Konflikt signallari, agressiya va zo'ravonlik haqida tushuncha uning mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 51,36 Kb.
səhifə12/14
tarix21.10.2023
ölçüsü51,36 Kb.
#129226
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Konflikt signallari, agressiya va zo\'ravonlik haqida tushuncha uning mohiyati

1.Jismoniy zo’ravonlik
Turtish, urish, itarib yuborish, tufurish, ushlab olish, qo’lidan tutish, turli narsalar, musht, yoki qo’llar bilan zarbalar berish, yiqitish, do’pposlash, majburiy ushlab turish, bo’g’ish, muntazam yuz va ko’zlarga zarbalar berish, oyoqlar bilan tepish, quroll bilan (pichoq, nayza, bolta) do’q qilish, kuydirish (masalan, yonib turgan sigaret bilan, qo’l barmoqlarini, yuzni), o’z zulmidagi odamning tibbiy yordam olishiga to’sqinlik qilish.
2.Psixologik zo’ravonlik.
So’zlar bilan haqorat qilish, shantaj, o’z xotinini to’liq nazorat qilish maqsadida bolalarga aziyat yetkazish yo’li bilan uni qo’rqitib olishga urinish, “o’zimni falon narsa qilib qo’yaman” deb zo’rlik va shantaj qilish, o’z maqsadiga yetishish uchun uy-ro’zg’or buyumlarini sindirish, o’ziga bo’ysungan odamning hatti-harakatlarini to’liq nazorat ostiga olishga erishish (masalan, uning qachon, qayerda bo’lishini nazorat qilish, barcha telefondagi gaplari bo’yicha ma’lumotlar talab qilish, kuniga necha marta telefonda gaplashishi mumkinligini o’zi xohlagan tartibda o’rnatish, boshqalar unga telefon qilishini ta’qiqlab qo’yish), jabrlanuvchining barcha tanishlari bilan muloqotini nazorat ostiga olishga harakat qilish, turli resurslarga bo’lgan jarblanuvchining ehtiyojlarini inkor etish (uning o’zi istagan tanishlari, qarindoshurug’lari bilan uchrashishi, jabrlanuvchining tibbiy ehtiyojlari, ta’lim olishi, ishlashi, uydan beso’roq chiqib ketishi, uning qiziqishlari, uni tinchlantiradigan amallar bilan shug’ullanishi v.b.), xissiy-emotsional zo’ravonlik, uning xursandligi, yaxshi kayfiyati, tinchligini ko’ra olmaslik, jabrlanuvchini uning nafsoniyatini yerga uruvchi amallar qilishga majbur etish (masalan, “sen jinnisan”, “sen kasalsan”, “sen majruhsan” deb, bu so’zlarni bir necha marta takrorlashga majburlash va bundan lazzatlanish), uning kun tartibini o’zi belgilab berish va mazkur kun tartibining so’zsiz amalga oshirilishini nazorat qilish.
3. Iqtisodiy zo’ravonlik
Bolalarni moddiy ta’minlashdan bosh tortish orqali jabrlanuvchini o’ziga batamom bo’ysundirishga erishish, o’z moddiy boyliklarini, ya’ni necha pul ishlaganligini yashirish va sir tutish, oilaviy mablag’larni yashirib o’z maqsadlarida ishlatib qo’yish, bozor qilinganda oiladagi farzandlar, xotinning ehtiyojlarini nazarga olmaslik, ularni inkor etish, ularga harajat qilishni xushlamaslik, ularga qilingan harajatni benaf ketgan moddiy boylik sifatida qabul qilish (masalan, agar xotini tarvuzni yaxshi ko’rsa, ataylab tarvuzni sotib olmaslik, yoki faqat “men buni yaxshi ko’raman, men uni yaxshi ko’raman” deb, aynan mana shu narsalarga sarf-harajat qilish), xotinini moddiy ta’minlashdan voz kechish, uni pulsizlikda ezish, uning mablag’siz ekanligini hisobga olgan holda, unga o’zi xohlagan narsalarni ataylab olib bermaslik, xotini agar bozor qilishsa majbur bo’lsa, tiyin tiyinigacha bo’lgan harajatlar borasida xisobot berishini talab qilish.

Yüklə 51,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə