Ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 125,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#180679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ona-tili-metodikasi-mashg-ulotlarida-nutqiy-ko-nikmalarni-rivojlantirishda-sinov-test-topshiriqlaridan-foydalanish (1)

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-105-117 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
107
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
tojik, turkman, qirg„iz yoki boshqa (sheva) tilda so„zlashib, maktabda o„zbek tilida 
o„qishidir. Etnografik ma'lumotlar shuni ko„rsatadiki, jumhuriyatimiz hududida juda 
ko„p tojiklar, turkmanlar, qirg„izlar, qozoqlar yashaydi. Ularning ko„pchiligi uyda 
tojik, qirg„iz va hokazo tilda so„zlashib, maktabda o„zbek tilida o„qishdi. Bu hol, 
shubhasiz, o„quvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holda o„z fikrini 
erkin bayon qilish imkoniyatini chegaralaydi. 
Yuqorida sanab o„tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va 
maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmun jihatdan 
bo„shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota-onalarning bola 
nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o„quvchilarning og„zaki va yozma nutqini 
rivojlantirishga salbiy ta'sir qiladi. 
Tilni amalda o„zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – 
bo„g„in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to„g„ri talaffuz qilishni nazarda 
tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni 
shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim. 
Ohang, tembr, pauza, urg„ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim 
vositalari hisoblanadi. 
O„quvchiga intonatsiyadan to„g„ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning 
nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda
uning intonatsion tasvirini qurishni o„rgatish juda muhim. SHu bilan parallel ravishda, 
vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to„g„ri qo„llash, 
tovushlar, so„zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini 
shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim. 
O„quvchilarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e‟tibor qaratishni tarbiyalar 
ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir 
tovushning o„ziga xos bo„lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni 
rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta‟sir 
ko„rsatadi. 
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning 
bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki 
pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg„u berish orqali 
o„z munosabatini bildirishni o„rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog 
tegishli topshiriqlardan ko„proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar 
o„quvchiga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli 
xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza 
yuritish uchun zarur bo„ladi. 



Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə