Konflikt signallari, agressiya va zo'ravonlik haqida tushuncha uning mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Konfliktni anglash obyektiv faktlarni tan olish demakdir



Yüklə 51,36 Kb.
səhifə14/14
tarix21.10.2023
ölçüsü51,36 Kb.
#129226
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Konflikt signallari, agressiya va zo\'ravonlik haqida tushuncha uning mohiyati

Konfliktni anglash obyektiv faktlarni tan olish demakdir. Bu faktlar sizning manfaatlaringizga qarshi bo‘lishi mumkin. Ammo siz konfliktning yechimini haqiqatan ham topmoqchi bo‘lgangiz, barcha faktlarni, ular sizga yordam bersa ham, ular sizga halaqit bersa ham, tan olish yo‘lidan bormog‘ingiz darkor bo‘ladi. Konfliktga aynan u kelib chiqqan vaziyatdan boshlab baho bering. Biroq agar mana shu vaqtda sizning kayfiyatingiz “pachoq” bo‘lsa, mana shu “yomon” kayfiyatni tan olishdan o‘z ishingizni boshlang. Sizning o‘z kayfiyatingiz yomonligi tan olishingiz, u sabab noto‘g‘ri amallar qilmasligingiz uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Siz o‘z kayfiyatingiz va xissiyotlarning ortganligini tan olishingiz mana shu emotsiyalar ichida noto‘g‘ri xukm chiqarishdan sizni saqlab qoladi.
Ikkinchi qadam: Konflikt vaziyatda inson mana shu vaziyatning bo‘lmasligi mumkinligi, ideal holatda uning qanday bo‘lishi mumkinligi masalasiga juda katta kuch sarflaydi. Siz ziddiyat orqali eng aziz odamlaringiz bilan munosabatlarning buzilganligidan hijolat bo‘lasiz, ularni yangitdan o‘rnatmoqchi bo‘lasiz. Hayollaringiz turli harakatlarni belgilab beradi. Bu holatda siz ko‘proq reallikdan uzoqlashib, hayollaringizda yashaysiz. Ammo konflikt vaziyatni hayollarga erk berib hal qilib bo‘lmaydi.
“U menga bunday qo‘pol gapirmasligi kerak edi”, “Men o‘zi unga kimman, agar meni hurmat qilsa, bunday demagan bo‘lar edi”, “Nimaga u hammaga kulib qarayveradi”, “U o‘ziga hamma qaraganidan lazzat oladi, aslida meni qiynamoqchi”, “U o‘z zimmasidagi vazifalarni yaxshi bajarishi kerak, bo‘lmasa uning keragi yo‘q”, “U hadeb meni niqtayveradi, har doim, u nima derkin, deb yashashim kerakmi?!”, “Nima uchun u mening hayotimga aralashadi, men mustaqil odamman-ku”, “Boshliq bo‘lsa o‘ziga, nima, hadeb baqiraverishi kerakmi?!”... Mana shunday fikrlar konfliktlar doirasida inson ichki emotsional holatining kuchayib ketganligida ro‘y beradi.


III. Xulosa
Odamlarning jahli chiqqanida...
Agressiya va zo’ravonlik bilan to’qnash kelganda....
Jahlga jahl bilan javob qaytarmang
O’zingizni himoya qilmang va jahlga qarshi ham javob qaytarmang. Opponentingizning jahli juda kattiq bo’lsa, bu tomonlar to’qnashuviga olib kelishi muqarrar. Opponentingizning xissiyotlariga nisbatan sabrli munosabat va javob qaytarishga urinib ko’ring. Uning jahli chiqayotganligini siz aslida anglaganingizni muloyim tarzda bildiring, ammo istehzo qilmang. Siz istehzo qilsangiz tang vaziyatni yanada og’irlashtirib yuborgan bo’lasiz. 
O’z opponentingiz nuqtai nazarini tushunib yetkanligingizni unga bildiring. Keyingi muhokamalarga tayyorligingizni ko’rsating. Mazkur jahl, qahr, yoki g’azab emotsiyalari ortida nima turganligini aniqlashga urinib ko’ring. Uning xissiyotlari, so’zlari va uning “haqiqatini” erinmay eshiting. Sabr qiling.O’z emotsiyalaringizni bosishga harakat qiling. Hozir o’z emosiyalaringizga erk beradigan payt emas. G’azab – o’zi ham g’azab uyg’otishni yaxshi ko’radi. Javobiy g’azab uyg’onishiga yo’l qo’ymang. Agar mana shu amallarni to’g’ri bajarsangiz opponentingiz asta o’z g’azabidan qayta boshlaydi.
O’z munosabatingizni opponent psixologik holati va emosiyalariga bag’lamagan holda bildirishga harakat qiling. Faqat muammoni tahlil qiling. Emosional qarama-qarshilik pasayganda o’z qarashlaringizni yanada ochiqroq bayon qilishga urinib ko’ring. Opponentingiz ham, ko’p xollarda, o’zingizni undan past va xotirjam tutganingiz sababli, jahli tushganidan so’ng o’zini aybdor xis qila boshlaydi. Opponentingizdan mavjud vaziyatda nima qilish lozim va mumkinligi borasida maslahat so’rang. Agar opponentingizning yana jahli chiqsa, siz yana faol eshitish va qabul qilish poziyasiyaga o’ting. Faol eshitish pozisiyasi o’zingizni pastga urganligingizni bildirmaydi, balki sizni murakkab vaziyatda donoroq ekanligingiz, bosiqlik bilan vaziyatni o’z manfaatlaringizga bo’ysundira olishingizni anglatadi. Shu bois, faol qabul qilish pozisiyasi sizga yordam berayotganligini o’zingiz ham anglang.
IV. Foydalanilga adabiyotlar
1. Karimova S. Kompozitsion mukammallik yo`lida//O`zbek tili va adabiyoti.-1991.-№6.-B.54-58
2. K.Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida//Til va adabiyot ta`limi 2001-№3. B. 23-27.
3. Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida//O`zbek tili va adabiyoti.-1996.-№5.-B.47
4. Zarubejnaya estetika i teoriya literaturi XIX-XX vv.-M.,1987
5. Jirmunskiy V. Teoriya stixa.-L.,1975
6. Uspenskiy B. Poetika kompozitsii.-M.,1970
Yüklə 51,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə