Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
8 kapitalni boshqarish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


118 
8-MAVZU: “KAPITALNI VA MOLIYAVIY TA`MINOT JARAYONINI 
BOSHQARISH” 
 
Reja: 
1.Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi 
2. Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash 
3. Moliyalashtirishning oʻz manbalari bahosini aniqlash 
4. Korporativ tuzilmalarda kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymati 
(WACC)ni aniqlash 
5. Korxonalarda oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga moliyaviy ta’minot 
 
Tayanch so`z va iboralar: 
kapital, xususiy kapital, qarz kapital, kapital bahosi
oddiy va imtiyozli aksiyalar, muddatsiz renta, Modilyani – Miller modeli, kapital 
aktivlarni baholash modeli, kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymati, moliyaviy 
ta’minot, IPO.
 
 
1. Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari hisoblangan moddiy
mehnat va moliyaviy resurslarsiz tadbirkorlik faoliyatini yuritish mumkin emas. Bu 
resurslar oʻz navbatida tekin emas. Ularni qidirib topish, jalb qilish, boshqarish va 
boshqa jihatlar ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Oʻxshash xarajatlarni ratsional va 
samarali boshqarish koʻp jihatdan korxona moliyaviy faoliyati yakuniy natijalarini 
oldindan belgilab beradi. Foydalanilgan resurslarning qiymatini oshirish orqali 
loyihalarni amalga oshirish natijasida daromad olingan holatlarda korxonada 
qoʻshimcha qiymat yaratiladi va samarali ishlayotgan hisoblanadi. 
Moliyaviy resurslar ham bundan mustasno emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korporativ moliyada turli xil moliyalashtirish manbalaridan keng doirada foydalanish 
imkoniyati mavjud. Bunda korporativ moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi 
korxona bozor qiymatini maksimallashtirish va mulkdorlar moliyaviy barqarorligi 
yanada oʻsishini ta’minlovchi faoliyatni moliyalashtirish manbalarining optimal 
variantini topish hisoblanadi. Shuning uchun korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati 
uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning optimal tarkibini belgilash
foydalanish uchun toʻlovlar borasida qaror qabul qilish masalalari bugungi kun 
korporativ moliya nazariyasi va amaliyotining keng qamrovli masalalaridan biri 
sanaladi.
Qayd etib oʻtish kerakki, korporativ tuzilmalarning moliyaviy strukturasini 
shakllantirishga doir turli xil nazariyalar, konsepsiya va yondashuvlar amal qilsada, 
bu borada yagona xulosaga hali-hamon kelinmagan. Lekin boshqa tomondan, kapital 
tarkibi nazariyasining asosiy qoidalarini bilish biznesni moliyalashtirish va 
qoʻshimcha qiymat yaratish prinsiplarini chuqur anglash kapital tarkibini 
optimallashtirish boʻyicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini 
beradi.
Korxona
 
oʻz faoliyati uchun turli manbalardan zaruriy kapitalni oladi. Bu 
jarayonda foydalaniladigan kapital manbalari jalb qilish shakli va bahosi boʻyicha 


119 
oʻzaro farqlanadi. Shunga qaramasdan oʻxshash jihatlariga koʻra kapital manbalari 
umumiy holatda xususiy va qarz kapitaliga boʻlinadi. Bunday bogʻliqlikdan kapital 
tarkibi tushunchasi korxonani moliyalashtirishda xususiy kapital va qarz kapitali 
oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni anglatadi. 
Kapitalni jalb qilish uchun toʻlov keng qamrovga ega hisoblanadi. Biror bir 
korxonaga mablagʻ qoʻyishda mulkdorlar belgilangan daromadlarni dividend 
koʻrinishida olish yoki kapital oʻsib borishini hisob-kitob qiladilar. Oʻz navbatida 
kreditorlar olinadigan foizli daromadlarni hisob-kitob qiladilar. Hattoki, mavjud 
mablagʻlardan foydalanish rad etilganda ham korxona tomonidan mablagʻlarni qayta 
joylashtirish qoʻshimcha xarajatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Shunday 
qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tekin kapital manbalari boʻlmaydi. 
Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan 
umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning foizlarda aks ettiriladigan 
miqdori kapital bahosi (Cost of Capital – CC) deb ataladi. 
𝐾𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙 𝑏𝑎ℎ𝑜𝑠𝑖 =
𝐾𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙 𝑒𝑔𝑎𝑠𝑖𝑔𝑎 𝑡𝑜
ʻ
𝑙𝑜𝑣𝑙𝑎𝑟
𝐽𝑎𝑙𝑏 𝑞𝑖𝑙𝑖𝑛𝑔𝑎𝑛 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙
× 100%
 
Mos ravishda korxona kapitalining umumlashgan bahosi uning alohida 
komponentlari bahosi qoʻshilgan holda aniqlanadi. 
Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi asosiy koʻrsatkichlardan biri 
hisoblanadi va quyidagilarni hal qilishda keng foydalaniladi: 
- investorlar tomonidan qoʻyilgan mablagʻ boʻyicha talab qilinadigan qaytimni 
oʻzida aks ettiradi; 
- investitsiyalarning bir necha xil variantlaridan birini toʻgʻri tanlash imkonini 
beradi; 
- moliyalashtirish manbalari tarkibini boshqarishning asosi hisoblanadi; 
- korxona faoliyatining va mulkdorlar uchun qoʻshimcha qiymat yaratishning 
samaradorligini oshirish richaglaridan biri sifatida yuzaga chiqadi va boshqalar. 
Amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan kapitalning 
alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi. Ba’zi manbalar uchun kapital 
bahosini aniqlash birmuncha oson. Masalan kreditlar boʻyicha kredit shartnomasida 
keltirilgan fiz toʻlovlari, yoki obligatsiyalar boʻyicha emissiya prospektida qat’iy 
belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini oʻzida ifodalaydi. Boshqa aksariyat 
manbalar boʻyicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha murakkab hisoblanadi va 
aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas. Lekin taqdim etilgan kapitaldan foydalanish 
hisobiga kapital egasi tomonidan talab qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish bilan bogʻliq 
xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish, sugʻurtalash, 
garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar) korxona tomonidan aniqlanishi 
mumkin. Kapital bahosi mablagʻlarni jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk 
omillari ta’sirini baholashni ham taqozo etadi.
Lekin, e’tibor qaratish talab etiladigan darajada murakkabliklar, aniqlik 
darajasini pasaytiruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar mavjudligiga qaramasdan 
kapital yoki uning alohida komponentlari bahosini aniqlash, hech boʻlmaganda 


120 
taxminiy bahosini belgilash masalasiga korporativ moliyani boshqarish amaliyotida 
moliyaviy boshqaruv oldidagi oʻtkir zarurat sifatida qaralishi lozim. Bu jihatni 
moliyaviy boshqaruvchilar tomonidan korxona va uning boʻlinmalari faoliyat 
samaradorligini baholash investitsion samaradorlikni baholash kabi muhimligi bilan 
izohlash mumkin. 
Korporativ moliya amaliyotida keng tarqalgan kapital manbalari bahosini 
aniqlashning konseptual yondashuvlarini quyida koʻrib chiqamiz. Shuningdek bu 
jarayonda foydalaniladigan metodlar va modellarga alohida toʻxtalib oʻtamiz. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə