Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


III bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilish



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə16/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

III bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilish 

mexanizmini takomillashtirish

masalalari 

3.1 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq nazoratini 

takomillashtirish istiqbollari 
Soliq nazoratini takomillashtirish, uni to’lash intizomiga qatiy rioya qilish, 
soliq qonunbuzarligiga yo’l qo’ymaslik, soliq to’lovchilar va soliq organlari
xodimlarining ma’naviyatini yuksaltirish korxonalarning iqtisodiy faoliyatini 
ta’minlashda muhim omillardan sanaladi. Hozirgi kunda soliqqa oid
qonunbuzarliklarga yo’l qo’ygan korxonalardan undirilgan soliq summasining 
umumiy soliq summasidagi ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Bularning saqlanib
qolayotgani, hali soliq to’lovchilarimizning davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati, 
ularning ma’naviy saviyasi talab darajasida etarli emasligidan darak beradi. Davlat
soliq xizmati organlari faoliyatida har kuni o’nlab qonunbuzar-liklar 
aniqlanmoqda. Ularning mavjudligi ijobiy holat hisoblanmaydi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu esa o’z navbatida soliq
nazoratini takomillashuviga olib keladi.
Bu borada quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
Birinchidan, ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanish maqsadida 
ochilayotgan yuridik shaxslarni ro’yxatga oluvchi inspektsiyalar tomonidan har
taraflama o’rganilishi va taqdim etilayotgan ma’lumotlar haqqoniyligiga, ya’ni 
ko’rsatilayotgan manzilgohining haqiqiyligi, moddiy
texnika

bazasini


mavjudligiga e’tibor kuchaytirilishini majburiy yo’lga qo’yish.
Ikkinchidan, soliq tizimi tarkibida bankdagi pul mablag’larini monitoringini
olib boruvchi nazorat tizimini kuchaytirish.
Uchinchidan, shubhali bank operatsiyalarini olib boruvchi sub’ektlarning
alohida hisobini yuritish va ularga nazoratdagi sub’ekt maqomini berish.
To’rtinchidan, soliq nazorati samaradorligini oshirishda asosiy e’tibor
daromadlarni qasddan yashirish holatlariga chek qo’yish lozim.


Beshinchidan, litsenziyalash, sertifikatlash, ro’yxatga olish jarayonlarini 


soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirishdir.
Oltinchidan, soliq tushumlarini oshirishda soliq boshqaruvining nazorat 
funktsiyasi samaradorligini oshirishda soliq madaniyatini oshirish, soliq
mexanizmini soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatga olish tartibini 
ixcham va tez shakllarini joriy etish lozim.
Ettinchidan, 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilingan, 2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan ma’qullangan, 2007 yil 25
dekabrda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov tomonidan 
tasdiqlangan 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan O’zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksi va uning sharhi bo’yicha tushuntirish ishlarini olib 
borish, kengroq matbuotdan foydalanishni, soliq to’lovchilar orasida soliq nazorati
haqida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish lozim.
Sakkizinchidan, soliq organlari tomonidan o’tkaziladigan tekshirishlarda
nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo’lim tomonidan soliqqa oid 
qonunlar, Farmonlar va qarorlar talablarini
bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir.
To’qqizinchidan, soliq qonunchiligini barqarorlashtirish soliq nazoratini
huquqiy tartibga solishda soliq to’lovchilar uchun soliq yukini optimal taqsimotini 
ta’minlash va soliq sub’ektlarining soliq madaniyatini yuksaltirish lozim.
O’ninchidan, soliqlarni hisoblash va byudjetga o’tkazish jarayonida soliq 
nazoratini kuchaytirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy jazo
choralarini qonunchilik me’yorlarini soliq to’lovchiga tushunarli holda to’liq 
belgilash lozim.
Korxonalarda biznesning taqdiri, uning saqlanishi va rivojlanishi ko’p 
jihatdan soliq va to’lovlarning qanday va qancha miqdorda to’lanishiga bog’liq
bo’lib qolayotganligi hech kimga sir emas. Respublikamizdagi soliq va boshqa 
soliqqa tortish tizimiga ta’sir etuvchi boshqa qonunchilikka tinimsiz
o’zgartirishlarning kiritilishi va soliq yukining yuqoriligi sharoitida korxonalarda 
soliq menejmentini samarali tashkil etish nihoyatda muhim va shu bilan bir paytda



juda murakkabdir. Chunki soliq qonunchiligining o’zgarishi rejalashtirilgan biznes 


rejalarning buzilishiga olib keladi. Soliq menejmenti korxonada moliyaviy
resurslar va moliyaviy oqimlarni boshqarishning muhim yo’nalishi hisoblanadi. 
Soliq menejmenti - soliq to’lovlarini optimallashtirish bilan bog’liq faoliyat
sifatida ularni samarali boshqarishdir va u har qanday korxona 
menejmentining ajralmas qismi hisoblanadi.
Respublikamizda korxonalarda soliq menejmentini rivojlantirish hali 
o’zining yaxshi rivojini topmagan. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar
soliq menejmentini rivojlantirish davr talabidir. Shu tufayli korxonada soliq 
munosabatlarini boshqarish nafaqat soliq to’lovchilarning, balki auditorlik va
konsalting firmalari faoliyatining asosiy ish ob’ektiga aylanib bormoqda, chunki 
soliq menejmenti tadbirkorlik faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Aks holda korxonalar, albatta, inqirozga uchraydilar. Buni mamlakatimiz bozor 
iqtisodiyotiga qtishining dastlabki bosqichlarida (ya’ni soliq menejmenti
tushunchasining umuman mavjud bo’lmagan paytlarida) ko’plab kuzatishimiz 
mumkin edi. Hozirgi paytda ham bu holat yo’q emas. Respublikamizdagi iqtisodiy
shart-sharoitlarda korxonalarda soliq menejmentini yuritishning o’ziga xos 
xususiyatlari, uni tashkillashtirish imkoniyatlari va chegaralari qanday? Barqaror
soliq qonunchiligi asos yaratadigan korxonalar soliq menejmentini korxonalar 
moliyaviy xo’jalik faoliyatini rivojlanishini ta’minlaydigan va ayni paytda byudjet
daromadlariga minimal ta’sir ko’rsatadigan darajada tashkil etish mumkinmi? 
Ushbu bo’limda shu kabi savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Adolatli soliq yuki va mukammal soliq tizimi sharoitida korxonalarda soliq 
menejmentidan kutilgan natija yuqoridagi holatni ta’minlaydi. Ammo korxona
soliq menejmentining (binobarin har bir tadbirkor) pirovard maqsadi, 
korxonalarning soliq to’lashni kamaytirishga va maksimal foyda ko’rishga
qaratilganini e’tiborga oladigan bo’lsak, soliq va to’lovlar yuki darajasi korxonalar 
foyda olishini nihoyatda chegaralaydigan (yoki ta’minlamaydigan) sharoitda
korxonalar yo inqirozga uchraydi yoki noqonuniy yo’llarga qtishga majbur bo’ladi. 
Coliq sohasida qarorlar qabul qilinayotganda, korxonalarda soliq menejmentining



rivojlanganligini e’tiborga olmaslik, byudjet daromadlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 


Yana shuni ta’kidlab qtish lozimki, soliq menejmentini samarali tashkil qilish
ko’proq xorijiy investitsiya ishtirokidagi qqshma 
korxonalarda
riojlanganligini 
ko’rishimiz mumkin. Korxonalarda soliq
menejmentini qisqacha xo’jalik sub’ektlarining soliqlar va davlatning maqsadli 
fondlariga to’lovlarni korxona moliyaviy xo’jalik faoliyatiga minimal darajada
ta’sir ko’rsatadigan darajada boshqarishni tushunish 
mumkin.
Korxonalarda soliq menejmentini tashkil qilishningikki xil ya’ni, korxonada 
soliqni rejalashtirish va korxonada soliq nazoratini olib borish yo’nalishda
yuritiladi. 
Korxonada
soliqni

rejalashtirish


avvalo

soliq
to’lovlarini 


optimallashtirishni anglatadi. Korxonada soliqlarni optimallashtirish bu - soliq
to’lash xarajatlarini kamaytirish orqali moliyaviy natijalarga ega bo’lish, yoki soliq 
to’lovlarini oshirmagan holda ko’proq tushumga ega bo’lishdir. Soliq to’lovchi
byudjetga to’lovlarni qisqartirish binobarin, mulkni saqlab qolish uchun yo’l 
qo’yiladigan barcha usullardan, shu jumladan qonun hujjatlari kamchiliklardan
foydalanish huquqiga egadir. Soliq qonunchiligidagi barcha shubhali joylar soliq 
to’lovchining foydasiga sharhlanishi kerak. Bu narsa xususiy mulk daxlsizligi
qoidasining real ifodasi hisoblanadi va davlat o’zboshimchaligiga qarshi kafolat 
bo’ladi. Soliq to’lovchining soliqning qonuniy tarzda chap berish huquqining shak-
shubhasizligi ko’pchilik mamlakatlarning sud amaliyoti bilan ham tasdiqlanadi. 
Soliqlarni
rejalashtirish 
asosida
qonun

tomonidan


belgilangan 
barcha
imtiyozlardan iloji boricha to’liq va to’g’ri foydalanish, shuningdek, soliq 

organlarining pozitsiyasini baholash va davlatning soliq, byudjet va investitsiya


siyosati asosiy yo’nalishlarini hisobga olish turadi.
Soliq to’lashdan bo’yin tovlash, soliqlarga chap berish va soliqlarni
rejalashtirishni chegaralash kerak bo’ladi. Mazkur tushunchalar jahon amaliyotida 
soliq huquqi shakllanishi bilan barobar paydo bo’lgan. Soliqlarga chap berish
shunday vaziyatki, bunda korxona yoki jismoniy shaxs uning faoliyati qonunga 
ko’ra soliq solishdan yoki soliq solinmaydigan daromadlar olishi yoxud soliq



organlarida ro’yxatga olinmaganligi tufayli soliq to’lovchi hisoblanmaydi. 


Soliqlarni rejalashtirish, shuningdek, qonun bilan yo’l qo’yiladigan barcha soliq
imtiyozlaridan qonuniy foydalanish yoki to’lovchining soliq majburiyatlarini 
kamaytirishning maxsus usullarini qo’llanish, agar ular qonuniy usullar bilan
amalga oshirilsa, odatda, ularga soliq organlarining qanday munosabatda 
bo’lishidan qat’i nazar, to’lovchiga nisbatan jarima choralarini qo’llash uchun
sabab bo’la olmaydi. Soliqlarni rejalashtirishning shak-shubhasiz afzalligi 
shundaki, soliq majburiyatlarini imkoni boricha kamaytirish
maqsadlariga qonunlarni buzmasdan erishiladi. Soliqlardan ochiq-oydin qochish 
uchun ham, soliq to’lashdan bo’yin tovlash uchun ham foydalaniladigan soliq
qonunchiligidagi kamchiliklar qonunni ishlab chiqish va qabul qilish chog’ida 
yuridik texnikaning mukammal emasligi bilan izohlanadi. Bunday muammolar
qonun matniga zarur tuzatishlar kiritish yoki noaniq yohud ikki xil ma’no 
beradigan ta’riflarni rasman sharhlash bilan bartaraf etiladi. Soliqlarni rejalashtirish
ijodiy jarayon bo’lib, u mamlakatdagi soliq qonunchiligining holatiga, uning soliq 
muhitiga, byudjet, investitsiya va soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari va huquqiy
tartibot holatiga, soliq organlari ixtiyorida bo’lgan va soliqlarni to’lashdan bo’yin 
tovlashlarning oldini olishga yo’naltirilgan qonunchilik, ma’muriy va sud
choralariga, soliq to’lovchilar huquqiy madaniyati holatiga, shuningdek, soliq 
maslahatchilarining omilkorligiga bog’liqdir.
Ko’pchilik davlatlarning huquqni qo’llash amaliyotida soliqlarni to’lashdan 
bo’yin tovlashning oldini olishga, shuningdek, soliqlarni rejalashtirishni qo’llash
sohasini jiddiy ravishda chegaralash imkonini beradigan maxsus usullar 
shakllangan. Korxonada soliqni rejalashtirishdan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
1) Soliqlarni eng minimal darajada to’lashga harakat qilish (soliq 
qonunchiligi doirasida);
2) Soliq to’lashning optimal holatini tanlash. Masalan, soddalashtirilgan 
tizimda yoki aksincha umumiy tartibda soliq to’lashni tanlash; soliq imtiyozlaridan
foydalanishdan voz kechish (ayrim hollarda bu korxona uchun qulay bo’lmasligi 
mumkin); soliqqa tortish tizimining qulayligiga qarab tadbirkorlik bilan



shug’ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida ro’yxatdan qtish yoki yuridik shaxs 


sifatida faoliyat qilish qulay bo’lishi mumkin;
3) Soliq to’lovlari muddatlarini o’z manfaatidan kelib chiqib taqsimlash. 
Bunda soliqlar qonuniy belgilangan muddatlarda to’lanmay, jarima va penyalar
to’lash korxona uchun afzalroq deb qaralishi mumkin. 
Soliqni rejalashtirish ishlari yil davomida emas, moliya yili boshlangunga
qadar amalga oshirilishi samaraliroq bo’ladi. Soliqni rejalashtirish xo’jalik 
faoliyatini ishlab chiqarisholdi rejalashtirishning bir qismi bo’lishi lozim. Soliqni
rejalashtirishni tashkil qilishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
1. Buxgalteriya hisobi bilan birgalikda (Rossiyadagi kabi) alohida soliq
hisobini yuritishni tashkil qilish
2. Korxonada shakllanadigan xarajatlar tarkibini, foydaning shakllanishini
tahlil qilib chiqish. Bu holat qonun doirasida foyda solig’ini va QQSni 
kamaytirishi mumkin. Ammo bu sof foydani ham kamaytiradi.
Bizning soliq qonunchiligimizga ko’ra, xarajatlar ham ko’pgina soliqlarning 
ob’ektiga kirishini e’tiborga olish zarur (ekologiya solig’i, yo’l fondiga to’lov,
nafaqa fondiga to’lov), xarajatlarni ko’paytirish orqali soliqni ko’proq to’lanadimi 
yoki kamaytirish orqali degan savolga javob berish uchun xar bir korxona tegishli
hisob-kitoblarni amalga oshirishi kerak va to’g’ri variantni tanlash mumkin.
3. Soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish lozim. Soliq
imtiyozlaridan foydalanish uchun moliya yili boshlangunga qadar soliq 
imtiyozidan foydalanish shartlariga moslashish tadbirlari ko’riladi.
4. Soliq to’lovlarining optimal holatini tanlashda barcha soliqlarning va 
boshqa soliq to’lovchilarning soliq to’lash bo’yicha holatini birgalikda olib qarash
kerak (chizmada). Chunki bir soliqni pasaytirish imkoniyatidan foydalanish boshqa 
soliqdan ko’proq to’lanishiga yoki boshqa soliq to’lovchi tomonidan ko’proq
to’lanishiga olib kelishi mumkin.
5. Soliqni rejalashtirishda soliq organi bilan munosabatlarni shunday tashkil
qilish kerakki, soliq qonunchiligini buzganlik uchun penya va jarimalarga ketgan 
xarajatlarni kamaytirilishi lozim. Soliqni to’lash muddati kelgan bo’lsa, uni to’lash



uchun kredit olish kerakmi yoki soliq penyasini to’lash afzalmi degan savolga 


javobni qulay hal qilish lozim.
6. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik faqat Soliq kodeksi 
bilan emas balki boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilanganligini ham e’tiborga
olish lozim.
7. Soliq to’lovlari bo’yicha korxonada taqvim yuritilishi maqsadga muvofiq.
U korxonaning o’z to’lov kalendariga mos kelishi va to’lov muddatlariga tegishli 
mablag’lar mavjud bo’lishi choralari ko’rib boriladi. Soliqni rejalashtirish sifatini
baholash mezoni bo’lib, uning qo’llanilishidan bo’lgan iqtisodiy natija hisoblanadi. 
Korxonada soliqni rejalashtirishni samarali amalga oshirish uchun uchun
quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
1. Nafaqat joriy yil balki rejalashtirilayotgan davr uchun ham soliq
qonunchiligini bilish;
2. Soliq davri uchun aniq biznes rejaning mavjudligi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar aniq bo’lmasdan turib, soliqni to’g’ri rejalashtirish 
mumkin emas; Amaliyotda shunday hollar uchraydiki, korxona (ko’proq xususiy
firmalar) ro’yxatdan qtiladi, bir muncha xarajatlar qilinadi va faoliyatini boshlaydi. 
Endi soliqqa tortish holati bilan yaxshilab tanishishi yoki soliqni dastlabki to’lash
payti kelishi bilan korxona faoliyat yurita olmasligiga, bankrotga uchrashiga ko’zi 
etib faoliyatini tqxtatadi. Respublikamizda ro’yxatdan o’tgan va faoliyat
yuritmayotgan korxonalar soni ko’p. Shu tufayli soliqni rejalashtirishda faoliyat 
yuritishdan keladigan soliq oqibatlarni to’g’ri aniqlanishi mablag’ va vaqtning
tejalishiga olib keladi. 
3. Kadrlar masalasini to’g’ri hal etish. Soliqni samarali rejalashtirish nafaqat
soliq qonunchiligini yaxshi bilishni, balki ko’plab iqtisodiy bilimlarni chuqur 
o’zlashtirishni talab etadi.
4. Soliq to’lovchilarning o’z qonuniy huquqlarni talab qila olishlari ham 
korxonada soliq to’lovlarini optimallashtirish uchun muhimdir.
Respublikamizda 
iqtisodiyotni
rivojlantirishda 
soliqlardan
samarali 
foydalanish maqsadida, korxonalar faoliyatini soliqlar orqali rag’batlantirish



alohida dasturlar loyihalariga kiritilgan korxonalarga va soliq to’lovchilar ayrim 


guruhlariga (investitsiyaviy dasturlar, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi,
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, qo’shma korxonalar) nisbatan olib boriladi. 
Bunday dasturlar loyihalariga kirishga moslashish korxonada soliqlarni
pasaytirishning bir yo’nalishi hisoblanadi. 
Soliqqa tortishning yuqoriligi va soliq tushumlari rejasining bajarilishining
talab qilinishi ayrim hollarda soliq inspektorlari tomonidan qo’shimcha 
tushumlarni undirishni zarur qilib qo’yish hollarining ham amaliyotda mavjudligini
e’tiborga olish zarur. Soliq organlari tomonidan nazorat o’tkazish natijalariga 
ko’ra, korxona faoliyatini tubdan o’zgartirib yuboradigan jarimalarni (masalan
korxona faoliyatini tqxtatish, tugatish, litsenziyalarni bekor qilish, tovarlarni 
oborotdan chiqarish, bankdagi hisob raqamini hibsga olish, yirik jarimalarni
qo’yish) qo’llash vakolatini sud organlariga berish masalasini ko’rib chiqish 
maqsadga muvofiq. Bu holat bir tomondan noqonuniy harakatlarning oldini oladi,
ikkinchi tomondan, moliyaviy mablag’lar, resurslarning tadbirkorlar ixtiyoridan 
byudjetga noto’g’ri o’tkazilishining oldini oladi. Yuqori jarimalar korxonalar
faoliyatining to’xtashiga va byudjet daromadi manbaining tugashiga olib keladi. 
Buning natijasida byudjet ko’proq zarar ko’radi.
Joylarga borib soliq nazoratini o’tkazishdagi eng katta muammo bu 
korxonalar tomonidan ikki xil buxgalteriya hisobining yuritilishidir. Birinchisi o’zi
uchun, ikkinchisi soliq organlari uchun. Yashirilgan soliq ob’ektlarini topish soliq 
organlari xodimlaridan nihoyatda katta bilim va tajriba talab qilinadi. Soliq
nazorati sohasidagi muammolardan biri soliq to’lovchilarni ro’yxatdan o’tkazish 
bilan bog’liq. «Qayd qilingan manzil» tushunchasining tartibga olinmaganligi,
hamda noqonuniy faoliyat boshlagani uchun jazoning kuchli emasligi turli 
soliqdan qochish uchun turli qonunbuzarliklarni amalga oshiruvchi «bir kunlik»
firmalarning tashkil bo’lishiga olib kelmoqda. Ular haqiqiy bo’lmagan hujjatlardan 
va noaniq manzildan foydalanadilar. Ular turli noqonuniy operatsiyalarni amalga
oshirib, soliqlarni to’lashdan ko’ra korxonaning «tashlab» ketishni ma’qul 
ko’radilar. Ularni topish soliq organi uchun kata mehnat va xarajatlarni talab



qiladi. Shuningdek, ularni sud orqali yopish va qarzlarni undirish ham vaqt va 


xarajatni talab qiladi. Shu tufayli yangi korxonani ro’yxatdan o’tkazishda dastlabki
nazoratni diqqat bilan amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va uni 
qonuniylashtirish maqsadga muvofiq.
Nazorat organlari ish faoliyatlari reglamentining umumiy shaklini ishlab 
chiqish va joriy etish lozim. Unda tekshiruvchi inspektorlar va tekshirilayotgan
xo’jalik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari aniq ko’rsatilishi kerak. 
Shuningdek, unda nazorat faoliyatini amalga oshirish vakolatlarini va nazoratning
soddalashtirilgan tartibi aks etishi kerak. Amalda xo’jalik sub’ektlarini soliq 
organlari tomonidan tekshirishni o’tkazishning aniq tartib qoidalari ishlab
chiqilmagan. Natijada tekshiruvchi organlar xodimlarining o’z vazifalarini 
suiiste’mol qilish, soliq to’lovchilar huquqlarini buzish hollari yuz beradi.
Masalan, qanday maqsadli tekshirishlarda qanday hujjatlarni olish mumkin, 
qaysilarini olish shart emas, tekshirishning maqsadiga qarab qancha vaqt davom
etishi lozim, boshqa nazorat organlari tekshirish natijalaridan foydalanish tartibi 
kabi jihatlari aniq qonuniylashtirilmagan. Soliq organlarining noqonuniy
xarakatlariga doir javobgarlik mexanizmi ishlab chiqilishi kerak. 



Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə