Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix30.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#114255
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


41 
 4. INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QO‘SHMA SO‘ZLARNING 
YASALISHIDA O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLAR 
Ma’lumki qo‘shma so‘zlar har tilda turli xil o‘rganilib kelinadi. Bu
fikrni uzoqqa ketib o‘tirmasdan bizga yaqindan tanish bo‘lgan o‘zbek , rus, 
nemis va ingliz tillarida ko‘rish mumkin.o‘zbek tilida ham ingliz tilida ham
qo‘shma so‘zlarning o‘ziga xos o‘rganilishi bor va ularning o‘rtasida turli xil
o‘xshashliklar va farqlar mavjud. Aytish kerakki , o‘zbek tilida qo‘shma
so‘zlarning turlari mavjud emas, lekin ingliz tilida ular 4ta turga bo‘linadi. 
1.Endosentrik 
2.Ekzosentrik( shuningdek “bahuvrihi”) 
3.Kopulativ ( shuningdek “dvanda”) 
4.Appozitiv 
Endosentrik qo‘shma so‘zlarga juda ham ko‘plab misollar keltirishimiz
mumkin. Masalan 
, superman, fishnet, mainland, caveman, skyscraper, eyeglasses, 
stepson, stonewall, stockroom, bluebird, taskmaster, shoemaker, teaspoon, sunlit, 
snowbird, fishhook, shipskin, tigerskin, fishbowl, tablespoon, airmanva
boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan misollarda birinchi component ikkinchisini va ikkinchi 
component esa birinchisini aniqlab kelgan. 
Ekzosentrik qo‘shma so‘zlar ingliz tilida kam uchrasa ham nutqda 
qo‘llaniladi. Bunday qo‘shma so‘zlardan anglashilayotgan narsa va hodisa
so‘z ma’nosi bilan juz’iy bog‘liq bo‘lsada aynan shu so‘zlar anglatgan
ma’nolarga uzviy aloqasi bo‘lmaydi. Bu ta’rif hech qanday e’tirozlarsiz ikkala
o‘zbek va ingliz tillaridagi attributiv qo‘shma so‘zlar uchun umumiy deb
olinishi mumkin, chunki ular orasidagi o‘xshashlikni anglash qiyin emas. Misol 
uchun, ingliz tilidagi “
egghead”
qo‘shma so‘zini olsak, u tuxum shaklidagi
boshni emas, balki umuman boshqa ma’noniya’ni ‘judayam zehni o‘tkir shaxsni 
ifodalab kelmoqda. Yoki “
longlegs”
so‘ziga murojaat qiladigan bo‘lsak, u
‘uzun oyoqli odamni emas, balki kriket o‘yinida to‘p oshiruvchining orqa 
tomonida turadigan o‘yinchi ma’nosini ochib bergan. Shu o‘rinda o‘zbek tiliga 
to‘xtaladigan bo‘lsak, bunday misollarni ko‘p uchratishimiz mumkin. Fikrimning


42 
isboti sifatida “xumkalla” so‘ziga izoh bersak. Bu yerda kallasi xumga
o‘xshagan odamni va albatta, asosan miyasi yo‘q, kallavaram, qovoqbosh ya’ni
esi pastroq odamni tushunamiz. Yoki bo‘lmasam “qovoqbosh” so‘ziga ta’rif
bersak, lug‘at tarkibiga kiritilmagan bo‘lsa ham kundalik nutqimizda ko‘p 
qo‘llaymiz, qaysi ma’nodaki boshining o‘rnida xuddi qovoq turgandek, miyasi 
ishlamaydigan, bo‘m bo‘sh kishi sifatida. 
O‘zbek tilida kompozitsiya usuli bilan qo‘shma otlar hosil qilinadi:
toshko‘mir, tuyaqush, karnaygul, oybolta, sadarayhon, ko‘kqarg‘a, qoraqurt,
mingoyoq, lar ham hosil bo‘ladi. 
Ingliz tilida qo‘shma otlar asosan otli iboralardan tashkil topadi. Ular sifatlar
vaotlar tomonidan aniqlanib kelinadi. Masalan, ‘
science fiction’
so‘ziga
‘writer’ 
so‘zini qo‘shsak, murakkab qo‘shma so‘z hosil bo‘ladi. Lekin shu yerda ikkala til
o‘rtasida muammoli, izohtalab masala paydo bo‘ladi, chunki yuqoridagi misol
ingliz tilida murakkab qo‘shma so‘z hisoblanadi, lekin unga o‘zbek tilida
so‘z birikmasi sifatida qaraladi. Asosan o‘zbek tilida qo‘shma so‘zlar ikki yoki
uchta komponentdan tashkil topgan bo‘ladi, lekin o‘zbek tilidan farqli o‘laroq
ingliz tilida murakkab qo‘shma so‘z turi mavjud, ammo o‘zbek tilida bu masala 
hali ham tilshunoslarimizning va bizning chuqur izlanish va o‘rganishimizni
kutayotgan katta ishlardan biridir. 
o‘rinda inglizlar qo‘shma otlarni ham turlarga ajratganlar: 
1. Muvozanatlashgan yoki qolipga tushgan qo‘shma otlar. Ular ikkita 
qisqa bo‘g‘inli otdan tashkil topib, tilda uzoq vaqtdan beri qo‘llanilishda bo‘lgan 
qo‘shma otlar hisoblanadi

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə