|
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarishSsenaryaviy tahlil namunasi9
|
səhifə | 17/19 | tarix | 03.06.2023 | ölçüsü | 308,92 Kb. | | #115258 |
| Mavzu-11Ssenaryaviy tahlil namunasi9
№
|
Stsenariy tavsifi
|
Farazlar
|
EBITga ta’sir
|
1
|
Valyuta kursi o‘zgarishi
|
Ishlab chiqarish hajmi 15% tushadi
Mahsulot narxi 20% tushadi
Davom etish muddati 9 oy
Tiklanish davri 9 oy
|
-500 p.b.
|
2
|
Yoqilg‘i narxi o‘zgarishi
|
Resurslar narxi 50% oshadi
Davom etish muddati 3 oy
Tiklanish uchun tannarx 25% oshadi
|
-165 p.b.
|
3
|
Texnologiya yangilanishi
|
Ishlab chiqarish hajmi 15% tushadi
Mahsulot narxi 15% tushadi
Davom etish muddati 12 oy
|
-275 p.b.
|
4
|
Raqobatchilar ta’siri
|
Mahsulot narxi 10% tushadi
Davom etish muddati 24 oy
|
-200 p.b.
|
5
|
Etkazib berish bo‘g‘inida uzilish
|
Ishlab chiqarish hajmi 10% tushadi
Davom etish muddati 6 oy
|
-175 p.b.
|
Izoh: EBIT (Earnings before interest and taxes) – foiz va soliq to‘lovlaridan oldingi daromad (yalpi foyda).
Risklarni o‘zaro bog‘liqligini baholash. Risklar yakka ajralgan holda bo‘lmasligi sababli, korxonalar uchun riskni o‘zaro ta’sirini boshqarish muhim sanaladi. Portfel riskini tushunish uchun uning tarkibidagi har bir aktiv riskini alohida hisoblash, shuningdek ularning o‘zaro bog‘liqligida paydo bo‘ladigan riskni hisoblash kerak bo‘ladi.
Hatto ahamiyatsiz bo‘lgan risklar ham boshqa hodisa va holatlar bilan birgalikda potentsial yirik talofatga yoki aksincha imkoniyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun korxonalar risklarni integrallashgan yoki yaxlit ko‘rinishida riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi, korrelyatsion matritsasi, «bow-tie» diagrammasi singari texnikalardan foydalangan holda baholashga intilishadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|