Kurs ishi mavzu: Psixalogik xizmatda rahbarlik faolyatidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo’llari. Bajardi: Tursunaliyev Islomjon Tekshirdi


II.Rahbar psixalogiyasi haqida qarashlar



Yüklə 54,2 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü54,2 Kb.
#163566
1   2   3   4   5   6   7
Islomjon Kurs ishi

II.Rahbar psixalogiyasi haqida qarashlar
2.1 rahbar psixalogiyasi haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari
Rahbar shaxsini o’rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida muhim masala bo’lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, har bir davrdagi
ijtimoiy munosabatlar o’ziga xos ravishda ijtimoiy mavqe jihatidan kimningdir
yuqori darajada turishini taqozo etgan bo’lsa, ikkinchidan, insonlarning hayot
kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu
yuqori mavqedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog’liq
bo’lganligidir.
Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida, xalq ijodi mahsullarida adolatli va adolatsiz
munosabatlarning yuzaga kelishi rahbar shaxsi, ya’ni shohga bog’liq ekanligi
to’g’risidagi fikrlarni o’qiymiz. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri»
asarida aholining ma’naviy va psixologik jihatdan boshqarilishida fozil odamlar
shahrida shahar aholisining stratometrik xususiyatlarga ko’ra tabaqalanishi
lozimligi uqtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining o’zlarini boshqarishlarida
jamiyatning o’zini-o’zi boshqarilishiga olib kelish lozim, lekin bu bilan bir
vaqtning o’zida har bir a’zo o’z psixologik-ma’naviy kamolotini usul hamda
yo’nalishiga ko’ra yakkaxol tarzda mavjud bo’ladi. «Shularning hammasini ikki
yo’l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi xodisalar aslida qanday mavjud
bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shanday o’rnashib qolsa, boshqalarning
ko’nglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar
o’sha narsalarni o’zlari his etishlari tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga
keladi»
Forobiy bu fikrni davom ettirib: «Ikkinchidan, ushbu sifatlarga ega bo’lmagan
odamlar birikmasi esa, jaholatdagi va adashgan shaharlarning aholisini tashkil
qiladi. Fikrlashlar, g’azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shahar aholisi…
doimo bir-birlariga qarshi kurashib bir-birlariga dushmanlik qiladilar, eng
kuchlilari boshqalarga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi. G’olib kelganlar
ham bir-birlarini yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudotlar
nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud
boshqalar ularga faqat qulday xizmat qilish uchun yaratilganday, barchasi birbirini ezib ishlatishga intilishadi».
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy boshqaruv va
boshqaruvchi shaxsi xususida o’zining bir qator fikr-mulohazalarini bayon
etgan. U har bir kishiga baho berish uchun, uning qilgan ishini kuzatish
mumkinligini ta’kidlaydi: «Har bir odamning bahosi o’z ishini ajoyib
bajarishidadir».
Beruniy o’zining «Hindiston» asarida ushbu g’oyani ilgari suradi: «Tabiati
jihatidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq bo’lishga fazilat va
kuchi bilan haqli, fikr va maqsadda sabotli, davlatni o’zidan keyingilarga
qoldirib, ularning o’z ota-bobolariga qarshi bo’lmasliklarini maqsad qilib olgan
kishi tomonidan berilgan har bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turg’un tog’lar
singari mahkam bo’lib, u buyruqqa ko’p vaqtlar va uzoq zamonlar o’tsada,
keyingilar ham bo’ysunadilar». Uning fikricha, tabiatan boshqarishga moyil
bo’lgan hokim o’z fikri va qarashlarida qat’iy bo’lishi, o’z ishlarini amalga
oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg’or mulohazalarga
bo’ysunishi lozim. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar
va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o’rnatishdan iboratdir. Hokimning
muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g’amxo’rlik
qilishdir.Demak, Beruniy o’z insonparvarlik g’oyalari bilan boshqaruv va
rahbarlik psixologiyasi ta’limotlari rivojiga o’z hissasini qo’sha oldi. U insonlar
orasida o’zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki,
bu fikrlar hamisha ham qadrlidir.
XI asrning yirik allomalaridan Yusuf Xos Xojib o’zining «Qutadg’u bilig», ya’ni
«Saodatga boshlovchi bilim» asarida boshqaruvchi shaxsi, ya’ni podsho xalq
bilan birga va adolatli bo’lishi lozimligi g’oyasi ilgari suriladi. Uning o’git va
nasihatlari hokimlarga qaratilgan bo’lib, boshqaruvchi rahbar tevaragida
tabiatan yaxshi niyatli, yuksak axloq sohibi bo’lgan kishilar bo’lgandagina, u
to’g’ri ishlar qilishi, to’g’ri farmonlar chiqarishi mumkin, shundagina mamlakat
farovon bo’lib ravnaq topadi.
Yusuf Xos Xojibning fikricha: «Kishi qanchalik yuqori martabaga erishmasin, u
baribir kamtar bo’lib qolishi lozim».
Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur ham katta bir saltanatning asoschisi,
rahbari sifatida boshqarish va rahbarlik masalalariga oid kuchli tamoyillarni
yaratgan. Uning tuzuklari o’z davrining ijtimoiy voqeyligiga xos bo’lgan
stratometrik tuzilma hamdir. U o’z tuzuklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab
beradi: 1 sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil odamlar; (2) ishbilarmon,
donishmand odamlar; (3) xudojo’y, tarki dunyo qilgan kishilar; (4) noyonlar,amirlar, mingboshilar; (5) sipoh va raiyat; (6) maxsus ishonchli kishilar;(7)vazirlar, sarkotiblar; (8) hokimlar, tabiblar; (9) tavsir va hadis olimlari; (10)
ahlihunar va san’atchilar; (11) so’fiylar; (12) savdogar va sayyohlar.
Amir Temur fikricha, bu toifa kishilarning taqdirini podshoh, xazina va askarlar
hal qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqelikka
nisbatan bo’lgan munosabatlari va xulq-atvorlari tashkil etadi. Bu esa, o’z
navbatida ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda odamlarni qanday mehnat turlari
bilan shug’ullanishlari emas, balki ularning kayfiyat va ustanovkalari,
xulqlarining motivatsiyalari va ma’rifatlilik darajalari muhim omillar sifatida talqin qilinganligini ko’rsatadi. Ijtimoiy hayotni boshqarishda bunday ijtimoiypsixologik yondashuv Amir Temur uchun o’z davrida katta bir saltanatga asos
solish imkonini bergan edi. Amir Temur davlatni boshqarish vositalari haqida
to’xtalib shunday yozadi: «Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilish lozim: (1)
kengash; (2) mashvaratu maslahat; (3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; (4)
ehtiyotkorlik». Uning fikricha: «Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidi
Rahbarlik muloqotining xususiyati
Rahbar faoliyatining asosiy qismini muloqot jarayoni tashkil etadi. Qabul
qilingan qarorning ijrosini ta‟minlash, xodimlar va tashkilot faoliyatini tashkil
etish, nazorat va xodimlar faoliyatini rag„batlantirish jarayonlari ham muloqot
orqali amalga oshadi.
Psixologiya fanida shaxsiy va ish yuzasidan muloqot turlari farq qiladi.
Ushbu matnda asosan ish yuzasidan bo„ladigan muloqot tabiati va uni
shakllantirish imkoniyatlari haqida to„xtalib o„tamiz.
Boshqaruv muloqoti – xodimlarni ma‟lum tomonga yo„naltirish
maqsadidagi o„zaro ma‟lumot almashinuvi jarayonidir
Boshqaruv muloqoti quyidagilarda namoyon bo„ladi:
(1) Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berish;
(2) Vazifa, topshiriq qanday ado etilganligi haqida “qayta aloqa”, ya‟ni
hisobotni qabul qilish;
(3) Itoatdagi xodimlarga vazifa qanday bajarilganligi haqida baho berish.
Muloqotni mohirona olib boruvchi rahbarda o„z vazifalarini samarali tarzda
tashkil etish imkoniyati oshadi. Xodimlarga ta‟sir etish, ularga g„ayrat bag„ishlash,
tashkilot maqsadi sari yetaklash kabi tashkiliy vazifalar ham malakali muloqot
orqali ta‟minlanadi.
Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot
sohasidagi faolligi bo„lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo„nalganligi,
anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonnning muloqot jarayonini qanchalik
mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir. Rahbar muloqot
jarayonining ichki qonunlarini bilishi juda muhimdir. Muloqot jarayonini
boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari iborasi orqali
ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni o„zlashtirish va vaziyatga oidravishda qo„llash muloqotning erkinligini ta‟minlaydi. Muloqotning ichki
qonunlariga oid quyidagi fikrlar ish yuzasidan bo„ladigan o„zaro munosabatlar
doirasini yanada kengaytirish va o„zgalarga samarali ta‟sir etish imkonini yaratadi.
Shu munosabat bilan, muloqot jarayonini boshqarish imkonini beruvchi
shartlardan biri uni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir.
Rahbar boshqaruvi jarayonida muloqot tadbirini tashkil etar ekan bu
jarayonni rahbarlik muloqoti deb atash mumkin. To„la-to„kis va me‟yorida tashkil
etilgan rahbarlik muloqoti quyidagi asosiy bosqichlarni o„z ichiga oladi:
- aloqa/kontakt o„rnatish;
- masalani muhokama qilish;
- yechim variantlarini izlash;
- qaror qabul qilish.
Ijobiy natijaga olib keluvchi rahbarlik muloqoti ta‟kidlangan bosqichlarning aynan shunday ketma-ketligida amalga oshadi. Aniqrog„i, muloqot jarayonining
samarali o„tishi, ko„p jihatdan, shu bosqichlarni navbatma-navbat amalga oshirish
bilan bog„liq. Bu shartni ta‟minlash esa, avvalambor, rahbar zimmasiga
yuklatiladi, chunki boshqaruv muloqotini yo„naltirish asosan uning imkoniyati doirasidadir.
Endi, yuqorida sanab o„tilgan bosqichlar xususida batafsil to„xtalib o„tamiz.
Rahbarlik muloqotini shakllantirishdan asosiy maqsad - rahbar bu jarayon orqali
o„z xodimlari bilan amalga oshirishi lozim bo„lgan muammolarni hal etadi.
Masalan, yangi yil kechasi oldidan biron-bir xodimni ishxonada navbatchilikda
qoldirish va umuman, korxona miqyosida xodimni bevosita mas‟uliyati doirasigakirmaydigan biron-bir ishga jalb etish kabi muammoli vaziyatlarni ko„plab qayd
etishimiz mumkin. Albatta, bunday tashkilotchilik vaziyatlarini hal etishning eng
oddiy usuli mavjud. Jumladan, oddiygina bir buyruq bilan xodimni deyarli har
qanday ishni zimmasiga olishga majbur etish mumkin. Ammo, ishning natijasi qanday bo„lishi, vazifani bajarishga xodimning qanchalik sidqidildan munosabatda
bo„lishi, topshiriq sifatini hal etadigan asosiy omildir.
Shuning uchun taklif etilayotgan boshqaruv muloqoti modelida xodimning vazifaga mas‟uliyatini oshirish, unda topshiriq natijasi ijobiy bo„lishiga kuyunchaklik hissini kuchaytirish nazarda tutiladi.



Yüklə 54,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə