Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi



Yüklə 114,23 Kb.
səhifə6/9
tarix22.03.2024
ölçüsü114,23 Kb.
#168957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo\'lishining tarixiy shart-sharoi

Takror ishlab chiqarish nazariyasi. Iqtisodiy ta’limotlaming rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asarining o‘mi beqiyos. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni birinchi marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi. F.Kene jamiyatdagi uchta ijtimoiy guruhlar - sinflar o‘rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarayonini ko‘rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishda baholarning o'zgarmasligi asos qilib olinadi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro‘y bermoqda deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz bermoqda, deb qaraladi.
«Jadvaldagi» takror ishlab chiqarishning boshlang'ich nuqtasi yaratilgan bir yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob- kitoblarga asoslangan holda Fransiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot qiymatini 5 mlrd. livrga (livr - o‘sha paytdagi Fransiya pul birligi) baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livmi, xomashyo 1 mlrd. Iivmi tashkil etadi). Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o‘tgan yilgi hosilni sotishdan olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi sifatida yer uchun to‘laydilar. Unumsiz yoki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik sanoat mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot F.Kene hisobi bo‘yicha 7 mlrd. livmi tashkil etadi. Mulkdorlar (yer egalari) hosilni yig‘ishtirib olgandan keyin fermerlardan 2 mlrd. livr ijara haqi olganlar.
Bu yerda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish jarayoni qanday amalga oshadi? «Iqtisodiy jadval»ning shartlariga ko‘ra bu jarayon besh aktdan iborat bo‘lib, uning har birida 1 mlrd. livrga teng mahsulot realizatsiyasi amalga oshiriladi.

  1. Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oladilar. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. Mahsulotning bu qismi

117
muomala sohasidan iste’mol sohasiga (yer egalariga) o‘tadi.

  1. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotiami sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu biian o‘z mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi.

  2. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste’mol buyumlami sotib oladi. Shu biian qishloq xo'jaligi mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.

  3. «Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning o'zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini oladi (ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.

  4. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo‘jaligi xomashyosini xarid qiladi.

Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarayoni natijasida sinflar o‘rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o‘rtasidagi umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o‘z sinfi doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo‘ja!igi ishlab chiqarish jarayonida sarflangan urugMik va oziq-ovqat mahsulotlari o‘mini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini qoplash uchun ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) natijasida «unumli sinf» qo‘liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi to‘lash natijasida bu pul yana yer egalari ixtiyoriga o‘tadi. Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi ishlab chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom ettirish uchun zarur shart - sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadvabda takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmaydi, balki juda ko‘p bunday yakka muomala aktlari sinflar
118
o‘rtasidagi muomalada mujassamlashadi. Ana shu sinflar o‘rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning muomalani takror ishlab chiqarish jarayonining atigi bir shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti sifatida ko‘rsatib berishga qilgan harakati samarali bo‘Idi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ta’limotida bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar tushunchasida izchillik, ilmiylik yetishmaydi. Sanoatchilarni ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etgan holda (ular o‘z mahsulotlarining hammasini sotib yuboradi), F.Kene ulami ishlab chiqarish jarayonini qaytadan boshlash imkoniyatidan ham mahrum etadi. Yer egalarining mahsulot realizatsiya qilishda markaziy o'ringa o‘tib qolishi noto‘g‘ri bo‘lgan. Ammo undagi kamchiliklar mazkur asaming qimmatini tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy iqtisodiyot makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g‘oyalar bo‘lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo'lib qoldi.
F.Kenening g‘oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781-yy.) tomonidan davom ettirildi va rivojlantirildi. A.Tyurgo Parijda zodagonlar oilasida tug'ildi. Oilaviy an’anaga ko‘ra diniy ta’lim olishga majbur bo‘ldi. Lekin Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatgach, bu sohada ishlashdan bosh tortdi. 1751-yiIdan Parij parlamentining mansabdori, 1761—74-yillarda Limojda (Limuzen provinsiya - viloyat markazi) intendant (gubemator) lavozimida ishladi. Bu uzoq viloyatda markaziy hokimiyat vakili sifatida xo‘jalik ishlarini, jumladan, soliq olish tizimini nazorat qilib turdi. Aynan Limojda yashab turgan davrda A.Tyurgo o‘zining «Boylikning yaratilishi va taqsimlanishi to‘g‘risida mulohazalar» (1766) nomli asosiy iqtisodiy asarini, tugallanmasdan qolgan «Qimmat va pul» (1769) kitobini va boshqa asarlarni yozdi. Ulardagi fikrlar, umuman fiziokratik qarashlarga hamda bozor iqtisodiy munosabatlari tamoyillariga, eng avvalo, erkin raqobat va erkin savdo tamoyillariga asoslangan.
1774-yili qirol Lyudovik XVI A.Tyurgoni moliya bosh nazoratchisi lavozimiga (moliya vaziri lavozimi bilan bir xil) tayinladi.
119
Bu lavozimda ikki yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo davlat xarajatlarini kamaytirishga erisha olmagan bo'lsada, lekin mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama erkiniashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo uning har bir isiohotga oid yangiliklari parlamentda o“zining monopol mavqeyini saqlab qolishga intilgan amaldoriar tomonidan qattiq qarshilikka duch keldi. Shuning uchun islohotlari ko'p vaqt amal qilmadi. 1776-yili A.Tyurgo iste’foga chiqqach, ular bekor qilindi.
A.Tyurgo vazir sifatida amaiga oshirgan asosiy islohotlar: mamlakat ichkarisida don va uning erkin savdosining tashkil etilishi; qirollikka erkin don olib keli.sh va undan boj to'lovlarisiz erkin don olib chiqish; natural yer maiburiyatining pullik yer soiig‘i (o‘lpon) bilan almashtirilishi; sanoat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hunarmandchilik sexlari va gildiyalarining (yirik savdogarlar va hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar hisoblanadi.

Yüklə 114,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə