Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə28/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari 

birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. 



61
nomlari va boshqa turli ma’lumotlar 2- jadvalda keltirilgan. 


Jadvalda sayyoralarning Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri


Yerdagi yil, sutka va soatga qiyoslab olingan. 
Sayyoralar tabiati
Hozirgi paytda Yerdan boshqa barcha sayyoralarda hayot uchun sharoit 
yoʻqligi ma’lum. Bu sayyoralarda jonsiz tabiat hukm suradi. Yerdan oʻzga
sayyoralardagi tabiatning koʻrinishi qanday? 
Quyoshga eng yaqin va kichik boʻlgan Merkuriy sirtini havo oʻrab
turmaydi, ya’ni uning atrofi boʻshliqdan iborat. Shuning uchun ham bu sayyora 
sirtida kunduzi oʻrtacha 345°C issiq, kechasi esa 80°C sovuq boʻladi.
Quyoshdan uzoqligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadigan Venera sayyorasi 
asosan karbonat angidrid (CO
2
) gazi bilan oʻralgan. Sayyora sirtida uning

zichligi Yer sirtidagi havo zichligidan 90 marta katta. Bu sayyora sirtidagi


temperature 470°C gacha issiq boʻladi. 
Mars sayyorasi esa siyrak karbonat angidrid (CO
2
) va boshqa gazlar bilan 

qoplangan. Marsda yillik oʻrtacha temperatura 60°C sovuq. Unda boshqa


sayyoralardagiga nisbatan hayot uchun birmuncha sharoit mavjud. Shunday 
boʻlsada, Marsda ham tirik mavjudotlar borligi aniqlanmagan.
Marsdan ancha olisda boʻlgan Yupiter, Saturn, Uran va Neptun
sayyoralarida ham hayot uchun sharoit yoʻq. Bu sayyoralar Quyoshdan juda
uzoq boʻlib, ularni metan (CH
4
), vodorod (H

2
), geliy (He) va boshqa gazlar oʻrab 


turadi. Bu gazlardan ayrimlari zaharli, sayyoralar sirti esa juda sovuqdir.
Sayyoralar orasida Saturnning tashqi koʻrinishi oʻzgacha. Uning belida 
halqasimon ajoyib «belbogʻi» bor. Aslida «belbogʻ» boʻlib koʻringan halqa
bitta tekislik boʻylab aylanayotgan son-sanoqsiz mayda osmon jismlaridir.
Ularning gʻuj boʻlib aylanishi halqa boʻlib koʻrinadi.

Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə