchining kamligi- dandir. Kosmonavt oʻz skafandri bilan
Yerda 90 kilogramm boʻlsa, Oyda atigi 15 kilogramm boʻlib qoladi.
Shuningdek, Oyda kuzatuvchi Yerda koʻnikkan koʻp hodisalardan farqli
ajoyibotlarning guvohi boʻladi. Avvalo, Quyosh chiqishidan oldin, Yerda
kuzatiladigan chiroyli alvonrang shafaq Oyda kuzatilmaydi. Quyosh
kutilmaganda birdan ufq ostidan koʻtarila boshlaydi. Quyoshning ufqdan
koʻtarilishi Yerdagidek juda shoshilinch boʻlmasdan, butunlay chiqishigacha
bir soatcha vaqt ketadi. Qizigʻi yana shundaki, Quyosh koʻtarila boshlashi bilan 
osmonda yulduzlar yoʻqolmaydi. Tim qorongʻi osmonda Quyosh bilan birga,
butun kun boʻyi yorugʻ yulduzlar ham porlab turaveradi. Quyosh atrofida
qizilrangda va tish shaklli halqa - uning atmosferasi (toji) koʻrinadi. Quyosh
oʻzining «toji» bilan birgalikda, oddiy koʻzga koʻrinadigan Quyoshdan bir necha 
marta katta holda koʻzga tashlanadi.
Oy osmonida yulduzlar, Quyosh tojining koʻrinishi va shafaqning
koʻrinmasligining sababi, Oy sirtida atmosferaning yoʻqligidandir, Quyosh
chiqqandan soʻng to tush boʻlguncha 7 kun 9 soat vaqt ketadi. Garchi bu
vaqtda temperatura ancha koʻtarilib qolgan boʻlsada, Oyda «salqin» joyni topish
qiyin emas. Buning uchun kraterlar atrofini oʻrovchi togʻlar, tepaliklar soyasi 
jonga oro kiradi. Bu soyalarda yetarlicha salqin bolishining sababi issiqni
tashuvchi havo molekulalarining yoʻqligidir. Shu tufayli Quyosh nurlari
bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovugʻi uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Oyga birgalashib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora boʻlmasligi
kerak. Chunki u hech qanday ovozni eshitmaydi. Tovush toʻlqinlarini tashuvchi
muhit ham havo molekulalari boʻlib, Oyda u molekulalar yoʻq. Buning uchun
maxsus radioperedatchiklardan foydalanishga toʻgʻri keladi.
Oy osmonining chiroyli hodisalaridan yana biri - sayyoramiz Yerning 
koʻrinishidir (2- rasm). Oy osmonida Yer chiroyli, koʻkimtir shar shaklida,



8
Oyning osmondagi koʻrinishidan toʻrt martacha katta koʻrinadi. Biroq Yerning 


yarmidan koʻpi oq bulutlar hosil qilgan dogʻlardan iborat boʻladi. Yer qit’alari


biroz yorishib, okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi. Qalin Yer 
atmosferasi ularni alohida-alohida koʻrishga imkon bermaydi. Yer ham
osmonda Oy kabi turli fazalarda koʻrinadi. Bu holat, uning Quyoshga
nisbatan Oyning qaysi tomonida turganiga bogʻliq boʻladi. Yer oʻzining
«toʻlinyer» fazasida boʻlganda, Oy sirtini toʻlinoy Yerni yoritgandagidan 40
martacha ravshanroq yoritadi. Oy osmonda «toʻlinyer» kuzatiladigan payt
Yerdan qaraganda, Oyning yangioy boʻlgan vaqtiga toʻgʻri keladi. Shuningdek,
osmondagi Yer shari atrofida konsentrik halqalar shaklida toʻq qizil, sariq, koʻk
va hokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt Oy
tutilayotgan paytda Oy sathida boʻlsa, u Quyosh tutilishini kuzatadi, ya’ni
Quyoshni Yer bekitayotgan boʻladi va bu tutilishining toʻla fazasi Yerdagidek 
bir necha minutgina davom etmay, rosa 1,5 soatga choʻziladi.



9
Yerda olamning Shimoliy qutbi Kichik Ayiq yulduz turkumining eng yorugʻ


yulduziga (alfasiga) toʻgʻri kelsa, Oy uchun qutb — Ajdarho yulduz


turkumining omega yulduziga toʻgʻri keladi va shu boisdan Oydagi
kuzatuvchi uchun barcha yulduzlar shu yulduz atrofida aylanma
harakatlanayotgandek tuyuladi Oyda adashgan kishining ham ahvoli ancha
mushkul boʻladi. Oyning magnit maydoni yoʻqligi tufavli u yerda kompasdan
foydalanishning iloji yoʻq. Oyda faqat osmondagi yulduzlar vositasidagina
ufqning turli yoʻnalishlarini aniqlash mumkin boʻladi.
Tunda iz qoldirib uchadigan yuzlab «uchar yulduzlar» ham u yerda 
koʻrinmavdi. Yerda «uchar yulduz»larning kuzatilishi, osmonning bu «daydi»
zarrachalarining Yerga tushishida atmosferada choʻgʻlanib iz qoldirishidandir.
Oyda atmosfera yoʻqligi esa, har qanday kattalikdagi toshni ham Oy sirtiga
bemalol qizimay tushishini ta'minlaydi. Oy relvefming asosiy qismini kraterlar 
tashkil etadi. Biroq shu bilan birga u yerda Yernikiga oʻxshash obvektlar
ham koʻplab topiladi. Oyda ham pasttekisliklar, tepalikla, togʻlar bor (3- 
rasm). Bu obvektlami birinchi marta italyan olimi G.Galilev 1610- yilda oʻzi
yasagan teleskopdan Ovni kuzatib topgan. U pasttekisliklarga «dengizlar» deb 
nom bergan. «Dengizlar» degan nom shartli ravishda hozirgacha qollanilsada,
aslida u yerlarda suvdan asar ham voʻq. 
Oy sirtida ham Yerdagi kabi vulqon otilish hodisalari boʻlib turishini
1958-yili rus olimi N.A. Kozirev aniqladi. Oʻsha yili olim Alfons krateridan.
gaz otilishini Qrim observatoriyasida teleskopda kuzatdi. Oydagi togʻlardan eng
yiriklari Alp, Apennin va Kavkaz togʻlari deb nomlangan. Togʻlarning
balandligi ba'zan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, Oyda halqali togʻlar
koʻplab uchraydi. Sirk deb ataluvchi yirik halqali togʻlardan Klaviy va
Shikkardlaming diametrlari 200 kilometrgacha boradi. Yerdagi togʻlardan
farqli oʻlaroq. Oy togʻlari koʻproq tik chiqqan boʻladi.
Oy orqa tomonining relyefi birinchi marta 1959-yili uchirgan «Luna-З»
avtomatik stansiyasi olgan rasmlardan ma’lum boili va Oyning toʻla globusini


10
yasashga imkon berdi. Oy orqa tomonining relyefi bizga koʻrinadigan old tomoni


relyefidan biroz farq qilib, pasttekisliklar kamroq kuzatiladi.


Keyingi 15 yil davomida Oyni kosmik apparatlar yordamida oʻrganish, Oy 
«jamoli»ni yaqindan koʻrishga imkon berdi. Kosmik apparatlardan «Luna-16»,
«Luna-20» va «Luna-24» Oy tuprogʻidan namunalar keltirdi. 
«Luna-17» va «Luna-21» Oyga eksperimental laboratoriyalar ,«Lunoxod-1»
va «Lunoxod-2»ni eltdi. Bu laboratoriyalar Oyda bir necha oʻn kilometrlik
masofani oʻtib, uning relyefi, tuprogʻining tarkibi, seysmik va vulqon
hodisalarni, kosmik nurlarni hamda shu kabi koʻplab hodisalarni uzoq vaqt 
davomida oʻrganib, qoʻshnimizning millionlab yillar davomida saqlagan
sirlarini «fosh» qildi. 
Oydan keltirilgan tuproq namunalarining tahlili Oy tuprogʻi asosan toʻrt
xil jinslardan, ya’ni mayda donador gʻovak jinslardan, yirik donador jinslardan, 
«brekchiya» deyiluvchi minerallar siniqlaridan va regolit (mayda zarrachalar va
chang)dan tashkil topganini koʻrsatdi. Bulardan birinchi uch xili kimyoviy 


11
tarkibi jihatidan bir xil boʻlib, regolit esa meteor moddalar aralashmasidan


iboratligi aniqlandi va u Oy materiklari uchun xarakterli jins degan xulosaga


kelindi. 
1969- yilning iyun oyida AQSH ning «Apollon-11 » kosmik apparatida
ikki astronavt - Armstrong va Oldrin Oyga qoʻndilar. Oy ustida uzoq sayr
qilib, Yerga Oy sirti toshlari, tuprogʻi, kristallaridan iborat qimmatbaho
«suvenirlar» bilan qaytdilar. XX asrning 60—7 0 - yillarida «Apollon»lar jami
boʻlib Oyga 12 astronavtni muvaffaqiyatli qoʻndirib, Yer yoʻldoshining
relyefi, fizik tabiatiga tegishli qimmatli ma’lumotlarni qoʻlga kiritdilar. 
Oy haqida maktab darsliklarida, astronomiya kurslari orqali bir qancha 

ma’lumotlarga ega boʻlganmiz. Lekin Oy haqida biz bilmagan bir qancha


ma’lumotlar ham bor. Ularning bir nechtasini quyidakeltirib oʻtamiz: 
1.
Kechasi ham huddi kunduz kunday yorugʻ boʻlishi uchun 300 mingga yaqin Oy 

kerak boʻlar ekan, shulardan 206 ming 264 tasi toʻlinoy davrida boʻlishi shart.


2. Odamlar doimo Oyning faqat bir tomoninigina koʻradilar. Yerning tortishish 
maydoni Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishini sekinlashtiradi, shuning uchun ham



12
Yer yoʻldoshining oʻz oʻqi atrofida aylanishi Yerning atrofida aylanish vaqtiga 


teng.
3. Oyning orqa tomoni bizga koʻrinadigan tomonidan koʻra togʻliklarga boydir. 


Yerning tortishish kuchi Oyning poʻstlogʻi yupqaroq tomoni bizga qarab qolishiga
sababchidir. 
4. Yer sayyoramizda oʻsayotgan 400 tadan ortiq daraxtlar Oydan keltirilgan. Bu
daraxtlarning urugʻlari “Apollon 14” ekipaji tomonidan 1971 yilda olib kelingan 
edi. Bu ekipaj oʻshanda Oyning orbitasida boʻlib, Yerga qaytgan edi.
5. Oyda ham suv bor. Yer yoʻldoshida atmosfera qobigʻi yoʻq, biroq kraterlar 
hamda Oy tuprogʻining ostida muzga aylangan suv bor.
6. Oy aslida dumaloq shar koʻrinishida emas. U Yening tortishish kuchi sababli 
tuxumsimondir. Undan tashqari uning ogʻirlik markazi koinot ob’yektining
oʻrtasida emas, undan taxminan 2 km chetroqda joylashgan. 
7. Yer yoʻldoshi boʻlmish Oyda ham silkinish boʻlib turadi. Bu Yerning
gravitatsiyasi sababli sodir boʻladi. Silkinishlarning epitsentri Oy yuzasidan bir 
necha km ichkarida joylashgan.
8. Oyda raqsga tushuvchi chang mavjud. U Oyning sathida uchib yuradi, shuning 
uchun ham raqsga tushuvchi, deb ataladi. Gʻubor zarralari elektromagnit kuchlar
tufayli tepaga koʻtariladi. 
9. Oy borgan sari Yerdan uzoqlashib bormoqda. Dastavval Oy Yerdan 22 000 km
uzoqlikda joylashgan edi, hozirda esa ularning oraliqlaridagi masofa
400 000 km ni tashkil etadi.
10. Insonlar Oyga qadam bosmaganlariga 40 yildan ortiq vaqt oʻtdi. Shunga 
qaramasdan, NASA “Ares I” va “Ares V” nomli yangi raketalar ustida ish olib
bormoqda. Bu raketalar Oyga qimmatli yukni olib borib, ortga qaytishlari 
moʻljallangan.
Yerning tabiiy yoʻldoshi haqida mana shunga oʻxshash koʻplab qiziqarli, biz 
bilmagan ma’lumotlar mavjud.




13




Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə