Ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 125,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#180679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ona-tili-metodikasi-mashg-ulotlarida-nutqiy-ko-nikmalarni-rivojlantirishda-sinov-test-topshiriqlaridan-foydalanish (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
 
Nutq o„stirish nima? Agar o„quvchi va uning tilidan bajargan ishlari ko„zda 
tutilsa, nutq o„stirish deganda tilni har tomonlama faol amaliy o„zlashtirish 
tushuniladi. Agar o„qituvchi ko„zda tutilsa, nutq o„stirish deganda, o„quvchilarning 
tilning talaffuzi, lug„ati, sintaktik qurilishi va bog„lanishli nutqni faol egallashlariga 
yordam beradigan metod va usullarni qo„llash tushuniladi. 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-105-117 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
106
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Nutq o„stirishda uch yo„nalish aniq ajratiladi: 1) so„z ustida ishlash; 2) so„z 
birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog„lanishli nutq ustida ishlash. 
Ko„rsatilgan uch yo„nalish parallel olib boriladi: lug„at ishi gap uchun material 
beradi; so„z, so„z birikmasi va gap ustida ishlash bog„lanishli nutqqa tayyorlaydi. O„z 
navbatida bog„lanishli nutq hikoya va insho lug„atini boyitish vositasi bo„lib xizmat 
qiladi. 
Yozma nutqni rivojlantirish og„zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon 
sanaladi. Chunki u o„quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to„g„ri jumla 
qurishni, har bir so„zni o„z o„rnida to„g„ri qo„llashni,fikrni ixcham, izchil, ifodali, 
uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar sosida xulosalar 
chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish 
belgilari va uslub bilan bog„liq. So„zni to„g„ri yozish, tinish belgilarini o„rinli qo„llash, 
fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o„quvchidan katta mas'uliyatni talab etadi. 
Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi. 
Yozma nutqning o„ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, 
takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og„zaki nutqqa qaraganda ancha qulay 
imkoniyatlarga ega. O„quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi
ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo„l qo„ymaslikka 
intiladi. 
Ona tili darslarida o„qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko„pincha 
o„quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e'tibor berib, matnning 
mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko„pincha mavzuga aloqasi 
bo„lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e'tibordan chetda qoladi. Shuning uchun 
ona tili mashg„ulotlarida o„quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, 
balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo„lishi, materialning to„g„ri 
joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to„g„ri bayon qilinishiga ham 
qaratilishi lozim. 
Ona tili mashg„ulotlarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki, o„quvchi 
yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu uni o„z nutqini takomillashtirib borishga 
ilhomlantiradi. 
O„quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga 
mos ravishda og„zaki, yozma shakllarda to„g„ri, ravon ifodalay olsalar, demak, ona 
tili mashg„ulotlari samarali o„tgan bo„ladi. 
Ona 
tili 
mashg„ulotlarida 
o„quvchilar 
nutqining 
rivojlanishini 
qiyinlashtirayotgan 
omillardan 
yana 
biri 
o„quvchilarning uyda, ko„chada yoki sinfdan tashqari paytlarda 



Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə