Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi



Yüklə 114,23 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü114,23 Kb.
#168957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo\'lishining tarixiy shart-sharoi

Nazariy qoidalaming o'ziga xosligi. P.Buagilbeming muhim yutug‘i, U.Pettiga o‘xshab qiymatning mehnat nazariyasini «asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o‘rtasidagi almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu konsepsiya nomukammal bo‘lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli prinsip yotadi) o‘z davri uchun progressiv hisoblanadi, negaki merkantilistlaming bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to‘g‘risidagi konsepsiyasidan keskin farq qiladi.
P.Buagilber merkantilizmni ko‘pjihatdan to‘g‘ri tanqid qilish bilan birga pulning iqtisodiyotdagi ahamiyatini mensimagan holda mamlakatning iqtisodiy o'sishida qishloq xo'jaligi ahamiyatini mutlaqlashtirdi, boylikni ko'paytirishdagi sanoat va savdoning ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni bekor qilish mumkin va zarur, deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo‘yicha ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Fransuz kiassigining fikri bo‘yicha iqtisodiyotdagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishioq xo‘ja!igi hisoblanadi. P.Buagilber o‘z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy» qonunlari to‘g‘risida qayd qilib o‘tadi. Davlat yuqori soiiqlami joriy etish yoki proteksionizm siyosatini qoMlash bilan ularga xalaqit bermasligini tavsiya etadi.

  1. Fiziokratlar

Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta’sirlangan. Ular iqtisodiyot sohalarining bir-biriga bog‘liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm XVIII asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‘Isa ham 1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin u uzoqqa cho‘zilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar berganligi sababli uning keyingi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyatli rol o‘ynadi. Iqtisodiy ta’limotlar olimlari ko‘pincha har xil g‘oyalami ulaming birgina oxshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida tavsiflaydilar. Shunday bo'lsada, fiziokratlar ayrim muammolar bo‘yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlami namoyon etganlar. Buning uch sababi mavjud.

  1. Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan.

  2. Fiziokrtlar g‘oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha bo‘lgan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g'oyalari 1750-yildan oldin va 1780-yildan keyin hech kim bilmagan, deyiladi).

Fiziokratlaming tanilgan boshIig‘i Fransua Kene (1694- 1774)ning g‘oya!ari o'zining izdoshlari tomonidan so‘zsiz qabul qilinar, bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalarni Kenening nazariyasiga ishontirish maqsadida yozilgan edi.b
Tableau Economique - Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch sohasini: fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkorlarni asosiy qilib ko‘rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo, davlat sektori yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili iqtisodiy davr boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab chiqarish xarajatidan ko‘ra ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, deb qabul qilishadi; jadvalda bu unumdorlik 100 foiz, deb qabul qilingan. Masalan, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan ishlab chiqarish omillariga toManadigan qiymat bilan teng bo‘ladi. Faqatgina yeming mahsuloti unga ketadigan xarajatdan ko‘proq bo‘ladi. Jadvalda qishloq xo‘jaligiga qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000 livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi, bu esa yer egasiga renta sifatida to‘lanadi.



Yüklə 114,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə