Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix30.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#114255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C

able (flyable), –ment (involvement), –ation (computerization); 
b) otga qo’shiladigan qo’shimchalar 
: –less (smogless), ful (roomful), –ism
(adventurism), –ster (pollster), –nik (filmnik), –ish (childish); 
d) sifatlarga qo’shiladigan qo’shimchalar:
–en (weaken), –ly (pinkly), –ish 
(longish), –ness (clannishness).
4. Kelib chiqishiga ko’ra suffikslarning quyidagi guruhlarni ajratib ko’rsata 
olamiz:
a) milliy (german tillariga oid), 
–er,–ful, –less, –ly; 
b) roman tillariga oid 
: –tion, –ment, –able, –eer; 
d) grekcha: 
–ist, –ism, –ize; 


38 
e) rus tiliga oid 
–nik

5. Produktivligiga ko’ra suffikslarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
a) produktiv
: –er, –ize, ––ly, –ness; 
b) yarim–produktiv
: –eer, –ette, –ward;
d) produktiv bo’lmagan: 
–ard (drunkard), –th (length).
Affiksatsiya jarayoni eng mahsuldor usuldan biri bo’lib, o’tmishdan 
hozirgacha yangi so’z yasashda xizmat qiladi. Bu usulda so’zga qandaydir 
qo’shimcha qo’shish orqali yangi so’z yasaladi. So’zning oldiga yoki so’zning 
oxiriga qo’shimcha qo’shish orqali bu jarayon produktivligini yo’qotmagan. 
Konversiya. Konversiya ingliz tili so’z yasash tizimining o’ziga xos 
xususiyati hisoblanadi. U yana, shuningdek, qo’shimchalarsiz so’z yasash, deb 
ham ataladi. Konversiya so’zi “conversion” so’zidan olingan bo’lib, bu so’z 
birinchi marta Henri Svitning 1891– yilda chiqarilgan “yangi ingliz tili 
grammatikasi” kitobida ishlatilgan. Olimlar konversiya haqida turli xil fikrlarni
ilgari surishgan. Masalan, professor A.I.Smirntitsky konversiya so’z
yasashning morfologik usuli degan. Ushbu holatda bir so’z turkumiga oid so’z
boshqa so’z turkumiga paradigmasini o’zgartirgan holatda o’tadi. [3, 309] Misol 
uchun, a dial oti o’z paradigmasini o’zgartirib, to dial fe’liga aylanadi. A.
Marchand esa o’zining «The Categories and Types of Present–day English»
kitobida konversiyani morfologik–sintaktik usul, deb atagan, chunki biz bunda 
nafaqat so’zning paradigmasini o’zgartiramiz, balki uning sintaktik vazifasini
ham almashtiramiz. Masalam, 
I need some good paper for my room
(«paper»
oti ushbu gapda to’ldiruvchi). 
I paper my room every year
(bu gapda esa “paper” 
fe’li kesim vazifasida kelgan). [3,90] 
Bugungi kunda konversiya ingliz tilida fe’l yasashning eng asosiy 
usullaridan biridir. Fe’llar turli xil semantik guruhlarga mansub otlardan yasaladi, 
shuning uchun turli ma’nolarga ega bo’ladi:
1) agar inson tana qismlarini bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument 
ma’nosiga ega bo’ladi: 
to eye, to finger, to elbow, to shoulder
va boshqalar. Agar 


39 
asbob–uskuna, qurol, instrumentni bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument 
ma’nosiga ega bo’ladi: to hammer, to machine–gun, to rifle, to nail; 
2) fe’llar o’zi yasalgan ot ishora qilgan tirik mavjudotlarga xos 
harakatlarga ishora qilishi mumkin: 
to crowd, to wolf, to ape
;
3) agar predmetga ishora qiluvchi otdan yasalgan bo’lsa, fe’llar 
o’zlashtirish, qo’shimcha qilish yoki mahrum qilish ma’nolarini beradi:
to fish, to 
dust, to peel, to paper; 
4) o’zi yasalgan ot joy nomini bildirsa, fe’llar o’sha joyga ishora qilishi
mumkin: 
to park, to garage, to bottle, to corner, to pocket;
5) o’zi yasalgan ot paytni bildirsa, fe’llar o’sha paytga ishora qilishi mumkin: 
to winter, to week–end. 
Fe’llar sifatdan ham o’zlashtirishi mumkin, bunday holatlarda ular holatning 
o’zgarishiga ishora qiladi: to tame, to clean, to slim. Fe’llar ham otga o’zgarishi
mumkin. Konversiya orqali yasalgan otlar quyidagilarga ishora qiladi: 
1) qisqa vaqtda bajariladigan ish–harakatlar
: a jump, a move;
2) jarayon yoki holat: 
sleep, walk; 
3) o’zi yasalgan fe’l orqali ifodalangan ish–harakatning bajaruvchisiga
: a 
help, a flirt, a scold; 
4) o’zi yasalgan fe’l orqali ifodalangan ish–harakatning obyekti yoki 
natijasiga: 
a burn, a find, a purchase; 
5) fe’l tomonidan ifodalangan ish–harakat o’rniga: 
a drive, a stop, a walk.
Fe’ldan yasalgan ko’p otlar faqat birlik shaklda ishlatilishi mumkin va ular
lahzalik ish–harakatlarga ishora qiladi. Bunda ular quyidagi fe’llar bilan birga
ishlatiladi:
to have, to get, to take 
va boshqalar. Masalan:
to have a try, to give a
push, to take a swim. 
Konversiya usuli, yuqoridagilarni hisobga olib aytadigan bo’lsak, o’ziga xos
so’z yasalishi usuliga kiradi va shu jihatlari orqali ushbu produktiv usulda muhim 
rol o’ynaydi.
Abbrivatura. So’z va so’z guruhlarining qisqarishi hisoblanadi. Bu 
qisqarishning sababi lingvistik va ekstra–lingvistik tusga egadir. Ekstra–lingvistik


40 
sababida odamlar hayotining o’zgarishi va bu o’zgarishlar ko’pgina qisqarishlarga
duch kelishini ko’rishimiz mumkin.
Zamonaviy ingliz tilida bir qancha yangi abbrivatura formalari mavjud 
bo’lib, bu hayot tarzi jadallik bilan o’sib ketmoqda va imkon darajasida ko’p 
ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak degani.
Qisqartma so’zlarning asosiy 2 ta turi bo’lib, ular grafik va leksik jihatdan 
farqlanadi. Grafik jihatdan ular yozma matnda joylarni kamroq egallash uchun
ishlatiladi. Ular ham o’z o’rnida bir nechta semantik guruhlarga bo’linib ketadi.
Biz bu yerda misollar berish bilan kifoyalansak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Masalan: 
days of weeks – Mon., names of month – Apr., names of countries – UK. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə