Косая таблица вагонопотоков



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə15/17
tarix09.03.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#102175
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
lokomotiv

NmavB VV−−G= 23,33 >NzarB VV−−G =21,48,
Nmav = 28,52 <Nzar =62,4
Taqqoslash natijasidan ko‘rinib turibdiki, B-V va V-G uchastkalarida ham mavjud o‘tkazish qobiliyati zaruriy o‘tkazish qobiliyatini qoniqtirmadi. Shuning uchun uchastkadagi har bir peregon uchun o‘tkazish qobiliyatlari aniqlanadi. Buning uchun poyezdlarning har bir peregonda harakatlanishida o‘rtacha sarflangan qo‘shimcha vaqt me’yori aniqlanadi.
Тdavro'r = ttyu + tyuj + tq ,daqiqa
bu yerda tq − poyezdlarning peregonda harakatlanishi uchun sarflangan qo‘shimcha vaqt
tq = Т davro'r −(t tyu +t yuj ),daqiqa
tqB V= −55 (22+ 26)= 7daqiqa tqV G= − + =45 (19 19) 7daqiqa
B-V va V-G uchastkasi peregonlari bo‘yicha mavjud o‘tkazish qobiliyati quyidagi jadval orqali aniqlanadi va uchastka uchun aniqlangan zaruriy o‘tkazish qobiliyati bilan taqqoslanadi
2.2 -jadval
2 – MTU uchastkalari peregonlarining o‘tkazish qobiliyati

Uchastka

Peregon

Yurish vaqti

tq

Тdavr

ttex

αmus

Nmav

Nzar

toq

juft



B – a a – b b – v v – g g – V

29
28
22
30
20

27
25
26
28
21

7
7
7
7
7

43
60
55
65
48

60
60
60
60
60

0,93
0,93
0,93
0,93
0,93

20,37
21,39
23,33
19,74
26,73

21,48



V – d d – e e – j j – z z - G

25
19
30
27
25

24
19
32
27
23

7
7
7
7
7

56
45
69
61
55

120
120
120
120
120

0,93
0,93
0,93
0,93
0,93

153,45

62,4

2.2-jadvalga asosan mavjud o‘tkazish qobiliyati zaruriy o‘tkazish qobiliyatidan kichik bo‘lgan peregonlar uchun o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbir o‘tkaziladi. Kurs loyihasida B-V uchastkasi uchun alohida peregonlarni o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun razyezd ochish tadbiridan foydalaniladi, V-G uchastkasida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan poyezdlar soni ko‘p bo‘lganligi uchun 1 bosh yo‘lli uchastka 2 bosh yo‘lli uchastkaga aylantiriladi, ya’ni 2 – bosh yo‘l quriladi.
B-V uchastkasida a-b, b-v, v-g va g-V peregonlari uchun mavjud o‘tkazish qobiliyati zaruriy o‘tkazish qobiliyatidan kichik bo‘lganligi sababli ushbu peregonlarda razyezd ochiladi va o‘tkazilgan tadbir natijalari 2.3- jadvalda keltiriladi.

  1. bosh yo‘lli uchastka uchun o‘tkazish qobiliyati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi

Nmav = (1440ttex )⋅αmus , juft poyezd
J
Nmavt = Nmavj = juft poyezd
2.3 -jadval
B-V uchastkasi peregonlarining o‘tkazish qobiliyati

Uchastka

Peregon

Yurish vaqti

tq

Тdavr

ttex

αmus

Nmav

Nzar

toq

juft



B – R1 R1-a a – R2 R2– b b– v
v – R3
R3 – g g – V

15 14
14
14
22
15
15
20

14
13
13
12
26
14
14
21

7
7
7
7
7
7
7
7

36
34
34
33
55
36
36
78

60
60
60
60
60
60
60
60

0,93
0,93
0,93
0,93
0,93
0,93
0,93
0,93

35,65
37,74
37,74
38,89
23,33
35,65
35,65
26,73

21.48

Xulosa: B-V va V-G uchastkalarida o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlardan keyin, ushbu uchastkalarning o‘tkazish qobiliyatlari sezilarli darajada oshirildi. Demak, 2-MTU uchastkalari bo‘yicha poyezdlar harakat miqdorini bajarish mumkin.

3. Poyezdlar harakati grafigi va lokomotivlar aylanmasi


3.1. Poyezdlar harakati grafigini tuzish


Poyezdlar harakati grafigini tuzishda uchastka qatnovi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarining harakat hajmi va og‘irlik me’yorlari, har bir yo‘nalish , har bir uchastka bo‘yicha yuk poyezdlarining kategoriyalarini hisobga olgan holda ularning harakat hajmi, og‘irlik va uzunlik me’yori, peregondagi yurish vaqti, tezlanish va sekinlanish uchun qo‘shimcha vaqtlar, terma poyezdlarning oraliq stansiyalarda turish vaqtlari va boshqa shunga o‘xshash birlamchi ma’lumotlarni aniqlab olish lozim. Ushbu boshlang‘ich ma’lumotlarning bir qismi oldingi bo‘limlarda ko‘rib chiqilgan. Poyezdlar harakati grafigini tuzishda barcha poyezdlar kategoriyasini mukammal ravishda joylashtirish ko‘zda tutilishi lozim.
Bunday joylashtirish poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashi lozim.
Poyezdlarni joylashtirish bir yo‘lli uchastkadan boshlanadi. Birinchi navbatda, poyezdlar harakati grafigiga tezkor poyezdlarni, undan keyin yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirish lozim. Yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirishda oraliq stansiyalardagi turish vaqtlarini hisobga olish lozim.
Terma va chiqaruvchi poyezdlarni poyezdlar harakati grafigiga tanlangan eng maqbul chizma asosida joylashtiriladi. Terma va olib chiqib ketuvchi poyezdlarning oraliq stansiyalarida turish vaqtlari mahalliy vagonlarni uzish va ulash manevr amallari vaqtlarini o‘z ichiga olishi, zarur hollarda esa terma va chiqaruvchi poyezdlar yurish vaqtlarini surish imkonini berishi lozim.
Yuk poyezdlarini ikki yo‘nalishda ham, bir maromda va bir vaqtning o‘zida joylashtirish lozim. Yuk poyezdlarini joylashtirish tartibi uchastkaning poyezdlarni o‘tkazish qobiliyatidan foydalana olishiga bog‘liq.
Aylanma depolar joylashgan stansiyalarda lokomotivlarning turish vaqtlari belgilangan me’yorda ushlab turilmasa, asosiy va aylanma depo stansiyalaridan poyezdlarni jo‘natish vaqtlarini tahrirlash bilan bir qatorda oraliq stansiyalardagi poyezdlar to‘xtashlar vaqtini minimumga keltirishni ta’minlash lozim.
Poyezdlar harakat grafigi yozgi davr uchun tuziladi va unga qishki mavsumdagi bir qancha sabablarga ko’ra (qishloq xo’jalik mahsulotlarini tashishning mavsumiyligi, yangi korxonalarning ishga tushirilishi va boshqalar) o’zgartirishlar kiritiladi. Yo’lovchi poyezdlarning harakat jadvallari tuzilganda ular uch to’rt yil davomida o’zgarmaydi.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi: yangi grafik uchun birlamchi ma’lumotlar ishlab chiqiladi; o’tgan davr uchun foydalanish ko’rsatkichlari tahlil qilinadi va boshqalar.
Poyezdlar harakat grafigini tuzish uchun birlamchi ma’lumotlar quyidagilar:

  1. barcha turdagi poyezdlarning harakat miqdorlari va poyezdlar og’irlik me’yorlari;

  2. peregonni bosib o’tishga sarflanadigan vaqt, stansiya intervallari va paketdagi poyezdlar orasidagi intervallar;

  3. tranzit poyezdlarni lokomotiv va lokomotiv brigadalari almashish punktlarida turish me’yorlari va oraliq stansiyalarida texnik zaruratlar tufayli turish vaqtlari me’yorlari;

  4. poyezdlar tuzish rejasi;

  5. lokomotiv brigadalarining uzluksiz ishlash me’yorlari;

  6. uchastka va saralash stansiyalariga qayta ishlovga keladigan poyezdlar orasidagi eng kichik intervallar;

  7. ajratish punktlariga yaqinlashishdagi yo’llarning profili;

  8. asosiy va aylanish depolarida lokomotivlar bilan o’tkaziladigan jarayonlarga belgilangan vaqt me’yorlari;

  9. terma poyezdlarning oraliq stansiyalarida turish vaqti me’yorlari va mahalliy yukni tarqatishni tashkil etishning qabul qilingan tizimi;

  10. yo’l va kontakt tarmog’ini ta’mirlash ishlarini bajarish uchun poyezdlar harakat grafigida “okno” ning belgilanishiga talablar. Ushbu ma’lumotlar temir yo’llarda va temir yo’l kompaniyasi tomonidan belgilangan.

Jo’natish marshrutlari va terma poyezdlar harakat grafiklarini poyezdlar harakat grafigi tuzilguncha belgilab qo’yiladi. Unda uchastkadagi yuk ishlarini bir maromdaligini ta’minlash hisobi olinadi hamda shoxobcha yo’llari va stansiyalar texnologik jarayonlariga bog’lanadi.
Ko’zda tutilgan tashish rejasini qamrab olish maqsadida poyezdlar harakat grafigini tuzishdan oldin, uchastkalarning o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo’yicha tashkiliy – texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Yo’lovchilarga qulay bo’lishi uchun shahar atrofi yo’lovchi poyezdlarining jadvali bir necha yil davomida o’zgartirilmaydi.
O’tkazuvchanlik qobiliyatining to’ldirilganlik darajasiga poyezdlar harakat grafigining ko’rsatkichlari bog’liq.
Yo’lovchi poyezdlar harakat miqdori ikki xil variantda maksimal yozgi mavsumga va oddiy qolgan vaqt uchun belgilab olinadi.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishning asosiy maqsadi quyidagi foydalanish ko’rsatkichlari ma’lum darajasini ta’minlanishidan iborat: harakat tezliklari, tranzit poyezdlarning texnik stansiyalarda turishi, lokomotivlarning sutkalik o’rtacha bosib o’tgan masofasi, mahalliy vagonlar aylanmasi.
Poyezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  1. ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchi poyezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi poyezdlar – shu temir yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisi (“O’zbekiston temir yo’llari” AJ chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poyezdlarni tayinlash va bekor qilish “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi) tomonidan.

  2. ikki va undan ortiq temir yo’llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, tezlashtirilgan yuk va yuk poyezdlarini MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashi belgilagan tartibda, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ chegarasida – “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisi tomonidan;

v) harakat grafigida ko’zda tutilmagan tiklash va o’t o’chirish poyezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomotrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik va boshqa poyezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poyezdni tayinlash, poyezdning harakatlanish tartibini ko’rsatgan holda poyezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi.
Poyеzdlar harakati grafigini tuzishdan oldin poyеzdlarni raqamlash tartibini bilish lozim. TFQning 176-bandiga muvofiq har bir poyezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir yo’nalishdagi poyezdlarga juft raqamlar, bu yo’nalishga qarshi yo’nalishdagi poyezdlarga toq raqamlar beriladi. Poyezdning yurish yo’li chizig’i grafik ipi deb ataladi. Grafikda poyezd yurish yo’lining chizig’i ustiga poyezdning raqami yozib boriladi.
Raqamdan tashqari, har bir yuk poyezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi.
MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashining 2003-yil 3-4 iyunda Alma-ata (Qozog’iston Respublikasi) shahrida tashkil etilgan majlisi bayonnomasining 2-bandi bilan tasdiqlangan “Poyеzdlarga raqam berish tartibi”ga asosan poyеzdlar quyidagicha raqamlanadi (umumiy mazmunda):

1. Yo‘lovchi poyezdlarini raqamlash:


1.1. Yil davomida qatnovchi harakati tezlashtirilgan yo‘lovchi poyezdlar:

1-148

1.2. Tezyurar yo‘lovchi poyezdlar:

151-168

1.3. Harakati jadallashtirilgan yo‘lovchi poyezdlar:

171-198

1.4. Mavsumlar bo‘yicha qatnovchi harakati tezlashtirilgan yo‘lovchi poyezdlar:

201-298

1.5. Yil davomida va uzoq masofaga qatnovchi harakati tezlashtirilmagan yo‘lovchi poyezdlar:

301-398

1.6. Mavsumlar bo‘yicha va uzoq masofaga qatnovchi harakati tezlashtirilmagan yo‘lovchi poyezdlar:

401-498

1.7. Alohida talablar asosida tuziladigan va uzoq masofaga qatnovchi harakati tezlashtirilmagan yo‘lovchi poyezdlar:

501-598

1.8. Yil davomida va mahalliy qatnovdagi harakati tezlashtirilmagan yo‘lovchi poyezdlar:

601-698

1.9. Xizmat yuzasidan maxsus tuzilgan yo‘lovchi poyezdlar:

701-748

1.10. Uzoq masofaga qatnovchi elektr seksiyalardan tashkil topgan tezyurar (shu jumladan o‘ta tezyurar) yo‘lovchi poyezdlar:

751-798

1.11. Uzoq masofaga qatnovchi elektr seksiyalar va dizelseksiyalardan tashkil topgan, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatiladigan tezyurar (shu jumladan o‘ta tezyurar) yo‘lovchi poyezdlar:

801-848

1.12. Uzoq masofaga qatnovchi elektr seksiyalar va dizel seksiyalardan tashkil topgan, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilmaydigan tezyurar (shu jumladan o‘ta tezyurar) yo‘lovchi poyezdlar:

851-898

2. Yuk-bagaj, yuk-yo‘lovchi, sayyohlik va xizmatchi odamlarni tashiydigan yo‘lovchi poyezdlar:


2.1. Yuk-bagaj poyezdlar:

901-948

2.2. Yuk-yo‘lovchi poyezdlar:

951-968

2.3. Sayyoxlik poyezdlar:

971-988

2.4. Xizmatchi odamlarni tashiydigan yo‘lovchi poyezdlar:

991-998

3. Ixtisoslashtirilgan (harakati jadallashtirilgan) yuk poyezdlari:


3.1. Refrijeratorli vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari:

1001-1098

3.2. Sut tashuvchi vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari:

1101-1198

3.3. Konteynerli vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari:

1201-1488

3.4. Yuklarni universal harakat tarkiblarida tashishga mo‘ljallangan maxsus yuk poyezdlari:

1491-1498

3.4. Xayvonlarni tashishga mo‘ljallangan yuk poyezdlari:

1501-1518

3.5. Korxonalarga tegishli bo‘lgan yuk poyezdlari

1519-1598

3.6. Aylanma marshrutlarda ko‘mir va foydali qazilmalarni tashishga mo‘ljallangan yuk poyezdlari:

1601-1698

3.7. Aylanma va texnologik marshrutlarda suyuq yuklarni tashishga mo‘ljallangan yuk poyezdlari:

1701-1798

4. Yuk poyezdlari:


4.1. Bo‘sh vagonlardan tashkil uzun tarkibli yuk poezdlari:

1801-1898

4.2. Bir-biriga ulangan yuk poyezdlari:

1901-1958

4.3. O‘tkinchi poyezdlar:

2001-2998

4.4. Uchastka poyezdlari:

3001-3398

4.5. Terma poyezdlar:

3401-3598

4.6. Olib chiquvchi poyezdlar:

3501-3598

4.7. Uzatuvchi poyezdlar:

3601-3798

4.8. Dispetcherlik lokomotivlari:

3801-3898

4.9. Peregonda joylashgan yuk obyektlariga uzatilayotgan yoki u joylardan olib chiqilayotgan yuk poyezdlari:

3901-3998

5. Lokomotivlar:


5.1. Poyezdni surishga borayotgan lokomotivlar:

4001-4098

5.2. Poyezdni surib, qaytayotgan lokomotivlar:

4101-4398, 4501-4998

5.3. Bo‘sh harakatlanayotgan lokomotiv:

4401-4498

6. Xo‘jalik poyezdlari:

5101-5998

7. Shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

6001-6998

7.1. Oddiy shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

6001-6998

7.2. Harakati tezlashtirilgan shaharatrofi yo‘lovchi poezdlari:

7001-7398

7.3. Xizmat yuzasidan tuzilgan shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

7401-7498

8. Odamlarsiz harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlar:

7501-7898

9. Qor tozalovchi poyezdlar:

7901-7998

10. Tiklash poyezdlari:

8001-8048

11. Yong‘in poyezdlari:

8051-8098

12. Ta’mir talab etilayotgan yuk vagonlaridan tashkil topgan poyezdlar:

9001-9098.

Har xil turdagi poyezdlarning yurish yo’li chizig’i turli ranglar bilan belgilanadi, ya’ni yo’lovchi poyezdlari qalin qizil chiziqlar bilan, yuk poyezdlari ingichka qora chiziq bilan, dispetcherlik lokomotivlarining o’zi ingichka uzuq chiziqlar bilan va hokazo.

  1. Yo‘lovchi poyezdlari:

  2. Bir guruhli yuk poyezdlari:

  3. Terma poyezdlar:

  4. Olib chiquvchi poyezdlar: 5. Dispetcherlik lokomotivlari:

Poyezdlar harakat grafigi quyidagi ketma-ketlikda tuziladi: avvalam bor yo’lovchi poyezdlari joylashtirib olinadi. Birinchi tezyurar, keyingi navbatda uzoq masofaga qatnovchi yo’lovchi poyezdlar joylashtiriladi, so’ngra grafikda mahalliy ishlarni bajaruvchi terma va boshqa poyezdlar joylashtiriladi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJning tegishli boshqarmalari bilan yo’lovchi va tezlashtirilgan yuk poyezdlarining harakat jadvallari kelishib, tasdiqlangandan so’ng grafikda boshqa poyezdlarni joylashtirish davom ettiriladi.
Qolgan poyezdlarni grafikda joylashtirish, jo’natish va pog’onali marshrutlarning yurish chiziqlarini joylashtirishdan boshlanadi.
Grafikda qolgan poyezdlarni joylashtirish jarayonida oldindan joylashtirib olingan poyezdlar (yo’lovchi, tezlashtirilgan yuk, terma va hokozo) harakat chiziqlariga kichik o’zgartirishlar kiritilishiga ruxsat etiladi.
Harakat grafigini ishlab chiqishning asosiy masalalaridan biri – yuk va yo’lovchi poyezdlari hamkorligini ta’minlash, yo’lovchi poyezdlarini to’g’ri joylashtirishdir.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishda quyidagilar ta’minlanishi lozim:

  1. temir yo’llarning texnik vositalari (harakat tarkibi, o’tkazuvchanlik qobiliyati va boshqalar) dan samarali foydalanish;

  2. poyezdlar harakatining yuqori tezliklari;

  3. yo’lovchilar uchun oxirgi stansiyalardan poyezdlarni jo’natish va qabul qilishning to’g’ri va qulay vaqtini tanlash;

  4. uzel stansiyalari bo’yicha harakat jadvallarini muvofiqlashtirish.

Shu va boshqa talablarning bajarilishi yo’lovchilar uchun qulaylik yaratadi.
Harakat grafigi tuzilganda, yuqori darajadagi poyezdlar uchastka tezligi va lokomotivlarning sutkalik o’rtacha bosib o’tgan masofasi ta’minlanishiga harakat qilinadi.
Grafikda yuk poyezdlari sutkalik davrda bir tekis joylashtiriladi. Bu esa o’z navbatida, uchastkalarning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanishga sharoit yaratadi va poyezdlar harakati uchastka tezligining oshishini, lokomotivlar aylanmasining tezlashishini va stansiyalar ishining bir maromda bajarilishini ta’minlaydi.
Yuk poyezdlarining yurish chiziqlarini joylashtirish bilan bog’liq omillar quyidagilar:

  1. poyezdlar grafikda shunday joylashtirilishi lozimki, bunda poyezdlarni ajratish punktlarida kesishish va quvib o’tish amallari bo’yicha turish vaqtlari kichik bo’lsin;

  2. texnik stansiyalardan jo’natiladigan ketma-ket poyezdlar orasidagi intervallar, chegaralovchi peregon grafik davriga mos bo’lishi, avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan uchastkalarda esa paketdagi poyezdlar orasidagi interval bilan mos kelishi;

  3. quvib o’tish amallarini imkon qadar ikki yengil peregonlar orasidagi ajratish punktlarida amalga oshirish lozim. Chunki quvib o’tiladigan poyezd texnik sabablarga ko’ra to’xtashi mumkin.

Kurs loyihasida B-V uchastkasi uchun to‘liq, A-B uchastkasi uchun esa, qisqartirilgan poyezdlar harakat grafigi tuziladi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə