Ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 125,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#180679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ona-tili-metodikasi-mashg-ulotlarida-nutqiy-ko-nikmalarni-rivojlantirishda-sinov-test-topshiriqlaridan-foydalanish (1)

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-105-117 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
108
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning 
predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda 
kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o„rgatishi 
lozim. 
Nutqning past-balandligi o„rinli bo„lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va 
fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to„g„ri nutqning muhim ko„rsatkichi 
bo„lib uning ravonligi hisoblanadi. 
Artikulyasion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog„liqligi keng ma‟nodagi 
tinglash va artikulyasion-talaffuz ko„nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Ish jarayonida o„qituvchi bolalarga so„zning tovush tarkibini, so„zdagi urg„u 
o„rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg„usini rivojlantirishga, 
aniq talaffuzni, so„zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish 
qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur. 
Bu murakkab nutqiy ko„nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni 
takrorlashni, ularni muntazam ravishda o„tkazishni talab qiladi. 
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo„nalishlarini ajratar ekanmiz, 
ularning barchasi o„zaro bog„liqlikda va yaqin o„zaro hamkorlikda ishtirok etishini 
ta‟kidlash lozim. 
Ravon nutqni o„stirish va rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so„zlar, 
gaplar, matn qismlari o„rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar – tasvirlash, 
bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish 
qobiliyatini o„rgatish yotadi. 
Lug„atni rivojlantirishda so„zning mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o„ringa 
chiqadi, chunki aynan so„zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish (ko„p 
ma‟noli so„zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslashlar) til va 
nutq hodisalarini anglab etishni shakllantiradi. 
Nutqning grammatik tuzumini o„zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning 
turli qismlarida so„z hosil qilish usullarini o„rganish, til umumlashmalarini 
shakllantirish, shuningdek sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo„shma gaplar) 
vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo„ladi. 
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, 
talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko„proq ahamiyat berish 
darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko„nikmalarga asoslanadi. 
Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog„lashni 
o„rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki 
taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo„yiladi (Kuchli shamol 



Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə