|
Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollarAlisher Navoiy nomidagi Toshkentsuyunova-m.o.-ozbek-tilidagi-grammatik-omonimlarni-avtomatik-tahlil-qilishdagi-muammolarAlisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI:
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2022)
http://compling.navoiy-uni.uz/
330
2.
Morfemalar orasidagi omonimlikka:
turtki, ichki, pastki, guldon,
bilimdon, ukaxon, kitobxon, boring, kitobing
va hokazo kabilar kiradi. Bunda
qoʻshimchalar bir xil, lekin har xil soʻz turkumidagi soʻzlarni yoki soʻz shakllarini
hosil qiladi va bunda maʻno ham har xil boʻladi.
3.
Frazeologik omonimlar iboralar oʻrtasidagi omonimlikdir. Masalan,
Boshga koʻtarmoq
– eʻzozlamoq
Boshga koʻtarmoq
– toʻpolon qilmoq
II.
Nutq bosqichida:
1.
Soʻzformalar (soʻz shakllar) orasidagi omonimlik
2.
Birikmalar orasidagi omonimlik
Soʻz shakllar va birikmalar orasidagi omonimiya hodisasi nutq jarayonida
yuzaga keladi va aralash holda uchraydi. Masalan,
tanga I
(pul) va
tan+ga II
(badanga) leksema va soʻz shakl oʻrtasidagi omonimlik.
Tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi I
(boʻshashdi) – ibora;
Tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi II
( rostdan tarvuzi tushmoq) – soʻz birikmasi.
Soʻzformalar orasidagi omonimlik grammatik omonimlik deb ataladi.
“Grammatik omonim” atamasi birinchi marta tatar tili tadqiqotchisi X.R.Kurbatov
tomonidan qoʻllanilgan[5]. U grammatik omonimiya juda jiddiy va murakkab
muammo deb hisoblaydi. Turkiy tillarda omonimlarga oid bir qator tadqiqotlar
boʻlishiga qaramay, grammatik omonimlar toʻgʻri hisobga olinmagan. Olim
M.Mirtojiyev: “Grammatik omonimlar – gapda soʻzlar imlosi mos kelgan turli
grammatik shakllar”[6],- deb taʻkidlaydi. Grammatik omonimlar nutq jarayonida
hosil boʻlsa, leksik omonimlar nutqqacha tayyor holda boʻlishi bilan bir-biridan farq
qiladi. Grammatik omonimlik nutq jarayonida soʻz yasovchi yoki shakl yasovchi
qoʻshimchalar qoʻshilganda yuzaga keladi. Ammo ular morfemik qismlarga
|
|
|