Konflikt signallari, agressiya va zo'ravonlik haqida tushuncha uning mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 51,36 Kb.
səhifə9/14
tarix21.10.2023
ölçüsü51,36 Kb.
#129226
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Konflikt signallari, agressiya va zo\'ravonlik haqida tushuncha uning mohiyati

Beshinchi qadam: konflikt, insident, konfliktli vaziyatni faqat hayolingizda emas, balki og‘zaki tahlil qilishga urinib ko‘ring. Chunki og‘zaki tahlil jarayoni konfliktning tashqi ko‘rinishidan uning ichki mag‘ziga o‘tish imkonini yaratadi. Konflikt mazmunini bilish turli xulosalar, parallel fikrlar, voqealarni taqqoslash, o‘lchash, fikrni jamlash orqali yuz beradi. Aynan mana shu jarayonda siz o‘zingiz uchun ko‘p narsalarni yangitdan, oydinroq va aniqroq kashf etasiz hamda o‘zingiz uchun maqbul yo‘lni topishga o‘tasiz.
Oltinchi qadam: siz bilan yuz bergan konflikt tahlilidan so‘ng nima voqea bo‘lganligini bir-ikki so‘zdan iborat ta’rifini ishlab chiqishga harakat qiling. So‘zlarni juda kam ishlating. Faqat eng muhim so‘zlar ta’rifga kiritilsin. Ana shunda, konfliktning aniq diagnozi qo‘yilgan bo‘ladi. Ana shunda, konfliktli vaziyat tahlili keraksiz emotsiyalardan ozod etilgan bo‘ladi. Ana shunda, aniq diagnoz orqali siz o‘zingiz va opponentlaringizni mushkul ahvoldan chiqarib yuborishga imkon topgan bo‘lasiz. Ana shunda, siz muammoning asl mazmunini anglagan bo‘lasiz va harakat qilishingiz, xulosa qilishingiz aniqlashadi va yengillashadi.
Yettinchi qadam: konfliktli vaziyat va konfliktli muammoning yechimini topish asli ancha murakkab jarayon ekanligi sizga oydinlashmoqda. Konfliktning yechimini topish bir o‘tirishda hamma muammolarning hal etilishi emas. Agar bir o‘tirishda ana shunday hamma tomonlarni qoniqtiruvchi yechim topilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi, ammo aslida konflikt yechimini topish ancha mushkul jarayon bo‘lib, eng qiyini hamma ishtirokchi tomonlarni yagona yechimga keltirishdir. Shu bois, konflikt yechimi jarayonida qanoatli va sabrli bo‘lish, asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham, ziddiyatning yechimini topishga qaratilgan sayi-harakat hisoblanadi. Sabrli bo‘lish – konflikt yechimini topish sari bo‘lgan yo‘lning doimiy hamrohi bo‘lishi shart.
Shunday qilib, konfliktlar yechimi mavjud. Konfliktning eng oddiy yechimi konfliktogen­larga e’tiborli munosabat, konflikt oldi vaziyatlaridan bo‘lgan konflikt signallari, inqiroz, tomonlar orasidagi tang holat, tushunmovchilik, hasadgo‘ylik, insidentlar, diskomfort kabilarni oldindan ko‘ra bilish va konfliktning kelib chiqishini oldini olish, konflikt kelib chiqqanida esa, uning yechimiga qaratilgan sayi-harakatlarni olib borishdan iboratdir.

Yüklə 51,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə