Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix30.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#114255
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C

, housewife, lawsuit, wallpaper, basketball l
kabilar. 
2. Chiziqcha bilan yoziladigan qo‘shma otlar. Bunda ikki yoki undan ortiq
so‘zdan tashkil topgan qo‘shma otlar chiziqcha orqali ajratib yoziladi. Ular o‘z
ichiga affikslarni, artikl, predlog, va bo g‘lovchilarni ham olishi mumkin.
Masalan, 
house-build(er), single-mind(ed)(ness) , rent-a-cop, mother-of-pearl
3. Ajratib yoziladigan qo‘shma otlar. Ular odatdagidan uzunroq so‘zlar 
hisoblanadi, jumladan 
distance learning, lawn tennis, player piano
kabi.
O‘zbek tilida qo‘shma so‘zlarning so‘z birikmasidan (aniqrog‘isifatlovchi


43 
birikmalardan) farqlab olish qo‘shma otlarni so‘z birikmasidan farqlab
olishga nisbatan ancha qiyinroq. Predmet belgisi sodda, qo‘shma sifatlardan 
tashqari, sifatlovchi birikmalar vositasida ham ifodalanadi. Bu hol qo‘shma 
sifatlar bilan sifatlovchi birikmalarni farqlashda ma’lum qiyinchiliklar keltirib
chiqaradi. 
Sifatlar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: sodda, qo‘shma va juft. 
Sodda sifatlar shaklan bir o‘zakli yoki birnegizli yakka so‘zlardan tashkil topadi. 
Bunda ular yakka o‘zakdan iboratbo‘ladi: a) oq, qora, yaxshi, yomon, zo‘r, katta,
keng b) biror affiks yordamida yasalgan yasama sifatdan iborat bo‘ladi: 
bolali, ommaviy, uyatchang, suvsiz kabi. 
Qo‘shma sifatlar ikki yoki undan ortiq sifatlarning birikuvidan hosil bo‘lgan 
sifatlar hisoblanadi. Qo‘shma sifatlar bir bosh urg‘u bilan aytilib, bir belgi 
xususiyatni ifodalash uchun xizmat qiladi: och sariq, ko‘p bolali, qalin qosh kabi. 
Qo‘shma sifatlar sostav jihatdan quyidagicha qismlardan iborat bo‘ladi: 
a) sifat + sifat
to‘q ko‘k, ola qashqa, erka- arzanda, ijtimoiy- siyosiy, 
madaniy-ma’rifiykabi ; 
b) sifat+ ot:
ochiq ko‘ngil, yalang oyoq( oyoq yalang), ochko‘z,
xushfe’l, sofdil, qora qoshkabi; 
c) sifat+ ot + sifat yasovchi affiks
: ko‘k ko‘zli, o‘tkir zehnli, qizil 
bayroqli
kabi; 
d) ot+ ot
: qo‘y ko‘z, sher yurak, tosh bag‘ir, echki soqol, bodom qovoq
kabi; 
e) ot+ ot+ sifat yasovchi affiks: 
temir irodali, it fe’lli kabi

f) ot+ sifatdosh: 
tinchliksevar, erksevar,ko‘zilg‘amas, ishyoqmas
kabi; 
g) ravish+ fe’l: 
ertapishar, kechpishar, tezoqarkabi; 
h) son+ot+sifat yasovchi affiks to‘rt bolali
, ikki g‘ildirakli, uch elementli

i) ot + affiks+ 
bor (yo‘q)
so‘zlari bahosi yo‘q, tengi yo‘q, aqli bor (yigit) va 
hokazolar. 
Juft sifatlar esa predmetning umumiy bir belgisini ifodalaydi, odadtda
ikki soda sifatdan teng bog‘lanish yo‘libilan yasaladi.Bunday sifatlar quyidagi 
yo‘llar bilan hosil qilinadi: 


44 
1. Bir xildagi ikki sifatning takrorlanishidan
: yaxshi-yaxshi, balandbaland, 
katta-katta, past-past

2. Ma’nodosh ikkita sinonimik sifatdan
: qing‘ir-qiyshiq, pishiq-puxta
kabilar. 
Qo‘shma sifatlar bilan sifatlovchi birikmalarni bir-biridan farqlashda faqat 
ma’noni – predmetlik belgisini bildirishidagina emas, balki formani- grammatik
belgini ham asosga olish kerak. 
Fe’llardan ham xuddi shu usul orqali qo‘shma fe’llar yasaladi. Qo‘shma 
fe’llar komponentlarining qaysi turkumga oidligiga ko‘ra ikki asosiy turga 
bo‘linadi: 
1. ot+fe’l tipidagi (fe’l bo‘lmagan so‘z bilan fe’lning birikishidan hosil
bo‘lgan) qo‘shma fe’llar; 
2. fe’l+fe’l tipidagi(ikki fe’lning o‘zraro birikishidan hosil bo‘lgan) 
qo‘shma fe’llar: hurmat qilmoq, sotib olmoq kabi. 
Mazkur qo‘shma fe’llar qatnashgan misollarga qarang: Turg‘un uni 
begonaday qarshi oldi. (H.N) Chevaringizni uydan chaqirib olishga kuchimiz 
yetmaydi, o‘zingiz ruxsat oberasiz-da opoqingizdan.(H.N) Ot+fe’l tipidagi
qo‘shma fe’llarning ko‘pgina qismini qilmoq, aylamoq, etmoq yoki bo‘lmoq
fe’llarining birikishidan hosil bo‘lgan bayon qilmoq, kashf etmoq, kasal 
bo‘lmoq tipidagi birikuvlar tashkil etadi. Fe’l bo‘lmagan so‘zning qilmoq, 
aylamoq, etmoqfe’li bilan birikishidan har vaqt qo‘shma fe’l hosil
bo‘lavermaydi. Bunday birikuvlarda qilmoq, aylamoq, etmoq yoki bo‘lmoq
fe’llari bo g‘lama vazifasida qo‘llanilishi mumkin. Ular bunday vazifada
qo‘llanganda qo‘shma fe’l hosil qilmaydi. Qiyoslang: o‘qituvchi edi-
o‘qituvchi bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi bo‘ladi birikuvi qo‘shma fe’l emas, chunki
o‘qiyuvchi va bo‘l so’zlarining birikishidan yangi so‘z (qo‘shma so‘z) hosil 
bo‘layotgani yo‘q. Tasdiq qildi, tasdiq bo‘ldi birikuvlari esa qo‘shma fe’l 
hisoblanadi. Buni qil va bo‘l fe’llarini –la va –lan affikslari bilan almashtirish 
mumkinligi aniq ko‘rsatadi: tasdiq qildi-tasdiqladi, tasdiq bo‘ldi-tasdiqlandi. 
O‘zbek tilida ikki fe’lning o‘zaro birikishidan hosil bo‘luvchi qo‘shma
fe’llar u qadar ko‘p emas. Ular ham o‘z tarkibidagi komponentlari ma’nosidan


45 
farqli bo‘lgan yangi ma’no ifodalaydi: olib kelmoq, sotib olmoq kabi: Hamma 
qo‘lini yuziga olib borib, omin qildi.Urushdan qochgan askarlardan qurol-yarog‘
sotib olib, bosqinchilik qilishgacha borib yetiptilar.Chumchuq o‘zini opqochib, 
pirr etib olg‘a uchdi-da, nim qorong‘l yo‘lakka kirib ketti. 
Shu ma’noda agar ingliz tilidagi qo‘shma fe’llarga izoh beradigan bo‘lsak, 
ular asosan predlog+ fe’l va boshqa tipdagi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Misol uchun, 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə