Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi



Yüklə 114,23 Kb.
səhifə7/9
tarix22.03.2024
ölçüsü114,23 Kb.
#168957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo\'lishining tarixiy shart-sharoi

Ish haqi nazariyasi. Xuddi fiziokratlarga o‘xshab, A.Tyurgoning tasdiqlashicha, dehqon barcha ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi; u o‘z yerida barcha hunarmandlarning ish haqini yaratadi. Ish haqiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat bu dehqon mehnatidir. U merkantilistlami tanqid qilgan holda, millatning boyligi, deb eng avvalo, yemi va undan olinadigan «sof daromadni» hisobladi.
A.Tyurgo ish haqini F.Kene kabi yashash vositalari minimumiga bog‘lab tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda, ish haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini ochib bermoqchi bo‘ldi. Ish haqini ishchining hayoti uchun zarur bo'lgan yashash vositalari minimum! darajasiga pasaytiruvchi bunday mexanizm, uning fikricha mehnatga bo‘lgan talabning mehnat taklifidan orqada qolib ketishi, ishchilar o'rtasidagi raqobatning rivojlanmaganligi hisoblanadi.
Sinflar nazariyasi. A.Tyurgo F.Kenega o'xshab, jamiyatni uch sinfga ajratadv. unumli sinf (qishloq xo'jaiigi ishlab chiqarishi bilan band bolgan kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish
120
tarmoqlarida va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan kishilar); yer egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfhi «ishlovchilar yoki ish bilan band sinjlar» deb ataydi. Ulaming har biridagi odamlami ikki toifaga bo‘lib ko'rsatadi, ya’ni tadbirkorlar yoki avans beruvchi kapitaiistlar va ish haqi oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga olimning tasdiqlashicha aynan unumsiz sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o‘z ichiga oladi.
Oiymat, pul va foiz nazariyalari. A.Tyurgo qiymat, baho va pulni tahlil qildi. Uning bu sohadagi fikrlari o‘ziga xos tavsifga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo tovarning narxi sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi bilan aniqlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. Bunda kamyoblik tovar narxini “baholashda asosiy unsurlardan biri” hisoblanadi. Keyinchalik bu g‘oya zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy o‘rin tutadi.
A.Tyurgo iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy tomonini ko‘rsatib berdi. Uning fikricha «olish va sotishdagi umumiy erkinlik bir tomondan, sotuvchiga ishlab chiqarishni rag‘batiantiruvchi narxni, ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi tovami eng past bahoda sotib olishni ta’minlashning yagona vositasidir».
A.Tyurgo pulni o‘z mohiyatiga ko‘ra tovarlar dunyosidagi bir tovar sifatida ta’riflab, ayniqsa, «oltin va kumushni, boshqa har qanday materialga nisbatan moneta (tanga) xizmatini o‘tashga yaroqli», deb hisobladi, negaki ular tabiatan moneta bo‘lib yaralgan, buning ustiga har qanday kelishuv va qonunlardan qat’iy nazar hamma uchun umumiy moneta bo‘lib qoladi. Uning fikricha pul, ya’ni oltin va kumushning bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan, balki bir-biriga bo‘lgan nisbati, kam yoki ko‘pligiga qarab ham o'zgarib turadi. A.Tyurgo qog'oz pullaming miqdori yaratilgan tovar va xizmatlaming miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish noqulayliklari to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiq qilar ekan, qarzga olingan pulni ustamasi bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan
nasihatgo‘yIar bid’atlarini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, qarz beruvchi qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi mumkin davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda fiziokratlar tomonidan mamlakatdagi uch sektor o‘rtasidagi munosabatlar misoi qilib olingan. Ammo amalda ayniqsa, hozirgi davrda bunday sektorlar juda ko‘p bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqalar Nobel mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish» balansida n ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans tarmoqlararo balans, deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g'oyaning kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo‘lib, u klassik iqtisodiy maktab ta’limoti zanj’irining ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin egallaydi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta’Iimotlari nuqtayi nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo'qotdi va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishIar nisbatan mukammal g‘oyalaming ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‘lab tushuntiruvchi fiziokratizm g'oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o'zgarishlar tufayli tez unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning so‘nishini eslatadi.
Fiziokratlar Kenening iqtisodiy jadvalini o'zlarining nazariy yutuqlarining gultoji, deb hisoblashadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi pul daromadlari tasviri va sof mahsulotning yillik aylanmasi yaqqol tasvirlangan Kene jadvali iqtisodiyot rivojida yirik metodologik olg‘a siljish sifatida tan olinadi. Fiziokratlar iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazariy jihatdan o‘rganish bilan chegaralanmay, ularning o‘lchami miqdorini aniqlashga harakat qilishgan.
Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlaridagi o'zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib bergan. Keyingi merkantilistlaming ba’zilari bu bog'liqliklami o‘rganib chiqdi va ularning ta’siridagi umumlashma Adam Smit izlanishlariga asos bo'ldi va bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi tasavvurlami to‘ldirdi. sharoitda bo‘ladi. Ana shunda dunyo o‘z-o‘zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo'shilib qonunning o‘zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o‘tkazishi va o‘taketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvirti amalga oshirish uchun zarur bo 4gan — tabiiy tartib — qonunlarini yaxshi biladigan, o'qimishli bir shaxs qo'lida bo ‘lishini maqsadga muvofiq, deb hisoblagan.

Yüklə 114,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə