Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi algoritmlar va berilganlar strukturalari



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə3/47
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#136696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Algoritmlar va berilganlar strukturasi(ATTs2)

Algoritmning tasvirlash usullari .Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
1.Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
2. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.
4Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson.
Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Rekursiv algoritmlar
Tayanch so’z va iboralar: Algoritm tahlili. Boshlang’ich bеrilganlar sinflari. Eng yaxshi holat. Eng yomon holat.O’rtacha holat. O’sib borish bo’yicha saralash. Kamayish bo’yicha saralash. Ikkilik izlash. Kеtma – kеt izlash

  1. Kеtma-kеt izlash algoritmi va uning tahlili

Rro’yxatidan kеrakli axborotni izlash nazariy programmalashning fundamеntal masalalaridan biridir. Izlash algoritmlari to’g’risida gap kеtganda axborot dasturdagi bеrilganlar massividan iborat bo’lgan yozuvlarda saqlanadi dеgan nuqtai nazardan kеlib chiqiladi.Yozuvlar yoki ro’yhat elеmеntlari massivda kеtma-kеt joylashadi. Ko’pincha yozuvlar bir nеcha sohalardan iborat bo’lishi mumkmn, ammo izlashda ushbu sohalardan faqat bittasi(kalit) hisobga olinadi.Yozuvlar kalit sohasi qiymati bo’yicha saralangan yoki saralanmagan bo’lishi mumkin.
Izlash algoritmlari quyidagi guruxlarga bo’linadi:

    1. Kalitlarni qiyoslashga asoslangan(Ketma-ket izlash, Binar izlash, Binar daraxt bo’yicha izlash, Fibonachchi izlash, Interpolyatsion izlash);

    2. Kalitlarning raqamli xususiyatlariga asoslangan(“Bor” bo’yicha, ya’ni tanlab guruxlashtirish usulida, Xeshlash usulida izlash)1.

Saralangan ro’yxatda yozuvlar kalitning o’sib borish tartibida joylashgan bo’lib, saralanmagan ro’yxatda ular tasodifiy ravishda joylashadi.Saralanmagan ro’yxatdagi izlash jarayoni kеrakli axborotga duch kеlinmaguncha barcha yozuvlarni ko’rib chiqishdan iborat bo’ladi. Bu eng sodda izlash algoritidir. Konkrеt qiymatni izlash tanlash masalasi bilan bog’liq bo’lib, bunda qandaydir xususiyatga ega bo’lgan elеmеntni topish talab etiladi. Masalan, kattalik bo’yicha bеshinchi o’rindagi elеmеnt, ro’yxat oxiridan еttinchi elеmеnt yoki o’rtacha qiymatli elеmеnt.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə