Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə18/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

3-bob bo’yicha xulosalar 
Soliq nazoratini takomillashtirish, uni to’lash intizomiga qatiy rioya qilish, 
soliq qonunbuzarligiga yo’l qo’ymaslik, soliq to’lovchilar va soliq organlari
xodimlarining ma’naviyatini yuksaltirish korxonalarning iqtisodiy faoliyatini 
ta’minlashda muhim omillardan sanaladi. Hozirgi kunda soliqqa oid
qonunbuzarliklarga yo’l qo’ygan korxonalardan undirilgan soliq summasining 
umumiy soliq summasidagi ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Bularning saqlanib



qolayotgani, hali soliq to’lovchilarimizning davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati, 


ularning ma’naviy saviyasi talab darajasida etarli emasligidan darak beradi. Davlat
soliq xizmati organlari faoliyatida har kuni o’nlab qonunbuzar-liklar 
aniqlanmoqda. Ularning mavjudligi ijobiy holat hisoblanmaydi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu esa o’z navbatida soliq
nazoratini takomillashuviga olib keladi.
Bu borada quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
Birinchidan, ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanish maqsadida 
ochilayotgan yuridik shaxslarni ro’yxatga oluvchi inspektsiyalar tomonidan har
taraflama o’rganilishi va taqdim etilayotgan ma’lumotlar haqqoniyligiga, ya’ni 
ko’rsatilayotgan manzilgohining haqiqiyligi, moddiy
texnika bazasini 
mavjudligiga e’tibor kuchaytirilishini majburiy yo’lga qo’yish.
Ikkinchidan, soliq tizimi tarkibida bankdagi pul mablag’larini monitoringini 
olib boruvchi nazorat tizimini kuchaytirish.
Uchinchidan, shubhali bank operatsiyalarini olib boruvchi sub’ektlarning 
alohida hisobini yuritish va ularga nazoratdagi sub’ekt maqomini berish.
To’rtinchidan, soliq nazorati samaradorligini oshirishda asosiy e’tibor 
daromadlarni qasddan yashirish holatlariga chek qo’yish lozim.
Beshinchidan, litsenziyalash, sertifikatlash, ro’yxatga olish jarayonlarini 
soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirishdir.
Oltinchidan, soliq tushumlarini oshirishda soliq boshqaruvining nazorat 
funktsiyasi samaradorligini oshirishda soliq madaniyatini oshirish, soliq
mexanizmini soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatga olish tartibini 
ixcham va tez shakllarini joriy etish lozim.
Ettinchidan, 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilingan, 2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan ma’qullangan, 2007 yil 25
dekabrda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov tomonidan 
tasdiqlangan 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan O’zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksi va uning sharhi bo’yicha tushuntirish ishlarini olib 


borish, kengroq matbuotdan foydalanishni, soliq to’lovchilar orasida soliq nazorati 


haqida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish lozim.
Sakkizinchidan, soliq organlari tomonidan o’tkaziladigan tekshirishlarda 
nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo’lim tomonidan soliqqa oid
qonunlar, Farmonlar va qarorlar talablarini 
bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir.
To’qqizinchidan, soliq qonunchiligini barqarorlashtirish soliq nazoratini 
huquqiy tartibga solishda soliq to’lovchilar uchun soliq yukini optimal taqsimotini
ta’minlash va soliq sub’ektlarining soliq madaniyatini yuksaltirish lozim.
O’ninchidan, soliqlarni hisoblash va byudjetga o’tkazish jarayonida soliq
nazoratini kuchaytirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy jazo 
choralarini qonunchilik me’yorlarini soliq to’lovchiga tushunarli holda to’liq
belgilash lozim. 



XULOSA 
Magistrlik dissertatsiya ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan 
ilmiy izlanishlar natijalariga va ishni yozish jarayonida tahlil qilingan ma’lumotlar
asosida, bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini nazoarat qilish 
mexanizmini takomillashtirish masalalari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa va
takliflarimizni aks ettiramiz. 
1. Moliyaviy nazorat - bu maxsus shakl va uslublarni qo’llash orqali xo’jalik
yurituvchi va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan 
masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig’indisidir. Moliyaviy
nazorat har bir korxona va muassasa faoliyatining moliyaviy ishochliginini 
aniqlash va mustahkamlashning muhim qurolidir hamda har bir korxona va
tashkilotning joriy xo’jalik-moliyaviy faoliyati holati, natijasi va samaradorligini 
aniqlashga imkon beradi va istiqbol uchun aniq va ishonchli rejalar ishlab chiqish
zaminini yaratadi. Boshqacharoq aytadigan bo’lsak, moliyaviy nazorat iqtisodiy 
kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda
namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda 
qaraladi:
- barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy 
intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy
tartibga solingan faoliyati; 
- moliyaviy operatsiyalarning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini
ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini 
boshqarishning ajralmas elementi.
2. Moliyaviy nazorat quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 
birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat, mahalliy davlat
hokimiyati organlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini tekshirish; 
ikkinchidan, davlat va mahalliy korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
tomonidan ularning ixtiyorida yoki kundalik boshqaruvida bo’lgan pul 
mablag’laridan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini tekshirish;



uchinchidan, yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisob-


kitob, hisobot va pul mablag’larini saqlash va sarflashning qonunchilik bilan
o’rnatilgan talablariga rioya etilishini tekshirish; 
to’rtinchidan, ishlab chiqarishning ichki zahiralarini aniqlash;
beshinchidan, moliyaviy intizom buzilishi hollarini bartaraf etish va 
ogohlantirish.
4. Korxonalarda soliq nazoratini to’g’ri va oqilona tashkil etilishi ularning 
kelgusida qonuniy ravishda faoliyat yuritishlari uchun muhim omillardan biri
bo’lib hisoblanadi. Soliq nazorati samaradorligini oshirish, soliq qonunchiligini 
buzilishini keskin kamaytirish va soliq organlari xodimlarining nazoratni qonuniy
amalga oshirishini ta’minlash yo’llari bizningcha qo’yidagilardir: 
- soliqqa tortishning murakkabligini va tez-tez o’zgartirishlar kiritishni
kamaytirish; 
- soliq qonunchiligining mukammalligini ta’minlash;
- korxonalarning daromad olib ishlashlariga iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlar 
orqali imkoniyatlar yaratish;
- nazorat organlari faoliyatini takomillashtirish; 
- soliq to’lovchilar - tadbirkorlarning xuquqiy va iqtisodiy bilimini oshirish;
- nazorat qilinadigan korxonalarni tanlashning ilmiy asoslangan usullarini, yaxshi 
samara beradigan variantlarini ishlab chiqish lozim (respublikamizda
tekshirilayotgan korxonalar qanday mezonga asosan tanlab olinayotganligi 
sirligicha qolmoqda);
- joylarga bormasdan soliq organining o’zida soliq tekshirishlarini o’tkazishni 
tashkil qilish lozim;
5. Mamlakatimizda moliyaviy nazoratni yanada takomillashtirish maqsadida 
quyidagi takliflarni beramiz:
birinchidan, O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorati to’g’risidagi 
qonun ishlab chiqilishi va qabul qilinishi lozim. Ushbu qonunda moliyaviy
nazoratni olib borish maqsadi, moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi davlat 
organlari va ularning vakolatlari, moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakl va



usullari, moliyaviy nazorat turlari, moliyaviy nazoratni amalga oshirishda nodavlat 


tashkilotlarining vakolatlari va boshqa umumiy me’yorlar o’z ifodasini topgan
bo’lishi kerak.
Moliyaviy nazorat to’g’risidagi qonunchilikning qabul qilinishi amaliyotda
uchrab turgan bir qancha muammolarning echimini belgilab beradi. Masalan, 
moliyaviy nazorat tushunchasining yoki uni amalga oshirish shakl va usullarining
turlicha talqin qilinishi yoki qo’llanilishinining oldini oladi. Bundan tashqari 
moliya sohasida qonuniylik va intizomni ta’minlashni yanada mustahkamlaydi;
ikkinchidan, moliyaviy nazoratni amalga oshirishda nodavlat sektorini 
yanada takomillashtirish lozim. Buning uchun davlat organlarining ma’lum bir
vakolatlarini nodavlat tashkilotlariga berish lozim. O’zbekiston Respublikasida 
moliyaviy nazoratni amalga oshirish maqsadida auditorlik tashkilotlari faoliyat
ko’rsatmoqda. Lekin ularning yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun keng 
imkoniyatlar yaratib berish, mustaqilligini yanada oshirish, davlat hokimiyati
organlarining aralashuviga to’liq barham berish lozim bo’ladi. O’zbekiston 
Respublikasida nodavlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishni turli yo’llar bilan
rag’batlantirish lozim; 
uchinchidan, nazorat organlari xodimlarini ular keltirgan iqtisodiy
ko’rsatkichlar 
asosida
mehnatlarini 
baholash,
bunda

ularning


turli

qonunbuzarliklarni oldini olishga doir faoliyatlari uchun rag’batlantirish tizimini


ishlab chiqish zarur; 
to’rtinchidan, davlat korxonalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish
jarayonida byudjet mablag’larini taqsimlash va ulardan foydalanish ustidan 
nazoratni yanada kuchaytirish lozim;
beshinchidan, moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasida texnika 
vositalaridan keng foydalanishni yaxshi yo’lga qo’yish lozim. Davlat organlari,
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining pul mablag’larini taqsimlash 
va undan foydalanilishiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni yagona
kompyuter tizimiga joylashtirish lozim. Bu moliyaviy nazoratni masofadan turib 


amalga oshirish imkoniyatini beradi yoki moliyaviy nazoratni amalga oshirishda 


ko’p muddatni talab etmaydi.
O’ylaymizki ushbu taklif va xulosalar amaliyotga tadbiq etilishi tadbirkorlik 
sub’ektlari faoliyatini moliyaviy nazorat qilish mexanizmini takomillashtirishga
xizmat qiladi.




Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə