Ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 125,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix22.03.2024
ölçüsü125,62 Kb.
#180679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ona-tili-metodikasi-mashg-ulotlarida-nutqiy-ko-nikmalarni-rivojlantirishda-sinov-test-topshiriqlaridan-foydalanish (1)

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-105-117 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
109
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
esardi. Quyon iniga yashirinib oldi). O„quvchilarga ravon matnlar tuzishni 
o„rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so„zning asosiy fikrini ochib berish, matnga 
sarlavha qo„yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratish zarur. 
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o„ynaydi, shuning uchun 
ayrim gaplar intonatsiyasidan to„g„ri foydalanish ko„nikmasini shakllantirish 
umuman matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga 
yordam beradi. O„qituvchi bilan o„quvchining birgalikdagi so„z ijodkorligi 
monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. O„qituvchi odam 
yo„naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o„yin vaziyatlarini yaratish orqali 
o„quvchi tashabbusini qo„llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya 
mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so„z shaklini aytib qo„yishi 
birgalikdagi so„z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir. 
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko„ra fikr bildirishning 
quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, fikrlarida 
kontaminatsiyalangan (aralash) ko„rinishda uchrashi mumkin, ya‟ni ularda tasvirlash 
(mulohaza) usullari bayon qilishga qo„shilib ketadi (va aksincha). 
Har xil turdagi matnlar tuzishni o„qitishni ishlarning suhbat, o„zining va 
begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo„yicha hikoya qilish, 
matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda 
amalga oshirish tavsiya etiladi. 
O„quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo„lib, unga monelik 
qilayotgan omillar ham faqat ta'lim mazmuni yoki o„qituvchigagina bog„liq emas. 
Barcha imkoniyatlar to„laligicha ishga solinsagina fikrni og„zaki va yozma ravishda 
to„g„ri, ravon ifodalashga o„rgatish jarayoni oson kechadi. O„quvchi nutqini 
rivojlantirishga keng yo„l ochadi. 
Bizga ma'lumki, o„quvchilar bir xillikdan zerikadi. Shuning uchun ularni 
nutqini o„stirishda doimo har xil metod va o„yinlardan, qiziqarli usullardan 
foydalanish lozim. Quyida shulardan ba'zilarini misol tariqasida keltiramiz. 
"Zanjir" 
O„qituvchi yozuv taxtasiga bir nechta so„z yozib qo„yadi. Masalan: Nafisa, soat, 
yomg„ir, kitob kabi. O„quvchi mustaqil ravishda shu so„zlar shtiгokida gap tuzadilar. 

Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə