Косая таблица вагонопотоков



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə14/17
tarix09.03.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#102175
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
lokomotiv

2.5. Uchastkalarning o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha

tadbirlar o‘tkazish


Temir yo‘l liniyalarining o‘tkazuvchanlik (tashuvchanlik) qobiliyatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar ikki, ya‘ni tashkiliy-texnik va rekonstruktiv turlarga bo‘linadi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga temir yo‘l liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kerakli darajaga yetkazish uchun qo‘llaniladigan tadbirlar, ya‘ni temir yo‘llarning texnik jihozlanganligidan samarali foydalanish, poyezdlar harakatini tashkil etishning ilg‘or usullarini qo’llash amallari kiradi.
Temir yo’l liniyalarining o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishda asosiy tashkiliy-texnik tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  1. chegaralovchi peregonlarga tutashgan ajratish punktlaridagi stansiya intervallarini qisqartirish, ya‘ni stansiyadagi amalda bo‘lgan signallarni joylashtirishni o‘zgartirish, bir-biriga xalal beruvchi marshrutlarni bartaraf etish, jezl apparatlarini stansiya strelka postlariga olib chiqish, stansiyaga kirish va chiqishdagi ruxsat etilgan harakat tezliklarini oshirish va boshqalar;

  2. peregonlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanishni ta‘minlovchi grafik turlarini qo‘llash (paketli, qisman paketli, paketsiz va boshqalar);

v) chegaralovchi va boshqa qiyin peregonlardan poyezdlarni vaqt bo‘yicha o‘tish tezligini oshirish;
g) lokomotivlardan foydalanishni yaxshilash, suruvchi lokomotivlarni yoki ikkilantirilgan tortuv turlarini qo‘llash hisobiga poyezdlarning og‘irlik me‘yorlarini oshirish;

  1. butun uchastka bo‘yicha yoki uning bir qismida ikkilantirilgan yoki

qo‘shilgan poyezdlarni o‘tkazish;

  1. noto‘g‘ri yo‘ldan harakatni yo‘lga qo‘yish;

j) yo‘lovchi va terma poyezdlarning siqib chiqarish koeffitsiyentini
kamaytirish;
z) yilning alohida davrlari bo’yicha nomutanosibligini qisqartirish;
i) vagonlarni yuk ko‘tara olishidan foydalanishni yaxshilash va boshqalar.
Temir yo‘l liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan rekonstruktiv tadbirlar, temir yo‘llarning texnik jihozlanganligini yaxshilashga yo’naltirilgan kapital xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:

  1. temir yo‘l liniyalarining ustki qatlami va yo‘l qurilmalarini kuchaytirish – razyezdlar, quvib o‘tish punktlari, ikki yo‘lli vstavkalar, peregonlarda ikkinchi va uchinchi bosh yo‘llarni qurish, stansiya va uzellarni rivojlantirish (yo‘llarni uzaytirish, stansiya bo‘g‘izlarini qayta jihozlash, qo‘shimcha park va yo‘llarni yotqizish va boshqalar), og‘ir turga mos bo‘lgan yangi relslarni yotqizish, yo‘llarni shebenli ballastga qo‘yish, ko‘priklarni qayta jihozlash, yo‘l profilini yumshatish va boshqalar;

  2. harakat tarkibining quvvatini oshirish – nisbatan uchli lokomotivlarni qo‘llash va amaldagilarini modernizatsiyalash, vagonlarning yuk ko‘tara olishini oshirish, harakat tarkiblarini rolikli podshibniklar bilan jihozlash;

v) signalizatsiya markazlashtiruv blokirovka va aloqa qurilmalarini rekonstruktsiya qilish – strelka va signallarni markazlashtirish, dispetcherlik markazlashtiruv va avtoblokirovka tizimlarini qurish, saralash tepaliklarini avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va boshqalar;
g) yangi, harakatni yengillashtiruvchi liniyalarni qurish;
Bunday tadbirlarni o‘tkazish, ya‘ni nisbatan kuchli lokomotivlarni joriy etish, yo‘llarni uzaytirish, yo‘l xo‘jaligini kuchaytirish va boshqa qo‘shimcha ishlar bajarilishini talab etadi.
Uchastkalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan rekonstruktiv tadbirlar, tashkiliy-texnik tadbirlardan farqli ravishda ko‘p vaqt va ma‘lum miqdorda kapital qo‘yilmalarni talab etadi.
2 – MTU uchastkalari bo‘yicha hisoblab topilgan poyezdlar harakat miqdorini bajarish uchun mavjud o‘tkazish qobiliyati bilan zaruriy o‘tkazish qobiliyati taqqoslanadi. Agar taqqoslash natijasiga ko‘ra, mavjud o‘tkazish qobiliyati zaruriy o‘tkazish qobiliyatidan kichik bo‘lsa, u holda ushbu uchastkalarda o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə