Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi



Yüklə 114,23 Kb.
səhifə5/9
tarix22.03.2024
ölçüsü114,23 Kb.
#168957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo\'lishining tarixiy shart-sharoi

F. Kenening “Iqtisodiy jadvali”




  1. Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalaming o‘zaro aloqalarining kuchli, ijodiy tushunchasini juda sodda ifodalab beradi.

  2. Fiziokratlaming iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qarashlari makro iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari mikroiqtisod darajada iqtisodning o‘zaro bog'liqligi haqidagi nazariyani rivojlantirishga kam harakat qilganlar.

  3. Fiziokratlar Kenening “Iqtisodiy jadvali”ni o‘zlarining asosiy nazariy yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli sektorlari o‘rtasidagi aloqalarni nazariy o‘rganishgan, balki ulaming hajmini oMchashga harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti laureati Vasiliy Leontevning 1930-yilda xarajatla-natijalar jadvalini va ekonometriklar, deb tanilgan maxsus iqtisodchilar guruhining tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlarining o‘zaro bog‘liqligini ko'rsatib bergan. Ulardan keyingi ba’zi merkantilistlar ham bu o‘zaro bog‘liqlikni tan olishgan va ularning birgalikdagi munosabatlari Adam Smitning bozor iqtisodiyotining faoliyati haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos bo'lgan.

Fiziokratlar (lot. - tabiat, hukmronlik) - XVIII asrdagi fransuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hoi emas edi. 0‘sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‘lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‘ja!igini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ularning fikricha boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‘ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‘tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar. Fransua Kene (1694—1774) fiziokratlar maktabining asoschisi hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo‘lib, Versal yaqinida kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta’iim oldi. Keyinchalik tibbiyol amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752-yilda Qiro! Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug‘uilana boshladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g'oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U unarming oxirigacha o‘sha yerda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 1758-yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat


Fransua Kene (1694-1774)

fiziokratizm maktabi
asosini yaratdi, baiki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g‘oya!arini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ‘ib qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o‘sha davr tili bilan aytganda «iqlisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60- 70-yillariga to‘g‘ri keladi.
O'rganish metodi. F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib to'g'risidagi konsepsiya tashkil etadi. Uningcha mazkur konsepsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to‘glri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning moddiy va ma’naviy qonunlari hisoblanadi. F.Kenening yozishicha tabiiy tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo'lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan
bo'yicha — aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat kapitalni ishlab chiqarishdagi mavqeyiga ko‘ra asosiy va aylanma kapitallarga bo‘lishdangina iborat emas. Bundan tashqari u aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham harakatda bo ‘lishini ishonarli tarzda isbotlab berdi.

Yüklə 114,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə