Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


III. Ilmiy - metodik boʻlim



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə14/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

III. Ilmiy - metodik boʻlim 
Bu boʻlim orqali zamonaviy pedagogik texnologiyalar va fizika fanini
oʻqtishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida ma’lumotlar 
keltirib oʻtiladi. Pedagogik texnologiyalarning turlari, pedagogik texnologiya bilan
metod orasidagi farqlar koʻrsatib berilgan. IMAK, Olmos, Muammo pedagogik 
texnologiyalari, PhET interactive simulations dasturi haqidagi ma’lumotlar shular
jumlasidan. Boʻlimda dastur haqida umumiy ma’lumotlar, undan foydalanish yoʻl 
yoʻriqlari, Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati mavzusini oʻqitishda
foydalanish haqidagi tavsiyalar berib oʻtiladi. 


III.1 Pedagogik texnologiyalar. 
Ta’lim–tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan 
kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.
Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan 
maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni
texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham 
so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya
tushunchasi ta'lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib 
chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan
keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish 
sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material
o`quvchi (ta'lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga 
o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma'lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli
ta'sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning 
o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha "Ta'lim
texnologiyasi" deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib 
o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim
nazarda tutilgan, 70- yillarda "pedagogik texnologiya" iborasi qo`llanilib u 
avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni
kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik 
kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik



32
texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning 


boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot


texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli 
ta'riflar berilgan:

Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə