Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


II.4 Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə9/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

II.4 Yer va Oyning Quyosh atrofida harakati
Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar kabi Yerimiz ham Quyosh
atrofida ellips orbita boʻylab harakat qiladi. Yer ham Venera va Urandan 
boshqa sayyoralar singari Quyosh atrofida gʻarbdan sharqqa tomon
harakatlanadi. Quyoshning sharqdan chiqishining ham sababi aynan shunda. 
Yer, Quyosh atrofida sekundiga taxminan 30 kilometr tezlik bilan
harakatlanib, 365,24 kunda uning atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadi.
Sayyoramizda bir yilda toʻrt faslning kuzatilishi sababi Yer oʻqining
orbita tekisligiga 66,5° ogʻmaligi bilan tushuntiriladi. 
Oy ham Yer va boshqa sayyoralar kabi Quyosh atrofida harakat qiladi lenin,
shuning bilan bir qatorda Oy yer atrofida ham harakat qiladi. Shuning uchun uning 


24
harakati biroz murakkabroq. Agar Quyosh atrofidagi harakati traektoriyasi chizilsa 


xuddi prujinadan yasalgan aylanaga oʻxshash tasvir hosil boʻladi.


Quyosh, Yer va Oyning umumiy harakati tufayli Quyosh va Oyning
sutkalik harakati sharqdan gʻarbga tomon kuzatilib, yulduzlardan
farqli oʻlaroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal 
balandliklari kun sayin oʻzgarib boradi. Xususan, Quyosh Navroʻzda
(21-martda) aniq Sharq nuqtasidan koʻtarilib, aniq Gʻarbda botgani holda,
keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi.
Bunday hol 22- iyungacha davom etib, soʻngra chiqish va botish nuqtalari
aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiydi. Bu davrda Quyoshning tush
paytdagi balandligi pasaya borib, kunduz qisqaradi, tun esa, aksincha,
uzayadi.
Sayyoramizning yoʻldoshi Oy ham sutkalik koʻrinma harakatda 
ishtirok qilib, sharqdan gʻarbga, yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq
bir necha tun davomida kuzatishlardanoq, Oyning yulduzlarga nisbatan
haqiqiy harakatlanishini sezish mumkin. Bunday harakat tufayli Oy,
yulduzlar fonida gʻarbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 
gradusdan siljib borib, Yer atrofida 27,32 sutkada bir marta toʻla aylanib
chiqadi.Quyoshning bir necha oy davomida sistemali kuzatilishi uning
ham Oy kabi yulduzlarga nisbatan gʻarbdan sharqqa siljib borishini
ma’lum qiladi. Quyoshning bunday koʻrinma harakati tufayli sutkalik 
siljishi, Oynikiga nisbatan juda kichik boʻlib, atigi bir gradusga yaqin yoyni
tashkil qiladi va bir yilda bir marta toʻla aylanib chiqadi. 
Yerning Quyosh atrofidagi harakati Kepler qonunlariga boʻy sunadi.
Kepler qonunlari nafaqat Yer uchun, balki Quyosh sistemasidagi barcha 
sayyoralar uchun ham oʻrinlidir. Oyning ham Yer atrofidagi harakatini shu
qonunlar orqali ifodalash mumkin. 



Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə